Melioratsiya


VII bob.  YOPIQ GORIZONTAL DRENAJLARNI


bet98/298
Sana24.09.2021
Hajmi
#183461
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   298
Bog'liq
Melioratsiya mashinalari

VII bob.  YOPIQ GORIZONTAL DRENAJLARNI 
HIMOYALOVCHI MASHINALAR
7.1. Yopiq gorizontal drenajlarni ishonchli ishlashini ta’minlash
asoslari
Barcha  texnik  va  texnologik  talablar asosida  sifatli  qurilgan yopiq 
gorizontal  drenajlarni  ishonchli  ishlashini  ta’minlovchi  asosiy  vosita- 
larga; drenaj  transheyasini qayta ko‘mishda gruntni zichlash, yotqizilgan 
drenaj  quvurlarini tasdiqlangan reja asosida tozalash ishlari kiradi.
Yopiq  gorizontal  drenajlarni  samarali  ishlashi  uchun  uning 
transheyasiga  qayta  ko'm ilgan  gruntni  yaxshi  zichlash va uni  transheya 
devorlari  bilan  mustahkam  bog‘lanishini  ta’minlash  zarur.  K o‘p 
cho‘michli  ekskavatorlar  yordamida  qazilgan  transheya  devorlari  ish 
jihozining  aylanma  harakati  natijasida  devorlar  silliqlanib,  zichlangan 
grunt qatlamini hosil qiladi.  Bu qatlam, qayta ko‘milib, zichlangan grunt 
bilan  tabiiy  (ona)  gruntni  mustahkam  birlashishiga  (qovushishiga) 
imkoniyat  bermaydi.  Shuni  ta’kidlab  o ‘tish  lozimki,  qayta  ko‘milgan 
gruntni  zichlash  natijasida  uning  zichligini  tabiiy  (ona)  grunt  zichligiga 
yetqazish  kerak.  Shunda  drenajlar  himoyalangan  bo‘lib,  ularni  yaxshi 
ishlashiga  sharoit  yaratiladi.  Amalda  esa  yuqoridagi  o ‘ta  zarur  boMgan 
bu talabga javob bermagan holda drenajlar qurilib,  ishlatilmoqda.
M axsus tekshiruvdan so‘ng,  transheyani  ko‘mishga ruxsat  beriladi. 
Hozirda  bu  ish  bul’dozerlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Biroq, 
bul’dozerlar bilan transheyani  qayta ko‘mishning quyidagi kamchiliklari 
mavjud:  buFdozerning  ish  unumdorligidan  to ‘g ‘ri-  foydalanilmaydi 
y a’ni,  bul’dozer  harakati  transheya  o ‘qiga  perpendikulyar  bo‘lib,  u 
tuproqni  surishda  ish  bajarilsada,  orqaga  qaytishida  ish  bajarilmaydi; 
bul’dozer  harakati  uchun  imkoniyatdan  ortiq  maydon  talab  qilinadi,  bu 
ayniqsa  drenajni  qayta  ko‘mish  jarayonida  ekilgan  ekin  maydonlarini 
payhon  bo ‘lishiga  olib  keladi;  bul’dozer  transheyaga  yaqinlashganda  u 
surib  kelayotgan  gruntning  og ‘irligi  va  ish  jihozining  surish  kuchlari 
ta’sirida  transheya  devorlari  buzilib,  o ‘piriladi.  Natijada  sizdirgichning 
ustki  qatlamida  bo‘shliq  hosil  bo‘lib,  grunt  transheyada  bir  tekis  joy- 
lashmaydi;  grunt  transheyaga  surilayotgan  paytda  uning  og'irlik  kuchi 
qurilgan drenajni buzib,  ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
110


Shunday  b o isad a  hozirda  drenaj  transheyalari  buPdozerlar 
yordamida  grunt  zichlanmasdan  ko‘milib,  tabiiy,  ya’ni  qor  yomg‘ir 
suvlari  ta ’sirida  3 -4   yil  davomida  shibbalanishi  uchun  maxsus  chellar 
orqali himoyalanadi.
Drenaj  transheyalarida  gruntni  mexanik  zichlash  asosan  gruntning 
namligi  optimal sharoitda yaxshi natijalar beradi,
Drenaj  transheyalarida gruntni  mexanik zichlash  ikki xil jarayonga 
boyish  mumkin:  birinchi  jarayon  qayta  ko‘mi!gan  gruntni  shibbalash 
bo'Isa ikkinchi jarayon qayta ko'm ish bilan birgalikda shibbalash,
Drenaj  transheyalarida  gruntni  qayta  ко‘in ish  jarayonidagi 
titratma,  statik va dinamik turiari  ayniqsa grunt namligi optimal  bo‘lgan 
sharoitlarda yaxshi  natijalar  berishi  mumkin,  lekin bu usulda zichlashda 
ham  transheya  devorlari  bilan  qayta  ko‘milgan  gruntni  bogiash 
imkoniyatlari yo ‘q.
Shuni  alohida  ta’kidlab  o ‘tish joizki,  drenaj  transheyalari,  asosan 
transheya  qazuvchi  ko‘p  cho‘michli  ekskavatorlarning  aylanma  harakat 
qiluvchi  ish  jihozlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  ish  jihozi  o ‘zining 
aylanma  harakati  davomida  transheya  devorlarini  zichlab,  silliq  qatlam 
hosil  qiladi.  Bu  silliq  qatlam  esa  transheyadagi  zichlanadigan  gruntni 
transheya  devori  bilan  birlashishga  to‘siq  bo‘ladi  va  natijada  m a’lum 
miqdorda  transheya  devorlarida  chok  hosil  b o iib ,  sug‘orma  suvlar  shu 
choklar orqali o ‘tib, drenajning buzilishi va yuvilib ketishiga olib keladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish