Mavzu: O’smirlar orasida deviant xulqni keltrib chiqaruvchi psixologik omillar



Download 248,5 Kb.
bet13/14
Sana21.12.2022
Hajmi248,5 Kb.
#893061
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Deviatsiyaga moyillik

To’plangan ballar

O’smirlar

Xavfdan
yiroq

Qaltis
guruhga
yaqin

Og’ish
(deviatsiya)
mavjud

Soni
(nafar)

%

soni

%

soni

%

soni

%

0-15 balgacha


54

100%

35

65%













15-30balgacha










17

31%







30 baldan yuqori
















2

4%

Tadqiqotda7-8- sinf o’quvchilaridan 54 nafar ishtirok etdi. Ulardan 35 nafari (65%) 15 baldan kam bal to’plagan bo’lib, qaltis guruhga kirmaydi, xavf-xatardan yiroq, 17 nafari (31%) ning xulq-atvori va yurish-turishini nazorat qilish talab etiladi. 2 nafarida (4%) esa deviatsiya kuzatilgan bo’lib, ular bilan tajribali pedagog, psixolog, vrach va voyaga yetmagan xuquqbuzarlik ishlari bilan shug’ullanuvchi militsiya xodimlari hamkorlikda maslahatlashib, ish olib borilishini talab qiladi.



XULOSA VA TAVSIYaLAR

Borliqning shaxs dunyoqarashiga zid bo’lgan ijtimoiy me’yorlariga qarshilik ko’rsatishi kriminal va delikvent xulq-atvorda uchraydi. Borliqning qarshilik ko’rsatishi, uni o’zlashtirish va tushunishning sub’ektiv ravishda buzib ko’rsatilish sabablari, tevarak-olam tomonidan dushmanlarcha qabul qilinadigan ruhiy nuqson alomatlari va ruhiy-patologik buzilishlar bilan bog’liq. Borliqni negativ va oppozitsion baholaydigan kishilar borliq bilan o’zaro munosabatda o’zini unga moslashishga layoqatsiz deb hisoblab, ongli yoki ongsiz ravishda tanlaydilar. Ular shuningdek, nomukammalligi, konservativligi, bir qolipdaligi, ekzistentsial qadriyatlarni ezib tashlashi yoki ochiqchasiga insonparvarlikka qarshi faoliyat olib borishi sababli, moslashishga «loyiq bo’lmagan» borliqqa moslashishni istamaslikni nazarda tutishlari ham mumkin. Borliqni mensimaslik, shaxs o’zining shaxsiy tor dunyosida mavjud bo’lgan holda borliqning talablari va me’yorlarini hisobga olmaganda, uning hayoti va faoliyatining avtonomizatsiyalashuvida (mustaqilligida) namoyon bo’ladi. Bunda na to’qnashuvlar, na qarshi harakatlar va na voqelikdan chiqib ketish holati sodir bo’ladi. Har kim o’zicha (mavjud bo’lib) yashaydi. Demak, bunday holatda deviant ahloqni jamiyatga zid va ijtimoiy xarakterdagi ko’rinishlarga tahdidi va jamoat uchun xavfliligining namoyon bo’lish darajasi bo’yicha farqlash mumkin.


O’smirlar xulqidagi deviatsiyada reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishini tavsiya etamiz:
dezadaptatsiya boshlangunga qadar o’smirda bo’lgan ijobiy hislatlarni tiklash;
o’smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy hislatlarini to’g’rilash, intilishni shakllantirish, o’smirning o’z-o’zini belgilab olishdagi ehtiyojini faollashtirish;
o’smir faoliyatining ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.
SHuningdek, bu jarayonda o’smirning ota-onasi chetda qolmasligi kerakligini ta’kidlab, ularga quyidagi maslahat va tavsiyalarni taklif etamiz:
1. Har bir ota-ona o’z farzandi kelajagini o’ylab, yaxshi tarbiyachi bo’lishi zarur.
2. Farzandingizni qanday oila farzandlari bilan do’stlashganiga diqqat-e’tiborda bo’ling.
3. Bolalaringiz bilan bo’sh vaqtingizda, ko’proq uning o’qigan kitoblari, ko’rgan filmlarini muhokama qilib, tarbiyaviy tomonini ajratib ko’rsating, ularga muomala qilishni o’rgatib boring.
4. Har bir ota-ona maktabga tez-tez borib, farzandining o’qish va darsdan tashqari faoliyatlari bilan qiziqishi lozim.
5. Farzandingizning yurish-turishi, dunyoqarashi, xatti-harakatini doimo nazorat qilib boring.
6. Farzandingizni mehnatga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda o’z hissangizni qo’shib, sinf rahbari, fan o’qituvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’ling.
7. Maktabda o’tkaziladigan tadbirlarda qatnashib, o’quv fanlari, kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlariga imkoniyat yaratib, bola bilan doimo muloqotda bo’ling.
8. Tartibbuzar va bezorilarga qo’shilib ketishiga yo’l qo’ymang.
9. Doimo bolangizning o’qishiga yordamlashing, o’quv fan va kundalik daftarini tekshirib boring hamda o’z fikringizni bildiring.
10. Tarbiyaning muhim quroli bo’lgan nutqimizda yoqimsiz iboralarni ishlatmaylik, yoqimsiz ohang, harakat bilan bolani ranjitmaylik.
11. Farzandingizni hayotda muloyim, samimiy, shirinso’z, pok vijdonli bo’lishga odatlantiring.
12. Bolangizni sababsiz, so’roqsiz darslardan olib qolmang, doimo darsga qatnashiga imkoniyat yaratib bering.
13. O’qituvchilar jamoasi, jamoatchilik bilan doimo hamkor, hamfikr bo’lib, farzandingizni faoliyati bilan tanishib boring.
14. Bolalaringizda tanqid, o’z-o’zini tanqid, o’z xatti-harakatlarini nazorat va tahlil qilish kabi xususiyatlarini rivojlantirish lozim.
15. Maktabda o’qituvchilar bilan hamkorlikda bo’lib, darslarga qatnashib bolangizning bilimi, qiziqishi, ko’nikma va malakasi bilan shug’ullanib boring.
16. Darslarini, uyga berilgan topshiriqlarini bajarilishini nazoratga olib, qiynalganda yordamlashing.
17. Bo’sh vaqtida ko’proq kitob o’qishiga, fikr yuritib mulohaza qilishiga imkoniyat yaratib bering.
18. Oilada bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qiling, qizingiz va o’g’lingizga uy-ro’zg’or ishlarini o’rgating.
19. Har bir ota-ona oilasida sog’lom muhit, insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirishi lozim.
20. Farzandingizning baxti va kelajagi uchun vaqtingizni ayamang.
Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so’z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi, bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo’lib qoladi. 
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlis senatiga Murojaatnomasida aytilganidek: “Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz baxtini, kamolini o’ylab, el-yurtimizning, xalqimizning yorug’ kelajagini ko’zlab, oldimizga ulkan vazifalar qo’ymoqdamiz...
Niyati ulug’ xalqning – ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi.
Biz demokratik islohotlar yo’lidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Qanchalik qiyin bo’lmasin, faqat oldinga – yangi, yuksak marralar sari boramiz”.


Download 248,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish