Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar
№
|
Ob’ekt
|
Ko’rsatkichlar tizimi
|
So’z berdingmi, va’da qildingmi, belgiladingmi - aniq mo’ljallangan muddatda bajar.
1.
|
Rahbarning o’ziga nisbatan madaniyatliligi
|
o’z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o’stirish ustida qayg’urish;
oqilona turmush tarzi, jismoniy sog’lomligini saqlash;
o’z-o’zini tanqid asosida o’z kamchiliklarini bo’yniga olmoq;
o’zini intizomga bo’ysundirish;
o’z malakasini oshirishga bo’lgan intilish va uning uddasidan chiqaolish;
harakatning maqsadga qaratilganligi va qat’iyligi;
o’ziga va mehnat faoliyatiga bo’lgan talabchanlik;
axloqning quyidagi alifbolariga qat’iy rioya qilish:
kamtarinlik
haqgo’ylik
halollik
o’zini tuta bilishlik
oddiylik
to’g’rilik, vijdonlilik.
|
2.
|
Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi
|
kishilarga e’tibor va hurmat;
kishilarga xayrihoh va iltifotli bo’lish;
olijanoblik va beg’arazlik, xolislik;
kishilarning qadr-qimmatiga etish kabilar.
Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish;
Odamlarga ishonch, kishilarning o’z kuchiga, qobiliyatiga bo’lgan ishonchini qo’llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo’naltira bilish;
Yuqori nutq madaniyatiga ega bo’lish va tashqi ko’rinishdagi ozodaligi;
Salbiy fazilatlarga ega bo’lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qavmu-qarindosh va yaqin tanish-bilishlarga nisbatan toqati yo’q;
O’zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya qilish:
Xushmuomala;
Sipolik;
Kamsuqumlik;
Andishalilik;
Vazminlik.
o’zaro yordam va quvvatlash;
hozirjavoblik va majburiylik, so’zsiz bajarishlik;
printsipiallik va ishonch;
talabchanlik.
|
3.
|
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi.
|
Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik;
Jamiyat baxt-saodati yo’lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko’paytirish haqida g’amxo’rlik qilish;
Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat’iy rioya qilish;
Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shavqatsiz bo’lish;
Huquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;
Ko’pfikrlikka ochiqko’ngillik bo’lish va uni hurmat qilish.
|
Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo’g’inda rahbar bo’lishidan qat’iy nazar o’zining asosiy majburiyati, ya’ni qo’l ostidagilarni o’zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak. Chunki rahbar nafaqat lavozim egasi, u o’z navbatida ham tarbiyachi, ham sotsiolog, ham psixologdir, sodda qilib aytganda rahbar - bu kishilar o’rtasidagi murakkab munosabatlarni sozlovchi, uyg’unlashtiruvchi “muxandisdir”. Bugungi kundagi jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o’ta muhtojdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |