MAVZU: YURIDIK ShAXSLARDAN OLINADIGAN MOL-MULK SOLIG`I
R E J A :
1.O`zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig`ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati
2.Mol-mulk solig`i to`lovchilari, soliq stavkasi, soliq ob`ekti va bazasi
3.Mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyozlar
4. Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob`ektlari va me`yoriy muddatlarda o`rnatilmagan asbob-uskuna uchun mol-mulk solig`ini to`lash tartibi
5.Mol-mulk solig`ini hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va byudjetga to`lash tartiblari
1.O`zbekiston Respublikasi soliq tizimida mol-mulk solig`ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati.
O`zbekistonda korxonalar faoliyatini soliqqa tortish yo`lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi bo`ldi. Mol-mulk solig`i dastlab, O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g`risida”gi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to`lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi.
Hozirgi vaqtda ushbu soliqning huquqiy asosi bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to`g`risida” gi qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligi bilan bog`liq bo`lgan me`yoriy xujjatlar hisoblanadi.
O`zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i bevosita soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko`ra bu soliq yuridik shaxslarnning asosiy vositalari shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo`yicha tushumlar summasi to`liq mahalliy byudjetlarga tushadi va u byudjetning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig`ini joriy qilishdan ko`zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o`zlarining xo`jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg`otish bo`lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag`batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma`naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg`or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi.
Хo`jalik yurituvchi sub`ektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to`lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o`z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mol-mulk solig`i daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi va mahalliy byudjet tushumlari tarkibidagi ulushini tahlili amalga oshirganda hozirgi vaqtda ushbu soliqning tushumi O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli daromadlarida 3– 4 foiz oralig`ini tashkil etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |