Annotatsiya
Ushbu maqolada voyaga yetmagan yoshlarning axborot hurujidan himoya qilish,
ularning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish, o’quv mashg’ulotlari bilan band qilish
zaruriyatining ahamiyatlilik darajasi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
yoshlar, axborot, ma’naviyat, axloq, o’quvchi, texnologiya,
glaballashuv, rivojlanish.
XXI asrga mos ta`lim tizimi yoshlarni zamon talablari asosida tayyorlashlarni
taqozo etyapdi, ayniqsa jamiyatni axborotlashtirishning maqsad va vazifalarini
e`tiborga olgan holda yoshlarga ta`lim-tarbiya berish jarayonida axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanishni talab qilmoqda.
Hozirda butun dunyoda globallashuv, madaniyatlararo qorishuv jarayoni
kechyapdi. Bu murakkab jarayon nafaqat voyaga yetmagan yoshlarga, balki kattalar
dunyoqarashiga ham ta’sir etmoqda. Yoshlar ma’naviy dunyosini egallash borasida
turli axborot maydonlaridan faol foydalanish «poyga»si jadallashmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar qatori mamlakatimizda ham axborot texnologiyalari
kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib keldi.
Bugun Internetdan mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismidan ziyodrog‘i
foydalanayotgan bo‘lsa, ular orasida yoshlar salmog‘i ko‘proq, albatta. Barchamizga
ma’lumki, yoshlar bunyodkorlik salohiyatiga ega bebaho resursdir. Bugun
jamiyatimizda yoshlar faol. Ular har bir jabhada o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar. Axborot
texnologiyalari sohasini o‘zlashtirish va sohaning ayrim jihatlarini hayotga tatbiq
etish borasida ham yoshlar bugun yetakchi. Butun dunyo bolalari qatori ular ham
axborot-kommunikatsiya sohasining qulay va rivojlangan tarmog‘i hisoblangan
Internetdan faol foydalanyapdi. Ular internetdan turli ma’lumotlar olish va
dunyoning turli chekkalarida sodir bo‘layotgan voqealardan tezkor xabardor bo‘lish
bilan birga, o‘zaro suhbatlashish, bir-birlari bilan ma’lumot almashish bilan
mashg‘ul.
Mobil Interneti rivojlanishi bilan mamlakatimizda kun sayin foydalanuvchilar
soni ko’payib bormoqda. Hozirgi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari ham
624
Internetdan foydalana olishlari ko’pchilikkka ma’lum. Allaqachon 8 yoshdan 14
yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari ham internet tarmog’ining faol
foydalanuvchiga aylangan.
Ma’lumki, 14 yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilar ko’proq kompyuter
o’yinlari bilan shug’ullanadilar. Afsuski, o’yinlar orasida ta’limiy, ko’ngilochar
mazmundagilardan tashqari, jangovor ruhdagi, tajovuzkorlik mavzusidagi o’yinlar
ham talaygina. Bugungi kun zamonaviy bolalarining kompyuter o’yinlari o’tgan asr
90-yillaridagi o’yinlardan keskin farq qiladi. Yosh bolalarning juda sezgirligi va
qiziquvchanligi sababli tarmoqlardagi erkin serfing ular uchun katta xavf tug’dirishi
mumkin. O’yinlar orqali turli axborotlar targ’ib qilinishi va bolajonlar ongiga salbiy
ta’sir ko’rsatishi mumkin.
O’sib kelayotgan yosh bolajonlarni barkamol inson bo’lib voyaga yetishlarida
sanab o’tilgan zararli axborotlardan himoya qilish maqsadida quyidagilarga alohida
e’tibor qaratish lozim:
Axborot resurslarida bolalar uchun tushunarli axborotlar bilan
ta’minlash, foydalanilayotgan axborotning ishonchliligini nazorat qilish;
Bolalarga zarar yetkazuvchi axborotlardan ularni himoya qilish;
Bolalar hayot faoliyati uchun muhim axborotni saqlash, ularning
tarmoqda yomon niyatli kishilar tomonidan foydalanilishiga yo’l
qo’ymaslik.
Haqiqatdan ham, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash markazlarning asosiy
vazifalari, funksiyalari va vakolatlarida markazlarning asosiy vazifalaridan biri qilib,
qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish zaruriyati aytib oʻtilgan.
Bugun internet kafelarni to‘ldirib o‘tirgan bola yoshidagi farzandlarimizni ham
yangidan-yangi, jozibador va rang-barang onlayn o‘yinlari asiriga aylanib, ertaga
tom ma’nodagi “o‘rgimchak to‘ri”ga tushib qolishdan ehtiyot qilishimiz lozim. Ular
“ekshn” (inglizcha “astion”–harakat) jangari sahnalar, mushtlashuv va otishmalarga
boyligi bilan bolaning g‘o‘r ruhiyatiga oson yo‘l topadi. Natijada bola soatlab, hatto
kun bo‘yi bu o‘yinlardan o‘zini ajratolmaydi. Ularda tez-tez takrorlanadigan
“fight”– “Jang qil!”, “ survival”– “yashash uchun kurash!”, “ horror”– “qo‘rquv,
vahima” ma’nolarini anglatuvchi va shu so‘zlar ma’nosiga hamohang qonli,
vahshiyona o‘yinlar murg‘ak qalblarda mehr-shafqat, rahm qilish hislarini,
go‘zallikka, ezgulikka oshnolik tuyg‘ularini o‘ldiradi, xudbinlashtiradi.
Xo‘sh, bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun nima qilmoq kerak?
Albatta, bugun bolaning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, darsga munosabatini
yaxshilash, do‘stlari, o‘rtoqlari bilan qiziqishimiz, kitob o‘qishga ishtiyoqini
uyg‘otishimiz kerak. Yoshlar ongini egallashga urinayotgan mafkuraviy xurujlarga
qarshi kurashish, “ommaviy madaniyat” tahdidi va tajovuzidan himoya qilish
625
masalasi doimo davlatimizning diqqat markazida bo‘lgan. 2010 yil 17 mayda
O‘zbekiston Respublikasi MJTKga qo‘shimchalar kiritilib, turli ko‘ngilochar jamoa
joylari: klublar, barlar, restoranlar, kafelar va diskoteka zallari, kompyuter va
internet xizmati ko‘rsatish xonalari mas’ullariga voyaga yetmagan yoshlarning tungi
soatlarda ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz ishtirok
etishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. 2010 yil 29
sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazorat-sizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan esa davlat organlari,
muassasalari va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik
va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir mas’uliyati yanada oshirildi.
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar huquq-erkinliklarini ta’minlash, ularning
qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash
masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Voyaga yetmaganlar manfaatlarini
himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy
himoya tizimini joriy etish hamda yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda
muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 40 foizini voyaga
yetmaganlar tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichning o‘ziyoq masala nechog‘li dolzarb
ahamiyatga ega ekanidan darak beradi. Bu jarayonda ota-ona, mahalla-ko‘y, ta’lim
muassasalari, umuman, keng jamoatchilik zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi.
Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish
maqsadida, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi va o‘zining faoliyatini
boshladi. Yoshlarning, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, ma’lum bir kasb-
kor bilan tanishishlari, qolaversa bo’sh vaqtlarida ma’naviy madaniy jihatdan
o’sishi, dunyoqarashini rivojlantirish uchun kitob o’qishlari zarurligi, shu orqali
voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida kuzatilyotgan turli xildagi huquqbuzarliklarning
oldini olish va darsdan qochish bo’sh vaqtini va pulini ko’cha-ko’ydagi kompyuter
o’yinlari va shu kabi turli zararli mashg’ulotlarga sarflashining oldini olish bo‘yicha
samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning
asosiy vazifalaridan biri qilib belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, joylarda yoshlarni sog‘lom va komil inson qilib o‘stirish
va tarbiyalash, ularning sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun barcha
sharoitni yaratib berish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun kutubxonalar
tashkil etish borasida turli jamoat va davlat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari
bilan hamkorlikda samarali ish olib borsak, har tomonlama bilimli, yuksak
mana’viyatli yoshlarimiz yaqin va uzoq istiqbolda mamlakat va xalqimiz hayotining
rivojlanishi uchun bor kuch-g‘ayrat va salohiyatini ayamaydi.
626
Mamlakatimizda voyaga yetmagan yoshlarni axborot hurujidan himoya qilish
va bu jarayonning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar
xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Milliy va ma’naviy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, mamlakatimiz
mustaqilligi va xavfsizligini saqlab qolish uchun turli xil ma’naviy tahdidlardan
yoshlarni himoya etish yo’lida millatimiz istiqbolini, farovonligini o’zida ifoda
etuvchi milliy g’oya asosida mafkuraviy tarbiyani shakllantirish biz va boshqa
yoshlarimiz hayotini turli balo-qazolar hurujidan asrab qola oladi. Shu ma’noda,
yoshlar global tarmoqdan olinayotgan axborotlarga tanqidiy yondashish ba uning
foydali manbalari asosida dunyoqarashini kengaytirish, g’arazli g’oyalarni inkor eta
bilish idrokini shakllantirish g’oyat muhim sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |