3.Ochlovchi moddalar saqlagan dorivor òsimliklar
3.1.Sumak òsimligi bargi-Folia Rhus coriariae
Òsimlikning nomi.Sumax-Rhus coriariae J.
Oilasi.Pistadoshlar-Anacardiaseae
Bòyi 1-2 (ba'zan 5 m) ga yetatigan buta yoki kichik daraxt.
Bargi tòq patli murakkab bòlib,4-8 juft bargchadan iborat.Bargchasi chòziq-tuxumsimon yoki lansetsimon,yirik,òtkir uchli yoki tòmtoq,arrasimon qirrali,tuksiz yoki siyrak tuklar bilan qoplangan.
Gullari 1 jinisli,mayda kòrimsiz,yashil oq rang,otalik va onalik gullari alohida ròvakka toplangan,kosacha va tojbargi 5 tadan,otaligi 5 ta,onaligi 1 ta bòlib.onalik tuguni yuqoriga joylashgan.
Mevasi qizil rangli,quruq,danakli meva.
Iyunda gullab - oktyabrda pishadi.
Geografiktarqalishi.Kavkazda,Turkimanistonda,Òzbekistonning quruq,toshloq,qiya toģlarida uchraydi.
Kimyoviy tarkibi: Bargi 10-20.9% tanin, 4,8 % gacha galla kislota va uning efirlari,flavanoidlar bòladi.
Ishlatilishi: Tanin olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |