2. O‘simliklar hayotida yorug‘lik qanday ahamiyatga ega?
0 ‘simliklarga yorug‘lik, harorat, suv, mineral tuzlar va karbonat angidrid gazi qancha
yetarli bo‘Isa, organik moddalar shuncha ko‘p hosil bo‘ladi. Ularda orga nik moddalar
qancha ko‘p bo‘lsa, hosili shuncha mo‘l bo‘ladi. 0 ‘simliklardagi mazkur qonuniyatga
amal qilin- sa, ulardan yuqori hosil olish mumkin. Ana shuni yaxshi bilgan dehqonlar
issiqxonalarda zarur sharoitni sun’iy ravishda yaratib, yuqori hosil yetishtirmoqdalar.
Hatto qish oylarida ham issiqxonalarda elektr nuri orqali qo‘shimcha yorug‘lik, harorat
va mineral tuzlar berib, sabzavot, poliz ekinlari va har xil gullami o ‘stirmoqdalar.
Demak, har qanday o‘simlikni ekkanda iming yorug‘likka bo‘lgan ta labini inobatga
olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |