Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo‘limlar o‘rtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo‘lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo‘g‘inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo‘limlararo (gorizonlatl kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo‘ysinuvchi o‘rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotlarda eng ko‘p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshlig‘i yoki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada rahbar faqat o‘z qarorini billdiribgina qolmay, bo‘ysinuvchilarga ta’sir ko‘rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg‘otishi mumkin. qo‘pollik bilan baqirish, "so‘kinish"ga va hokazolarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Rahbarning shaxsiy obro‘si ko‘p jihatdan u o‘z fikrini qay tarzda bildirishiga, qanday so‘zlashiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |