Mavzu: Turistik korxonada mehnat unumdorligi va ish haqi. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1 Ish haqi va uning vazifalari


Tarif tizimi va ish haqi funksiyalari



Download 126,22 Kb.
bet3/10
Sana16.07.2022
Hajmi126,22 Kb.
#806378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turistik korxonada mehnat unumdorligi va ish haqi

2.2 Tarif tizimi va ish haqi funksiyalari
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat haqini tartibga solib turish asosan lokal hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Mehnat haqi miqdorini bevosita markazlashtirilgan tartibda davlat tomonidan belgilash faqat byudjet tarmoqlari хodimlari uchun qoʻllaniladi.
Davlat quyidagi yoʻnalishlarda mehnat haqi masalalariga ta’sir koʻrsatadi:
 eng kam ish haqini oʻrnatish;
 Yagona tarif setkasini hamda ayrim byudjet tarmoqlari uchun tarmoq tarif setkalarini joriy etish;
 mehnat haqi strukturasini belgilash, uning ma’lum shakllarini joriy etish va miqdorini indeksatsiya qilish.
 Eng kam mehnat haqi kafolatlari
Ish haqi miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi eng muhim omil – umumdavlat miqyosida oʻrnatiladigan eng kam mehnat haqi kafolatidir.
Koʻplab mamlakatlarda (AQSh, Fransiya, Ispaniya, Kanada, Belgiya, Portugaliya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil va boshqalar) eng kam mehnat haqi davlat tomonidan (odatda eng kam soatbay ish haqi koʻrinishida) belgilab qoʻyiladi. Ayni paytda qator boshqa mamlakatlarda (Italiya, Shveysariya, Avstriya, Norvegiya, Daniya, Irlandiya) umumdavlat miqyosida mehnat haqi minimumi oʻrnatilmaydi.
Shunga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (keyingi oʻrinlarda - Kodeks) 155-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, mehnat haqining eng kam miqdori quyidagicha belgilab qoʻyildi:
“Muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini toʻliq bajargan хodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlishi mumkin emas.
Mehnat haqining eng kam miqdoriga qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan miqdorda toʻlanadigan haqlar (157, 158-moddalar), shuningdek rayon koeffitsiyentlari (153-moddaning toʻrtinchi qismi) qoʻshilmaydi”.
Mehnat haqi miqdori, shakli va tizimlari
Kodeksning 153-moddasiga binoan mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan хodim oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas va uning eng koʻp miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Byudjetdan moliyalashtiriladigan tarmoqlarda mehnat haqi miqdorini belgilash uchun asosan Mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi qoʻllaniladi.
Ayni paytda ba’zi byudjet tarmoqlarida tarmoq tarif setkalari ham joriy etilgan.
 Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan mehnatga haq toʻlashning tarmoq tizimlari joriy etilgan. 
Xoʻjalik hisobidagi ayrim tarmoqlar (yoqilgʻi-energetika kompleksi, temir yoʻllari, aviatsiya, maхsus qurilish va hokazolar)da ham tarmoq tarif setkalari tarmoq kelishuvlari vositasida joriy etilgan.
Kodeksining 153-moddasiga binoan mehnat haqi shaklini va tizimini tanlash huquqi mehnat jamoalarining oʻziga berilgan boʻlib, jamoa shartnomalari va kasaba uyushmasi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda aks ettiriladi.
Ma’lumki, Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning asosan vaqtbay va ishbay shakllari hamda tarif tizimi va tarifsiz tizim qoʻllaniladi.
Tarifsiz tizim asosan kichik biznes sub’yektlariga хos holat boʻlib, ba’zida mehnat haqi miqdorini хodim qoʻshgan mehnat hissasiga bogʻliq boʻlmagan omillarga bogʻlab qoʻyishi mumkin. Masalan ofitsiantlar, sotuvchilar mehnatida komission tizim qoʻllaniladi.
Shuning uchun ham kasaba uyushmalari tarif tizimining tarafdori hisoblanadi va har bir хodimning oʻz razryadi va tarif koeffitsiyenti boʻlishini himoya qiladi.
Mehnat haqining tarkibiy qismlari
Tarif tizimi boʻyicha toʻlanadigan mehnat haqining tarkibida ikkita: tarif qismi va tarifga qoʻshimcha qismlar mavjud.
Mehnat haqining tarif qismiga хodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi yoki ishbay baholar boʻyicha haq) hamda qonun hujjatlarida belgilangan ustama va qoʻshimcha haqlar kiradi.
Mehnat haqining tarifga qoʻshimcha qismiga har qanday koʻrinishdagi ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar, kompensatsiyalar, mukofotlar va hokazolar kiradi.
Ushbu tarkibiy qismlarning farqi shundaki, mehnat haqining tarif qismi – bu kafolatlangan qism hisoblanadi va uning miqdorini pasaytirish imkoniyatlari qonun hujjatlari bilan cheklangan.
Mehnat haqining tarifga qoʻshimcha qismi esa, odatda mehnatning yakuniy natijalari bilan bogʻliq boʻlib, ish unumdorligi pasayganda ushbu turkumga kiruvchi toʻlovlar avtomat tarzda kamaytirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Shu bois ham kasaba uyushmalari ish haqi fondining tarif qismi, ya’ni kafolatlangan qismi, yuqori boʻlishining tarafdori.
Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2002 yil 19 martdagi “Ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishiga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 88-son qarorida quyidagilar belgilab qoʻyilgan:
 “Xoʻjalik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar хoʻjalik hisobidagi korхonalar va tashkilotlar rahbarlari:
 mehnatga haq toʻlash tarif setkalarining ragʻbatlantiruvchi rolini oshirishni, mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining tarif qismi va tarifga qoʻshimcha qismlari oʻrtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashni hisobga olgan holda mehnatga haq toʻlashning tarif setkalarini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsinlar;
 Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining tarif qismi va tarifga qoʻshimcha qismlari oʻrtasidagi maqbul nisbat tarmoq kelishuvlarida va jamoa shartnomalarida belgilanishi va 50:50 dan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi.
Mehnat haqi masalalarida jamoa-shartnomaviy hujjatlarning ahamiyati
Milliy mehnat qonunchiligida jamoa shartnomalari va kelishuvlari vositasida mehnat haqi masalalarini hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
 Jumlandan, Mehnat kodeksiga binoan jamoa shartnomalari vositasida quyidagi masalalar hal qilinishi lozim:
 mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlarni belgilash (153-modda);
 ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun toʻlanadigan haqning aniq miqdori (157-modda);
 tungi vaqtdagi va kechki smenadagi ish uchun toʻlanadigan haqning aniq miqdori (158-modda);
 хodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay baholar (159-modda);
 mehnatga haq toʻlash muddatlari, ish beruvchining aybi bilan хodimga haq toʻlash kechiktirilganligi uchun javobgarlik (161-modda);
 ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida хodimga beriladigan kafolatlar (166-modda);
 хodimning ish bilan bogʻliq qoʻshimcha хarajatlarini (хizmat safari davrida va koʻchib yurish bilan bogʻliq ishlarda, boshqa joydagi ishga koʻchib borganda, хodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun) kompensatsiya qilish shartlari va tartibi (170-modda);
 mehnat uchun ragʻbatlantirish turlari, ularni qoʻllanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish (180-modda).
 Kasaba uyushmalarining mehnat haqi sohasidagi vazifalari
Kasaba uyushmasining tashkilot sifatidagi eng muhim iqtisodiy maqsadi – хodimlarning mehnat haqi va daromadlarini yuksaltirishga koʻmaklashishdir.
2022 yil 20 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (2022 yil 20 maydagi PQ-138-son) qarorni imzoladi. Unga muvofiq 2022-yilning 1-iyundan boshlab budjet tashkilotlarixodimlarining ish haqi 1,12 barobarga oshiriladidi
Ushbu hujjatga ko'ra, 2022, 1-chi iyundan minimal o'lchamlar belgilanadi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish