Topshiriqlar:
a) Ushbu assortimentni tahlil qiling. Bu tovarlar iste’molchilari segmentlariga
qisqacha tavsif bering. Raqobatchi tovar juftliklarini ko’rsating. Raqobatchi tovar
juftliklari ("Tetrad" papkasi va hujjatlar uchun papka) uchun iste’molchi uchun
ahamiyatli bo’lgan tovarning qator tavsiflarini aniqlang. Har bir tavsifning
muhimligini baholang. Sizningcha eng muhim bo’lgan tavsiflarni ko’rsatilgan
segmentga tegishli bo’lgan iste’molchilarning xohish-istaklariga muvofiq
ranglarga ajrating.
b) Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring:
-mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari,
-mahsulotning sifat darajasi,
-mahsulotning iqtisodiy tavsiflari;
-narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi.
2-gurux .
2. "Petromebel" firmasining ish yo’nalishlaridan biri — oshxona mebellari
ishlab chiqarish. Iste’molchi mebel tanlashiga ta’sir etuvchi qator asosiy omillarni
(tovar tavsifini) aniqlang va ularning iste’molchi uchun muhimligini baholang. Bir
nechta eng muhim tavsiflarni tanlang va ularni iste’molchilar xohish-istaklariga
muvofiq ranglarga ajrating. Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring:
a) mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari, mahsulotning sifat darajasi,
mahsulotning iqtisodiy tavsiflari;
b) narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi;
v) talabni rag’batlantirish usullari;
g) tovarni harakatlantirish va sotuv usullari.
Iste’molchilar xohish-istaklari muhimligini baholash va joylashda quyidagi
segmentga e’tibor qarating: 4 kishidan iborat bo’lgan, daromad darajasi o’rtacha,
alohida kvartirada yashaydigan oila.
3-gurux.
3. "Novaya zarya" va "Svoboda" firmalari parfyumeriya va kosmetika
tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ularning har biri bolalaruchun tish
pastasi ishlab chiqaradi, birinchisi —"Zolotoy klyuchik" pastasi, ikkinchisi —
"Terem-teremok" pastasi.
Ushbu tovarning iste’molchi uchun muhim bo’lgan tavsiflarini ifodalang,
ularning ahamiyatini baholang; eng muhim tavsiflarni iste’molchilar xohish-
istaklariga muvofiq ranglarga ajrating. Siz har bir tovar uchun tanlab olgan tavsifni
mujassam etish uchun taxminiy ma’lumotlar bering. Berilgan segment
iste’molchilarining ikkala firma tovarlariga munosabati bo’yicha o’yin tarzida
marketing tadqiqoti o’tkazing. Har bir firma tovarining raqobatbardoshlik
darajasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |