Mavzu: O’rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi.
Tohiriylar va Safforiylar davlati Reja: VIII asr oxiri IX asr boshlarda arab xalifaligidagi siyosiy ahvol.
Toxiriylar davlatining tashkil topishi.
Safforiylar davlati.
IX asrda O’rta Osiyo hududida hali ham arablar hukmronligi davom etardi. Ammo erk va xurlik singari olijanob tarixiy an'analarga sodiq bo`lgan avlod-ajdodlarimiz arab bosqinchilariga qarshi kurashni bir daqiqa bo`lsada to’xtatmadilar va mustaqil markazlashgan davlat barpo qilishga intildilar. Bu harakat arab istilochilarini har doim taxlika va qo’rquv ostida saqlab turdi. Ular joylardagi hatto o`zlaridan chiqqan hukmdorlarga ham shubha bilan qarar va ishonmas edilar.