Eski metafizika XVII—XIX acp falsafasi va fanida ayniqsa kamol topdi (metafizik materializm, naturfalsafa, falsafa tarixi va h.k.) Metafizikaning bu shakliga xoc xususiyat umumiy o‘zaro aloqadorlik va taraqqiyotni inkor qilish, olamga bir butun tizimli yondashuvning yo‘qligi, tafakkurning ikkilanuvchanligi, umumiy dunyoviy aloqadorlikning tugaganligiga ishonishdir.
Eski metafizik tafakkur uslubi shakllanishining ob'ektiv asoslari butunning alohida elementlari xususiylikni, alohida tomonlar (fikran) nima uchun bir butunlikdan ayri holda bo‘lishi va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishini tushuntirish zaruriyatidir. Bu usul kundalik turmushda, aql darajasida, predmet taraqqiyotidagi munosabatlarda zarur va to‘g‘ridir. Shuning uchun metafizikaning bu shakli predmetlardagi barqarorlikni, ulardagi o‘zgarishlarni tizimli o‘rganish, taraqqiyotning manbalari va mexanizmlarini aniqlash bilan bog‘liq.
XIX—XX acplarda eski metafizikadagi keskin kurashda taraqqiyot g‘oyasining yangi dalillar bilan mustahkamlanishi ikki muhim natijaga olib keldi: dialektik tafakkurning yangi uslublari paydo bo‘ldi; XX asrda eski metafizikaning ilmiy dalillarini inkor qiluvchi yangi metafizika shakllandi.
Yangi metafizika eski metafizikadan farqli o‘laroq, narsalarning umumiy aloqadorligini va ular taraqqiyotini inkor qilmaydi. Bu fandagi va jamiyatdagi buyuk kashfiyotlar davrida absurddir. Antidialektika yangi shaklining asosiy xususiyati — taraqqiyotni izohlashning turli variantlari va yo‘llarini izlashdan iborat.
Buni quyidagi yo‘nalishlarda tushunish mumkin:
a) eng umumiy, abadiy o‘sish, o‘zgarish yoki aksincha kichrayish (tekis evolyusionizm) tarzida;
b) xuddi sifat o‘zgarishlari kabi sakrashlar zanjiri (katastrofizm) shaklida;
v) takrorlash sifatida qat'iy liniyali yo‘nalishga ega bo‘lgan doimiy jarayon (to‘g‘ri chiziqli rivojlanish) holatida;
g) hyech qanday yangiliklarsiz aylana doirasidagi abadiy harakat ko‘rinishida;
d) mohiyatidan ziddiyat kelib chiquvchi harakat sifatida;
ye) progress sifatida, ya'ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga intilish tarzida. Taraqqiyotning o‘zaro aloqadorlik va ta'sirning boshqa aralash izohlari ham bo‘lishi mumkin.
Metafizikaning turlari har xil asoslar, mezonlar bilan farqlanishi mumkin. Bilishning metafizik metodi — byurokratizm, konservatizm, volyuntarizm va h.k. amaliy faoliyatning boshqa bir tomonlama harakatlari tarzida namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‘lib, idealizm, sensualizm, ratsionalizm, empirizm, dogmatizm, relyativizm va boshka shakllarda namoyon bo‘lib, bilimning alohida shakllari natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |