Мбт педагогика мажмуа 2020 21 Йил лотинча docx


Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/506
Sana27.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#413337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   506
Bog'liq
PED

Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyoti va milliy istiqlol mafkurasini Shakllantiruvchi hal
qiliniShi lozim bo‘lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qiliShda turli-tuman tadqiqot
metodlari mavjud. Metod lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa Shu metod
orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot xodisalarini biliSh maqsadida hizmat qiladi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qiliSh maqsadida talaba,
o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlaniShning
dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qiliShdan boShlanadi.
Adabiyotlarni o‘rganiSh metodi. Adabiyotlarni o‘rganiShjarayonidamilliy va umuminsoniy
qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, Mustaqil
O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston yurtboShisi I. A.
Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maqolalar, tadqiqot
mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
KuzatiSh metodi. KuzatiSh adabiyotlarni o‘rganiShdan keyin boShlanadi. KuzatiShda
tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib taShkil etadi. KuzatiSh rejalaShtiriladi, uning dasturi
tuziladi. Bunda kuzatiSh tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatiSh, materiallarni qayd qiliSh
muddati belgilanadi. KuzatiSh muddatiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli
kuzatiSh. Qisqa kuzatiSh ob’ektning kundalik faoliyatidagi o‘zgariShlardan ma’lum xulosaga
keliSh. Uzoq muddatli kuzatiSh qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum
ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. KuzatiShning yakuniy qayd qiliShda kinos’yomka, video yozuvi,
televideniya va boShqa texnik vositalardan foydalaniSh mumkin.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki xodisalari haqida bilib oliSh
maqsadida ma’lum ma’sul Shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan axborot oliSh jarayonidir.
So‘roqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘liShi lozim va uni
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida
interv’yu oliSh ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit
lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. YOzma javoblarni ommaviy raviShda yig‘ib oliSh metodi


12
anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarini iShonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan
savollar Shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik
eksperiment.
Bu
metod
yordamida
ilmiy
gepotezalarning
iShonchliligi
tekShiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar
aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va labaratoriya
eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy
turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi.
Tabiiy eksperiment Sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va boShqalar odatdagi
o‘quv rejimini buzmay turib tekShiriladi.
Pedagogik eksperiment bu ham kuzatiSh, lekin u
pedagogik jarayoning o‘tiSh Sharoitlarini muntazam o‘zgartiriSh munosabati bilan maxsus taShkil
etilgan bo‘ladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganiSh uchun eksperimentator o‘zi taShkil etgan
jarayonni kuzatadi. U
pedagogik jarayonga aralaShadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi
faoliyatining muayyan Sharoitlarini yaratadi.
Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarini,
aniq Sharoitlarni va o‘qitiSh usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilaShni,
Shuningdek eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga oliShni talab etadi.
Labaratoriya pedagogik eksperiment ilmiy tadqiqotning ancha qat’iy Shaklidir. Juda keng
pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalarni aniq tekShirib boriShga va
o‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almaShtiriShga imkon beradigan sun’iy Sharoit yaratiladi.
Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi:
Eksperimentni rivojlantiriSh, eksperiment o‘tkaziSh va natijalarni SharhlaSh.
RivojlantiriSh eksperiment maqsadi va vazifasini belgilaSh, eksperiment natijasiga ta’sir
etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlaShni, kerakli kuzatiShlar soni, eksperiment
o‘tkaziSh tartibi, olingan natijalarni tekShiriSh metodlarini o‘z ichiga oladi.
Eksperimentni taShkil etiSh va o‘tkaziSh belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib
boriliShi kerak. SHarhlaSh bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta iShlanadi. Eksperiment
o‘tkaziSh iShonchlilik tamoyiliga javob beriShi uchun quyidagi Shartlarga rioya qiliShi kerak:
TekShiruvchilar soni va miqdorining optimal bo‘liShi;
Tadqiqot metodlarini iShonchli bo‘liShi;
Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga oliSh.
Turli metodlarning o‘zaro qo‘Shib olib boriliShi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini
va sifatini oShiriShga imkon beradi. Bunga matematika metodlarining hamda hisoblaSh-echiSh
qurilmalari yordamida eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib keliShi ham yordamlaShadi.
Maktab hujjatlarini tahlil qiliSh metodi – pedagogika xodisalari va faktlarini tekShiriShda
maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qiliShda
ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qiliShda o‘quvchilarning ijodiy
faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlaShtiriliShi
va joriy etiliShini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Bolalar ijodini o‘rganiSh metodi – maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning turli tuman
iShlarini o‘rganiSh va tahlil qiliSh pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli
o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob ahloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va
qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta’lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar
ijodining manbaalari va faktorlarini chuqur biliShga hamda ularni yanada taraqqiy ettiriSh va
takomillaShtiriShning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib beriShga qaratilgan.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qiliSh metodi – pedagogik tadqiqotga kerakli
statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganiSh mustaqil O‘zbekistonda fan,
madaniyat, ta’lim-tarbiyani taraqqiy etiShiga salmoqli xissa qo‘Shadi.
Anketa metodi – o‘quvchilardan so‘raSh usuli bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasining ma’lumotlari
to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni oliSh uchun ularning fikrlari va qaraShlarini aniqlaSh uchun va
kasbga yo‘llaShni belgilaSh uchun maxsus formada iShlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada
ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib, ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib
chiqmog‘i lozim.
HisoblaSh matematikasi va kibernetika metodlari – hozirgi zamon sanoat iShlab chiqariShi
fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmuShda sinalgan texnika vositalarini, hisoblaSh
matematikasi va kibernetika usullarini maktab iShida va pedagogikada qo‘llaniShini talab qiladi.
Pedagogik kibernetika o‘quv protsesida o‘qitiSh, bilim beriSh jarayonini boShqariShning alohida


13
formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega. SHuning uchun pedagogik jarayon bilan iShlab chiqiSh
jarayonlarini avtomatlaShtiriSh o‘rtasida katta farq bor.
Pedagogik
tadqiqotlardan
kino, ovoz
texnikasi,
foto, televidinie
singari texnika
vositalaridan ham keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning biliSh faoliyatlarini aktivlaShtiriShga
yordam beradi. Bolalar uchun qo‘Shimcha rag‘batlantiriSh omillarini hosil qiladi. Bular
o‘qituvchilar mehnatini ma’lum maqsadda engillaShtiradi. Ko‘rsatilgan vositalarning har biri
bolalarning yoShini, o‘quv fani va pedagogik jarayonni mukammallaShtiradi.
Milliy dasturni maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqariSh bosqichlarida yangi ijtimoiy-
iqtisodiy Sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlaSh tizimining
amalda faoliyat ko‘rsatiSh va barqaror rivojlantiriShining kafolatlarini ustivorligini ta’minlovchi
normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratiSh pedagogik tadqiqotni asosini taShkil etadi.

Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish