2. Shakli o‘zgargan ildiz turlari haqida ma‘lumot bering?
Ildizlarning shakl o‘zgarishlar (metamorfoz)i. Ildizlar bajaradigan vazifalariga qarab
turlicha shakllarda bo‘ladi. Bunday ildizlar shakli o‘zgargan, ya’ni metamorfozlashgan
ildizlar deyiladi.
Ildizmevalar- asosiy ildiz shaklini o‘zgartirib yo‘g‘onlashadi va zaxira
oziq modda to‘playdi. Bunga sabzi, sholg‘om, turp, lavlagi, rediska misol bo‘ladi.
Tayanch ildizlar - poyadan chiqqan qo‘shimcha ildiz lar bo‘lib, uni tik tutib turishga
yordam beradi (makkajo4- xori, oqjo‘xori o‘simliklarida) (21-rasm). Tropiklarda
o‘sadigan ayrim o‘simliklarda havo ildizlari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |