O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“ Menejment ” kafedrasi
“Qurilishda Menejment” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: QURILISH KORXONALARIDA RAHBAR PSIXOLOGIYASI
Bajardi: ERMATOV MURODJON
Fan o’qituvchisi _____________________
Jizzax– 2022 yil
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………….3
1. Rahbarlik uslublari…………………………………………………..6
1.1 Avtoritar uslubning o‘ziga xos xususiyatlari………………………...6
2.1 Demokratik uslubning xususiyatlari………………………….……...7
3.1 Liberal uslubning boshqa uslublardan farqi…………………….…..10
2. Rahbar shaxsi: muammoning qo’yilish………………………...…12
2.1 Qurilish korxonalarida Rahbar shaxsining xislatlari…………….….12
2.2 Rahbarning biografik xislatlari……………………………………..12
2.3 Qurilish korxonalari rahbarlarining Qobiliyati……………….…….16
2.4 Rahbarning Shaxsiy xislatlari…………………………...………….17
2.5 Samarali rahbar qiyofasi…………………………………………....22
2.6 Samarali boshqaruvga to’sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari………….25
3. Rahbarlik muloqotining xususiyati………………………………..28
3.1 Rahbarlik muloqoti bosqichlari tavsifi……………………………...29
3.2 Rahbarning Muloqotda idrok jarayoni………………………….…..33
4. Boshqaruv qarorlari mohiyati…………………………………..…35
4.1 Rahbarning qaror qabul qilish darajalari…………………………....35
4.2 Rahbatning Qaror qabul qilish bosqichlari………………………....36
4.3 Rahbarning Qaror qabul qilishi – psixologik jarayon………………38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………..41
KIRISH
Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari odimlayotgan Yangi O’zbekiston uchun – boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, rahbar (yosh) kadrlarni tanlash, o’qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning bilim saviyalarini yanada yuqori bo’lishi bilan bog’liq shart-sharoitlarni yaratish masalasi taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda. Prezident Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomalari, asarlari mazmunini tashkil qiluvchi konseptual g’oyalar, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda Senat fraksiyalarida, Hukumat doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ham bu masalani hozirgi kunning nechog’lik darajadagi dolzarb muammosi ekanligini ko’rsatmoqda. XXI asrning yuksak axborot texnologiyalari va intellektual saviyaning keskin oshishi asri bo’lishi sifatida bashorot qilinganligi bejiz emasligini bugungi kun voqeliklari ko’rsatib turibdi. Bu holat insoniy munosabatlar sohasida ham islohotlar yuz berishi, intellektual saviyasi yuqori insonlar bilan muomala qilishning va ularga samarali ta’sir ko’rsatishning nozik hamda o’ziga xos usullarini tanlashni talab qiladi. Agar O’zbekiston misolida olinadigan bo’lsa, muomala an’analari, milliy qadriyatlarimiz, mentalitetimizning o’ziga xos nodir qirralarini yo’qotmagan holda jahon sivilizatsiyasining ta’sirlaridan, umuminsoniy qadriyatlardan xoli bo’lmagan boshqaruvchilar qatlamini shakllantirish, ularning faoliyati orqali adolat, insoniylik va demokratiyaning asoslarini insonlar ongi va shuuriga singdirish – davr talabidir. Jamiyat rivojlanishidagi o’tish, o’zgarishlar davrida davlat (jismoniy tarbiya va sport sohasi) boshqaruvidagi, shu jumladan boshqaruvning barcha darajalaridagi rahbarlar oldida turgan murakkab vazifalarni bajarishda professionalizmga, keng, davlat (jismoniy tarbiya va sport sohasi) darajasidagi tafakkurga, kuchli irodaga, maqsadga intilganlikka egaligi bilan ajralib turishlari kerak. Zero, Prezident Sh. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Ish yuzasidan talabchanlik qilish boshqa, odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa narsa. Odamlar ish yuzasidan sizga bo’ysunishi mumkin, boshqa har qanday masalada siz bilan teppa-teng huquqqa ega ekanini aslo esdan chiqarmang. ... Barchamiz yaxshi bilamiz, xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barcha narsaga chidashi mumkin, lekin takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka chiday olmaydi. Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib berish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo’g’indagi rahbarlar – u vazir yoki hokim bo’ladimi, idora yoki tashkilot boshlig’i bo’ladimi, odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o’rnak va namuna bo’lishi zarur.”1 1
Bu boradagi amaliy ishlar sirasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3755-sonli qarori2 asosida istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini taʼminlash, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va boshqa davlat organlari, tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko’maklashish maqsadida har 3 yilda istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo’yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi o’tkazilishi yo’lga qo’yilgan. Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo’yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1018- sonli qarori3 qabul qilingan.
Hozirda jismoniy tarbiya va sport tizimi boshqaruvida zaxira kadrlarni tanlash masalasi sohaga oid qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5368-sonli farmoni4 da keltirilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib yondoshilmoqda.
2020-yilda O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 55 nafardan iborat. Shuningdek, tizimosti tashkilotlar: Qoraqalpog’iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida faoliyat ko’rsatayotgan maʼmuriy kadrlar soni 55 nafarni, tuman (shahar)larning bo’lim boshliqlari soni esa 255 nafarni tashkil etadi. Jismoniy tarbiya va sport tizimi mutassaddilari orasidan 2019-yilda tashkil etilgan “Taraqqiyot” respublika tanlovi ishtirokchilari 55 nafarni final ishtirokchilari esa 55 nafarni tashkil qildi5 .
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish maqsadida, shuningdek, 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda “Taraqqiyot” respublika tanlovining keyingi bosqichiga nomzodlarni tavsiya etish soha mutaxassislaridan tizimlashgan seriyali ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Rahbar kadrlarni psixologik baholash, ularga zarur bo’lgan xislatlar majmuasini ishlab chiqish, nomzodlarni to’g’ri tanlash masalalarini o’rganish an’anasi ijtimoiy psixologiya sohasida mavjud. Bu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning jiddiyligi hamda dolzarbligi – boshqaruv psixologiyasi deb ataluvchi mustaqil yo’nalishning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Rahbar shaxsini boshqaruv faoliyatining asosiy bo’g’ini (ob’yekti) sifatida qator fanlar – iqtisodiyot, mehnat sotsiologiyasi, menejment, marketing va boshqalarning – predmetlaridan biri hisoblanib, uning turli qirralarini har bir fan o’ziga xos usul hamda uslublar yordamida o’rganadi. Lekin bu izlanishlarning deyarli hammasi tushuntiruvchi va modellashtiruvchi xarakter kasb etib, aslida rahbar shaxsini tanlash, saralash, uning faoliyatini o’zgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish jarayoni ijtimoiy-psixologik tamoyillarga asoslanadi. Afsuski, respublikamizda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish talablarini yetarlicha hisobga olmayapti.
Shu bois, o’tgan uch yil ichida Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlar aynan ta’lim sohasini qayta isloh qilishga qaratilib, “....Oliy ta’lim tizimi o’quv jarayoniga ilg’or xalqaro tajribani keng joriy etish, yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash”6 kabi masalalar bosh konsiptual g’oya sifatida ularning mazmuniga singdirildi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda darslikning asosiy maqsadi ham mutaxassislarni boshqaruv psixologiyaning turli sohalari, boshqaruv ilmining nazariy-tarixiy asoslari, psixologiya fanidagi boshqaruv muammosi, jismoniy tarbiya va sport sohasida ma’muriy boshqaruv organlari rahbarligiga da’vogar imijini o’zgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish konsepsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport sohasida ma’muriy boshqaruv organi rahbarligiga da’vogarning kar’yerasini rejalashtirish shartlari hamda professionalizmning shakllanishiga xizmat qiluvchi boshqaruvchilar kompetentsiyasi kabi masalalarning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo’llashga o’rgatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |