Mehnat unumdorligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni


O`zbekistonda mehnat unumdorligini oshirish istiqbolari



Download 232,46 Kb.
bet11/12
Sana15.02.2022
Hajmi232,46 Kb.
#449271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mehnat unumdorligini oshirish to`g`risidagi nazariyalar

O`zbekistonda mehnat unumdorligini oshirish istiqbolari

Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqsorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori mikdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doyr qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.20
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’min­lash ijtimoiy-iqtisodiy tarakkiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan.
Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (har yili yarim million- dan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muhtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
Yaqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish;

  • bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;

  • bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foy­dalanish;

  • bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish.

Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati aniqlanadi, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‘jalik- larini bario etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu­vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruv- chilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yara­tish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:

  • fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish;

  • qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish;

  • parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;

  • ixcham issiqxonalar tashkil etish;

  • urug‘ va ko‘chatlar etishtirish.

Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi.
Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan21.
Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyohlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
Xulosa.
Xulosa qilib shunu aytish mumkinki, Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya`ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a`zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o`sishiga bog`liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatta ijtimoiy – siyosiy tuzumning o`zini ham belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi va intensivligi mahsulot qiymati o`lchami turlicha ta`sir ko`rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bitta mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lekin ularning umumiy yangi yaratilgan qiymatini o`zgartirmaydi, mehnat intensivligini ortishi esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar va umumiy umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birlgining qiymatini o`zgartirmaydi.
Mehnat unumdorligi- korxona faoliyati samaradorligini umumlashtirivchi ko`rsatkichdir. Mehnat unumdorligini tahlil qilishning asosiy maqsadi- uning o`sish imkoniyatlarini, ya`ni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Mehnat unumdorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo`lib keladi. Ayniqsa hozirgi payitda bu masala yanada keskin qo`yilmoqda. Buning sababi shundagi, mehnat unumdorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo`lmaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarda unumdorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikirlar muvjud. Ayrim olimlar mehnat unumdorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to`rtinchilari esa qo`shimcha mahsulot deb ko`rsatadilar.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu­vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyohlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Download 232,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish