Mavzu: maxsus leksik boyliklar


QOVOQ DEVONANING BELBOG’I



Download 149 Kb.
bet11/12
Sana22.06.2021
Hajmi149 Kb.
#73346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Boymatova Charos maxsus leksik boyliklar

QOVOQ DEVONANING BELBOG’I

Och qoringa sarimsoq yeb, ko’k choy ichishdan zerikkan kishilar choyxonaga Qovoq devonaning kirishi bilan unga so’z qota qoldilar.

– Keling, keling, devona!

– Bir kosa choylaring bormi, xo’vari?

– Bor-bor, avliya, bitta bachcha bo’lsangiz idishi bilan sizniki.

Qovoq devona deganimiz o’rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issiqligiga qarshi o’chakishgandek boshiga eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to’zib ketgan guppi chopon kiyib, yangi bo’z belboqni besh-olti aylantirib bog’lagan va unga besh-oltita chilim qovoqdan tortib to suv qovoq va tomosha qovoqlargacha osgan; qovoqlarning og’irligidan arang harakat qiladigan, o’z zamonasining mashhur bir devonasi edi.

Bu devona Toshkentning barchasiga ma’lum; beklardan, boylardan, qisqasi, shaharning katta-kichigidan o’ziga ixlosmandlar orttirgan va ko’plarning tarafidan qilgan karomatlari rivoyat etilgan bir majnun edi. Shahardagi har kim uning oshnasi, karomati bilan beparvo bo’lganlar ham uning qiziq harakatlariga va tutal so’zlariga qiziqar edi. Bu choyxonadagilar ham shu keyingi sinfdan edilar.

Birorta ixlosmand qo’lidan boplab tomoq yegan bo’lsa kerak, hozir o’shaning chanqovini bosmoq fikrida edi.

– Bachchang kim, bachchang? Onam meni bachchalik uchun tug’magan... Choyingdan ber, choyingdan!

– Onangiz sizni, nima uchun tuqqan?

– Xonning qo’yini boqish uchun, qovoqlarni belga taqish uchun, choyingdan berchi, xo’vari!

Devonaga bir piyola choyni ichishga ham tinchlik bermadilar. ermakchilardan biri ko’zini shamg’alat qildida, belidagi qovoqdan bittasini yulib ham qochdi. Ish yomonga aylandi. Quvlab tutolmadi. So’ngra kelib yana bir kosa choyni ichdi va unga-bunga qovog’i to’g’risida iltimos qilib qaradi. Bo’lmagach, qovog’ini qumsab ho’ngir-ho’ngir yig’lamoqqa oldi. Ermakchilarning kutgani ham faqat uning yoshi mishig’iga, mishig’i tupugiga qo’shilib yig’lashi edi.

Qovoqni yulib qochgan tomdan kelib supaping ustidagi so’riga qovoqni osdi va o’zi tushib devonaning yoniga keldi:

– Qovoq o’g’risini ushladingizmi, devona?

– Yo’q, uka! Qovog’imdek shishib o’lsin, qochgancha ketdi!

Birov, eski jo’vada ko’rganligini va qovoqqa minib ketayotganini so’zladi. Ikkinchisi «zap qovoq edida» degan edi, uchipchisi «attang-a» deb qo’ydi. Devo-naning o’pkasi shishnb ketdi, ermakchilar uning yuragiga galma-gal o’t yoqar edilar.

– Qovog’ingizning o’zi bu iqlimda yo’q narsa edi-da!–dedi birov. Devona qovog’ining tarjimai holini so’zlab berdi:

– Dadam musallas qovoq, oyim osh qovoq, men bel qovoq...– dedi. Kulishdilar, ermakchilardan bittasi yuqorida osilgan qovoqni ko’rsatib ajablandi:

– Iyi-iyi, anovi kimning qovog’i-ya?

Devona, sevikli qovog’ini so’rida ko’rib quvona ketdi:

– Voy xo’varingni... jinnilar, voy esi yo’q xo’varilar! Qovog’imni ber, jinnilar!

– Tuzuk, tuzuk, avliya! Qovog’ingizni tushirib bersam, nima berasiz?

– So’raganingni ol, jinni... Oyim qishlog’iga bek bo’l, tentak; tilla jabdiqli ot min, jinni...

– Men Oyim qishlog’ining bekligining uddasidan chiqolmayman. Qovoqlaringizning kasbini aytib bersangiz bo’ladi menga.

Devona bu shartga ko’ndi, qovoq tushirilib devonaning qo’lig’a eson-omon tegdi. Mahbuba, ortiqcha bir ehtiyot va e’tibor bilan belga boshqa yo’ldoshlari yonig’a tugildi.

– Qani, endi bo’lsin, devona!

Qovoq devona, belidagi qovoqlardan bitta egri maymog’ini ko’rsatib, «manovi Musulmon cho’loq!» dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni turtib, «bunov Xudoybachcha» (Xudoyorbachcha) dedi, suv qovog’ini erkalab, «Nor kalla» (Normuhammad qo’shbegi) dedi. Qolgan ikkita silliq qovoqchalarni «nosqovoq, yupqa tomoq» deb qo’ydi. Ermakchilar kulishdilar. Bu qovoq o’g’rilari ichidan tezroq qochib qutulish uchun ketishga intilgan edi, birovi ushlab qoldi.

– To’xtang hali, gap bor,– devona so’kinib to’xtadi,– manovi belingizdagi belboqni qaerdan ) o’g’irlab oldingiz?

- Qo’y, juvonmarg bo’g’ur!

– O’tgan kuni o’g’irlatgan belbog’ing shu emasmi, Karimqul?–deb yonidagiga qaradi ermakchi.

– Ha, ha, xuddi o’g’irlatgan belbog’im – tutdik o’g’rini!

Qovoq devona xuddi belbog’idan ajrayturgandek ikki qo’li bilan beliga yopishdi.

– Seniki bu emas, tentak!

– Yo’q, xuddi meniki shu, hech, bo’lmasa mirshab chaqiraman.

– Xo’varingni... nima deydi bu!

– To’g’ri ayt, buni qayerdan o’g’irlading?

Devona belbog’ining tuguniga astoydil yopishgani holda:

– O’g’irlamadim, tentak, hoji pochchangni to’pidan oldim, jinni!- dedi.

– Hoji pochchang kim? yolg’on so’zlama, o’g’ri!

– Hoji pochchangni tanimaysanmi, tentak?

– Toshkentda hoji pochchadan ko’pi bormi, o’g’ri?

– esing ketibdi, jinni... Yusufbek hojingchi axir; to’y bo’ldi, bazm bo’ldi, o’g’il uylandi..._qo’y. juvonmarg bo’gur!

Devona ermakchilar qo’lidan arang qutulib chiqdi, ammo ularning ichidagi ko’zini bog’lagan bir kishi, pima uchundir, devonaning orqasidan ergashdi. Choyxonadan anchagina uzoqlashgan edilar.

– Devona,– deb chaqirdi haligi ergashuvchi. Devona, o’ziga qarab keluvchi bu ko’z og’rig’ini tanidi, sevikli qovoqlar ustiga kelgan balo bo’lmasin uchun ketar ekan qovoqlarini ehtiyotlab ushladi:

– Nima deysan, ko’z og’rig’i?

– Qo’rqmangiz, devona!–dedi ko’z og’rig’i va odimlarini tezlatdi.

– Nima ishing bor?

– To’xtang.

Devona arang to’xtadi. Ko’z og’rig’i uni cho’chitmas uchun naridan turib yonchig’ini kavliy berdi.

– Sizga nazrim bor.

Bu so’zni eshitib devona yo’lg’a tushdi. Ko’z og’rig’i uning ketidan yugurdi va:

– Mang!–deb pul ko’rsatdi. Devona iltifotsiz keta bergan edi:–To’xta deyman!–deb do’q urdi. Devona narida to’xtadi:

– Kelma, kelma, ko’z og’rig’i!

Ko’z og’rig’i o’n odimcha narida turdi:

– Hali, kim o’g’lini uylantirdi, deding?..

– Kim uylantirdi, deding?



  • Aytding-ku choyxonada...

– Aytding-ku choyxonada...

– Belbog’ni qayerdan olding?

– Buving berdi.

– To’g’ri ayt!

– To’yga keldingmi?

– To’yga keldim...

– Yusufbiynikigami?

– Yusufbiynikiga.

– Belbog’ing yo’qmi?

– yo’q.


– To’y o’tganda kelibsan.

– Yusufbek qaysi o’g’lini uylantirdi?

– Nechta o’g’li bor?

– Necha o’g’li bor?

– Bitta... Qorategindan keldingmi, opang omonmi?

– Omon... Qachon uylantirdi?

– Uzing uylanganmisan?.. Qorategindan necha kunda kelding?

– Besh kunda. Qachon uylantirdi?

– eshakka minibmi, yayov?

– eshakka minib.

– Nashang bormi?

– Bor.


– Qitta berchi.

– Beraman, oldin ayt, qachon uylantirdi?

– To’y o’tganda kelibsan tentak... Mangachi, bir tog’ora osh tegdi.

– Bozordan osh olib bersam, yeysanmi?

– Yuzingga qachon chechak chiqdi?

Ko’z og’rigi bu tutal so’zlardan asabiylashib ketdi:

– Qachon uylantirdi deyman?

– To’y o’tganda kelibsan dedimku... Bir hafta bo’ldi, o’n kun bo’ldi, bir oy bo’ldi... Ha, ha, charlari endi bo’lar emish... charlarga bor, Qorategin!

– Toshkentdan uylantirdimi?

– Xi-xi-xi, ahmoq. Toshkentdan bo’lmay, Qorategindan uylantirsinmi?

Shundan keyin ko’z og’rig’i choyxonaga qaytdi...



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish