Maydon (fizikada) – fizikaning asosiy tushunchalaridan biri



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#269579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida modallik maydonining ifoda vositalari tipologik xususiyatlari va lingvodidaktika muammolari

Mavzuning dolzarbligi. Bugun biz tarixiy davrda xalqimiz o’z oldiga ezgu 

va  ulug’  maqsadlar  qo’yib  tinch  osoyishta  hayot  kechirayotgan,  avvalombor,  o’z 

kuch  va  imkoniyatlariga  tayanib,  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurish 

yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.[2,15] 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  “Ilmu  fanning 

chinakam  ravnaqiga  erishish  uchun  tashqi  dunyoga  eshikni  keng  ochish  kerak” 

degan  fikri  fanning  muhim  muammolarini  o’rganish,  ijtimoiy  ahamiyatga  molik 

sohalarni rivojlantirishda olimlarimizning mas’uliyatini yanada oshiradi. [2,21] 

Bugungi kunda rivojlanib kelayotgan kognitiv tilshunoslik, til va madaniyat, 

til  hamda  jamiyat  bilan  bog’liq  bo’lgan  lingvokulturologiya,  pragmatika, 

sotsiolingvistika, etnolingvistika sohalaridagi ilmiy izlanishlar aynan so’zlar, so’z 

birikmalari hamda frazeologik birliklarning keng  qirrali tahlilini taqozo etmoqda.  

Ma’lumki  o’zlikni  anglash  milliy  ong  va  tafakkurning  ifodasi,  avlodlar 

o’rtasidagi  ruhiy  ma’naviy  bog’liqlik  til  orqali  namoyon  bo’ladi.  Bugungi  jadal 

rivojlanib borayotgan davrda jahon davlatlari orasida bizning yurtimiz O’zbekiston 

ham o’zining alohida o’rni va mavqeiga ega.  Bunga yurtimizda olib borilayotgan 

bir qator islohotlarni sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin (PQ  – 1875, 2013 yil 12 

dekabr).  Butun  dunyoga  o’zligimizni  tanitishimiz  va  ular  bilan  do’stona  aloqalar 

olib  borishimiz  uchun  ularning  tillarini  yaxshi  bilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 



 

Ayni  shu  maqsadda  yurtimizda  chet  tili,  xususan,  ingliz  tilini  o’rgatishga  katta 



e’tibor  qaratilmoqda.  Yurtboshimiz  I.A.Karimov  ta’kidlanganlaridek:  “Agar 

O’zbekistonimizni  dunyoga  tarannum  etmoqchi,  uning  qadimiy  tarixi  va  yorug’ 

kelajagini  ulug’lamoqchi,  uni  avlodlar  xotirasida  boqiy  saqlamoqchi  bo’lsak, 

avvalambor  bo’lajak  buyuk  yozuvchilarni,  buyuk  shoirlarni,  buyuk  ijodkorlarni 

tarbiyalashimiz kerak”. [2,35] Har  qanday davlat rivojida fan va fan kishilarining 

xizmatlari nihoyatda beqiyos hisoblanadi. Shu   sababli bugungi  kunimizda ularga 

bo’lgan talab ortib bormoqda.  Ilm  -fan orqali inson yangidan-yangi cho’qqilarni 

zabt  etmoqda.  Turli  davlatlar  aynan,  ilm-fan  orqali  jahon  davlatlari  orasida  o’z 

o’rniga  ega  bo’lgani  sir  emas.  Shu  sababli  ham  Prezidentimiz  I.A.Karimov 

yurtimizda  ilm-fan  rivoji,  hamda  olim  va  olimalarimiz  faoliyatiga  katta  ahamiyat 

qaratdilar.  Ularga   barcha imkoniyatlar yaratilishini ta’minladilar.  

Prezidentimizning ayni sohada imzolagan bir qator farmon va farmoyishlari 

bunga  yaqqol  dalil  bo’la  oladi.  O’zbekiston    Respublikasi  Oliy  va  O’rta  ta’lim 

vazirligi  ham  bu  sohada  bir  muncha  salmoqli  ishlarni  amalga  oshirib  ulgurdi.  Bu 

ishlar  hali  ham  davom  etib  kelmoqda. Bu  ishlar  zamirida  yosh  avlodni  bilimli  va 

komil inson qilib tarbiyalash g’oyasi ham yotadi. Yoshlarni kelajakda har qanday 

soxada, shuningdek ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarga erishib, yurtimiz dovrug’ini 

olamga  yoyishlari  uchun  bugungi  kunda  ularni  ta’lim  olishlariga  katta  e’tibor 

qaratilgan. Bundan keyin ham bu e’tibor va ilm-fanga bo’lgan ahamiyat davlatimiz 

siyosatining asosini tashkil etishiga also shubxa yo’q.  

Modallik  maydoninig  ifoda  vositalari  bugungi  kunda  o’rganilishi  kerak 

bo’lgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur ishda «maydon» termini  

qo’llanilar  ekan,  ushbu  nomlanishdan  foydalanilganda  mohiyati  bo’yicha  bir-biri 

bilan  bevosita  semantik  jihatdan  bog’liq  bo’lgan  ma’lum  bir  tildagi  so’zlar,  so’z 

birikmalari va frazeologik birliklar maydoni nazarda tutiladi. 

“Semantik maydon” termini birinchi bo’lib G.Ipsen tomonidan qo’llanilgan. 

Tillarni qiyosiy o’rganishda maydon nuqtai nazaridan, nazariy jihatdan yondashish 

juda ham muhimdir.[42,48]  




 

A.Abduazizovning  ta’kidlashicha,  “semantik  yoki  tushuncha  maydoni” 



ma’nolari  bilan  bog’langan  so’zlarni  birlashtiradi.  Bunday  so’zlar,  odatda,  bir 

leksik-semantik guruhni tashkil qiladi.[3,69 12,26] 

A.Bondarkoning  fikricha,  funktsional-semantik  maydon  (FSM)  bir guruҳga 

kiruvchi  umumiy  semantik  funktsiya  (yadro)  asosida  birlashuvchi  leksik, 

grammatik,  leksik-sintaktik  kabi  vositalarni  o’z  ichiga  oladi.  FSM  quyidagi 

xususiyatlarga  ega  bo’ladi:  a)  muayyan  FSMga  kiruvchi  til  birliklari  umumiy 

semantik  funktsiyaga  egadir;  b)  ularning  tarkibida  faqat  leksik  emas,  balki 

grammatik  birliklar  ham  mavjud  bo’ladi.  Strukturasi  jihatidan  esa  yadro  va 

periferiyalardan tashkil topadi.[4,103] 

Shundan kelib chiqqan holda modallik ma’nosini  ifoda etuvchi so’zlar, fe’l 

mayllari,  maxsus  modal  fe’llar  va  leksik  birliklar  bir  funktsional-semantik 

maydonni  tashkil  etadi.  Kognitiv  tilshunoslik  yo’nalishi  modallik  maydoni 

mavzusini  o’rganishga  har  tomonlama  kompleks  yondashishni  talab  etadi.  Shu 

sababli  modallik  maydonining  xususiyatlarini  ingliz  va  o’zbek  tillarida  o’rganish 

nihoyatda  dolzarbdir.  Holbuki,  dunyodagi  hamma  narsani  faqat  qiyoslash  orqali 

anglaymiz. Qiyoslash har qanday fikr yoki borliqni tushunishning asosidir.   




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish