Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


MAVZU: O`ZBEKISTONDA  MATEMATIKA RIVOJLANISHI



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/89
Sana22.01.2021
Hajmi1,73 Mb.
#55955
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
Bog'liq
matematika tarixi

MAVZU: O`ZBEKISTONDA  MATEMATIKA RIVOJLANISHI. 
REJA: 
1. 
XX asr boshida boshlangan ilmiy-texnika inqilobi. 
2. 
Ikkinchi jaxon urushidan xozirgacha bulgan davr. 
3. 
XX asrda matematik analizning urni. 
4. 
Matematikaning bevosita amaliy tadbiqlari  
SHarq  matematiklarining  ishlari  XIV-XVI  asrlarda  Evropada  ilm-fan  rivojiga  asos  bo`ldi. 
Soat,  to`quv  dastgoxi  kabi  dastlabki  texnika  qurilmalari  ixtiro  qilinishi  mexanikani  rivojlantirdi, 
mexanika masalalarini echish esa matematika taraqqiyotining yangi bosqichga ko`tarilishiga – avval 
analitik  geometriya  va  algebraik  simvolikaning,  so`ng  differentsial  va  integral  xisobning 
yaratilishiga olib keldi. Matematika tarixining keyingi davri XVIII-XIX  asrlardagi texnika inqilobi 
bilan  bevosita  bog`liq.  XX  asr  boshlarida  tabiatni  o`rganish  soxasidagi  inqilobiy  o`zgarish 
matematikada xam o`z aksini topdi. Ayni paytda matematika yutuqlari bu o`zgarishlar uchun zamin 
xozirladi.  
1920  yildan  O`rta  Osiyoda  matematikani  rivojlanishi  uchun  qulay  sharoit  vujudga  keldi- 
O`rta Osiyo dorilfununi ochildi. 
XX  asr  o`rtalaridan  boshlangan  ilmiy-texnika  inqilobi  matematikaning  amaliy  axamiyatini  yanada 
kuchaytirdi, elektron xisoblash mashinalarini paydo bo`lishi esa uni xayotga yanada yakinlashtirdi. 
Bu  davrda    O`rta  Osiyoda  avvalroq  shakllangan  extimollar  nazariyasi  maktabi  (V.I.Romanovskiy, 
T.A.Sarimsaqov,  S.X.Sirojiddinov,  T.A.Azlarov,  va  boshqalar  )  qatoriga  differentsial  tenglamalar 


 
60 
nazariyasi  (I.S.  Arjanix,  I.S.Kukles,  M.S.Saloxiddinov,  T.J.Jo`raev,  N.YU.Satimov,  N.A. 
Bondarenko,  SH.A.  Alimov  va  boshqalar),  matematik  analiz  (T.A.Sarimsaqov,  J.Xojiev, 
SH.A.Ayupov,  G`.N.Shlixov,  F.B.Abutaliev  va  boshqalar),  sonlar  nazariyasi  (N.P.Romanov, 
A.F.Lavrik  va  boshqalar),  matematika  tarixi  (S.X.  Sirojiddinov,  G.P.Matvievskaya  va  boshqalar) 
ilmiy maktablariga asos solindi. 
Maxmud  Saloxiddinovich  Saloxiddinov-o`zbek  matematigi,  O`zR  Fanlar  akademiyasining 
akademigi (1974). M. S. Saloxiddinov ToshshDD ning fizika-matematika fakul‘tetini tamomlagan 
(1955). 
U  1959  yildan  V.  I.  Romanovskiy  nomidagi  O`zR  Fanlar  akademiyasi  Matematika 
institutida  ilmiy  xodim,  ilmiy  ishlar  bo`yicha  direktor  o`rinbosari,  xozirgacha  differentsial 
tenglamalar bo`limining mudiri, 1967-85 yilda shu institut derektori 1984-85 yillarda O`zR Fanlar 
akademiyasi  vitse-prezidenti,  1985-88  yillarda  O`zR  Oliy  va  O`rta  maxsus  ta`lim  ministri,  1988 
yildan O`zR Fanlar akademiyasi prezidenti. 
 M.S.Saloxiddinov talabalik yillaridayoq matematikaning katta amaliy axamiyatga molik bo`limi – 
differentsial  tenglamalar  nazariyasi  bilan  qiziqib,  O`zR  Fanlar  akademiyasi  muxbir  a`zosi,  I.S. 
Arjanix  raxbarligida  Koshi  masalasi  bilan  shug`ullangan.  Matematikaning  fizikaga  tadbiqi  muxim 
o`rin tutadigan ikkinchi tartibli chiziqli xususiy xosilali differentsial tenglamalar xossalari jixatidan 
bir-biridan keskin farq qiluvchi uch asosiy turga bo`linadi: giperbolik tur, parabolik tur, elliptik tur. 
eyler,  Dalamber  davridan  asrimizning  o`rtalarigacha  asosan  shu  uch  turdagi  tenglama  tekshirib 
kelingan.  Reaktiv  samolyotlar  yaratilgach,  gazlarning  tovushdan  tez  xarakatini  o`rganish  masalasi 
aralash  turdagi  differentsial  tenglamalarga  olib  keladi.  Saloxiddinov  bunday  tenglamalarni 
atroflicha  tekshirilib,  ularning  klassifikatsiyasi  va  kanonik  ko`rinishlarini  ochdi,  aralash  tarkibiy 
turdagi  tenglamalar  uchun  qo`yiladigan  qator  masalalarni  xal  qilgani  uchun  1974  yilda  Beruniy 
nomidagi  O`zR  Davlat  mukofoti  bilan  taqdirlandi.  U  matematikaning  amaliy  masalalarga  tatbiqi, 
ishlab  chiqarish  va  ekologik  jarayonlar  bilan  bog`liq  ob`ektlarning  matematik  modellarini 
yaratishga aloxida e`tibor bermoqda. 
Saloxiddinov  ko`plab  shogirdlar  tarbiyalagan.  1962  yildan  O`zR  Fanlar  akademiyasi 
Matematika  institutida  tashkil  etilgan  differentsial  tenglamalar  ‗o`yicha  ilmiy  seminar  raxbari, 
ToshDD  ning  differentsial  tenglamalar  kafedrasini  tashkil  etgan  ,  universitetlar  va  oliy  o`quv 
yurtlari  uchun  «Kompleks  o`zgaruvchining  funktsiyalari  nazariyasi»,  «Oddiy  differentsial 
tenglamalar»  darsliklarini  «Aralash-tarkibiy  turdagi  tenglamalar»  monografiyasini  yozgan,  bir 
necha Xalqaro matematika kongresslari qatnashchisi. 
To`xtamurod Jo`raevich Jo`raev-o`zbek matematigi. O`zR FA xaqiqiy a`zosi (1989) , O`rta 
Osiyo  Davlat  dorilfununi  (xozirgi  ToshDD)  ni  tugatgan.  O`zR  FA  V.  I.  Romanovskiy  nomidagi 
Matematika  institutida  ilmiy  xodim,  bo`lim  mudiri  bo`lib  ishlagan.  1985  yildan  shu  institut 
direktori, 1974-85 yillarda O`zR FA M.T. O`rozboev nomidagi Mexanika instituti direktori. 
T.J.Jo`raev  differentsial  tenglamalar  nazariyasi  va  uning  mexanikaga  tatbiqlari  soxasida 
yirik  mutaxassis.  Matematik  fizikaning  murakkab  turdagi  tenglamalari  echimini  chegaraviy 
qiymatlari  bo`yicha  topish,  ikki  xil  muxit  chegarasidagi  jarayonlar  bilan  bog`liq  matematik 
masalalarga  oid  chuqur  natijalarga  erishgan.  So`nggi  yillarda  yuqori  tartibli  murakkab  turdagi 
matematik  fizika  tenglamalari  nazariyasini,  ular  uchun  yangi  chegaraviy  masalalarni  echish 
usullarini  rivojlantirmoqda.  Jo`raevning  ilmiy  kadrlar  tayyorlashdagi  xizmatlari  katta.  Beruniy 
nomidagi respublika Davlat mukofoti laureati (1974). 
Qori-Niyoziy o`zbek olimi,pedagog, davlat va jamoat arbobi, O`zR FA akademigi (1943) va 
birinchi  prezidenti  (1943-47),  Davlat  mukofoti  (1952)  laureati.  Olim  Tojikistonning  Xo`jand 
shaxrida  kosib  oilasida  tug`ilgan.  U  avval  Xo`jandda  eski  maktabda,  keyin  Farg`ona  rus-tuzem 
maktabida,  Peterburgdagi  «Krug  samoobrazovaniya»  nashriyotining  tabiatshunoslik  bo`limida 
sirtdan o`qigan (1911-15). Qori Niyoziy 1917 yil Farg`onada birinchi o`zbek tilidagi boshlang`ich 
maktabini ochdi, unda dars berdi. 1920 yil Qo`qonda pedagogika texnikumi ochdi va 1925 yilgacha 
unga  direktorlik    qildi.  U  1925  yil  O`rta  Osiyo  Davlat  dorilfununining  fizika-matematika 
fakul‘tetiga  o`qishga  kirdi.  Uni  1929  yili  tugatdi.  Dorilfununda  o`qib  yurganida  quyi  kurs 
studentlariga  dars  xam  berdi.  Qori  Niyoziy  yangi  tipdagi  maktablar  uchun  o`zbek  tilida 


 
61 
matematikadan  darsliklar,  o`quv  qo`llanmalari  va  metodik  ko`rsatmalar:  «Tabiatdan  bir  parcha» 
(Farg`ona  1919),  «Ochiq  xavoda  amaliy  mashg`ulotlar»  (Samarqand,  1927),  «To`g`ri  chiziqli 
trigonometriya  va  uning  kosmografiyaga  tadbiqi»  (Toshkent,  1929),  «Trigonometriyaning 
sistematik kursi» (Toshkent, 1930) va boshqalarni yozdi. 
Qori –Niyoziy birinchi bo`lib «Ruscha-o`zbekcha matematika terminlari lug`ati» ni tuzdi va 
o`zbek  tilida  oliy  matematikaning    boshlang`ich  bo`limlari-analitik  geometriya,  differentsial  va 
integral  hisob,  differentsial  tenglamalar  darsliklarini  yaratdi.  Uning  1928  yilda  arab  alifbosida 
«Analitik  geometriya  asoslari»,  1931  yili  «Fazoda  analitik  geometriya»  va  «Matematik  analiz 
asosiy kursi» nashr etildi. 
Qori  –  Niyoziy  ajoyib  pedagog  edi.  Uning  shogirdlaridan  bir  gruppasi  farg`onalik  «13 
qaldirg`och» nomi bilan mashxur. Ulardan yirik mutaxassislar etishib chiqqan. 
Qori-Niyoziy  ijodida  matematika,  astranomiya,  fan,  madaniyat  va  maorif  tarixi  katta  o`rin 
tutadi. 1950 yili Moskvada FA  nashriyotida rus tilida uning «Ulug`bekning astronomiya maktabi» 
nomli monografiyasi bosilib chiqdi, unda Ulug`bek astranomiya maktabining vujudga kelishi tarixi, 
bu  maktab  va  Ulug`bek  rasadxonasida  olib  borilgan  kzatishlar,  rasadxonaning  asosiy  quroli  – 
sekstantning tuzilishi, ishlash printsiplarini batafsil bayon qilgan. 
Qori  –  Niyoziy  faol  jamoatchi  sifatida  1931-1933  yillarda  O`rta  Osiyo  Davlat 
dorilfununining rektori, 1937-38 yillarda Fanlar Akademiyasi O`zbekiston filialining boshlig`i edi. 
Qori – Niyoziy Jaxon astranomlari jamiyatining a`zosi (1954) va Fan tarixi Jaxon akademiyasining 
muxbir a`zosi edi. 
Vselovod  Ivanovich  Romanovskiy  (1879-1954)  –  matematik  ,  Toshkent  matematika 
maktabining  asoschisi,  O`zR  Fanlar  akademiyasi  akademigi  (1943),  Davlat  mukofoti  laureati 
(1948). 
V.  I.  Romanovskiy  respublikamizda  xozirgi  matematika  fanining  vujudga  kelishida  fidokorona 
mexnat    qilgan.  O`z  ilmiy  maktabini  yaratgan.  Romanovskiy  Olma-ota  shaxrida  tug`ilgan.  1900 
yilda  Toshkentdagi  real  bilim  yurtini,  1906  yilda  Peterburg  universitetini  tugatdi.  1908  yilda 
Toshkentga qaytib, real bilim  yurtida matematika va fizika o`qituvchisi bo`lib ishladi. 1918 yildan 
umrining  oxirigacha  Romanovskiyning  ilmiy-pedagogik  va  jamoatchilik  faoliyati  Toshkent  davlat 
universiteti bilan chambarchas bog`liq. U fizika – matematika fakul‘teti professori, dekani, umumiy 
matematika,extimollar nazariyasi va matematik statistika kafedralariga mudir bo`ldi.  
Ma`lumki,  tabiatdagi  ko`p  xodisalar  tasodifiy  xarakterga  ega,  ular  orasidagi  bog`lanish  esa 
murakkab  bo`lishi  mumkin.  Xodisalar  orasidagi  bog`lanish  konkret,  ma`lum  bir  sxema  bo`yicha 
bo`lgan  xollar  yaxshi  o`rganilgan.  extimolliklar  nazariyasida  V.I.  Romanovskiyning  Markov 
zanjirlari  va  uni  turli  yo`nalishlarda  umumlashtirishga,  extimolliklar  nazariyasiing  markaziy  limit 
teoramasini ko`p o`lchovli xolga o`tkazishga oid tadqiqotlari muxim axamiyatga ega. Romanovskiy  
chekli xolatli bir jinsli Markov zanjirining mukammal tadqiq qildi. Uni o`rganishni matritsa usulini 
yaratdi.  Matematik  statistikada  Romanovskiy  o`zining  tanlanma  nazariyasiga  doir  ishlari  bilan 
mashxurdir.  Romanovskiyning  matematika  soxasidagi  qarashlari  matematik,  xususan,  statistik 
fikrlashni  rivojlantirish,  statistik  metodlarni  ishlab  chiqarishga  tadbiq  qilish  borasida  muxim  rol‘ 
o`ynaydi.  Ilmiy  qiziqishlarining  serqirraligi,  matematik  statistika  masalalariga  qat`iy  nazariy 
yondashuv,  chuqur  nazariy  muammolarni  ishlab  chiqarishning  konkret  vazifalari  bilan  uzviy 
bog`lay olish olim ijodiga xos xususiyat edi. 
Toshkent  matematika  jamiyatining  raisi  sifatida  u  oliy  o`quv  yurtlari  va  maktablarda 
matematika  o`qitilishining  axvoli  bilan  doimo  qiziqardi.  Jamiyatning  «Maktab  matematikasi» 
bo`limi  o`quvchilarning  matematikadan  shaxar  olimpiyadalari  o`tkazishda  faol  qatnashardi. 
SHuning uchun xam xozir maktab o`quvchilari orasida bo`ladigan shaxar va respublika matematika 
olimpiadasining birinchi tashkilotchilari Romanovskiy va uning shogirdlari desak yanglishmaymiz. 
Moxir ustoz va pedagogning «Analizga kirish» kitobi metodik jixatdan puxtaligi, sodda va 
ravon yozilganligi bilan o`qituvchi va talabalarga xanuz qadrli, manzur bo`lib kelyapti. 
Romanovkiy  qiziqish  doirasi  keng,  intellektual  boyligi  katta  bo`lgan,  u  bir  necha  chet  tillarini, 
jumladan, o`zbek tilini xam bilar edi. 


 
62 
Romanovskiy  shogirdlaridan  biri  O`zFA  akademigi  T.A.  Sarimsaqov  shunday  deb  yozadi: 
«Vselovod  Ivanovskiy  o`z  lektsiyalarida  fan  bilan  amaliyotni  bog`lashga  kata  e`tibor  berardi. 
Murakkab  nazariy  masalalarni  ravon,  tushunarli  bayon  qila  bilardi.  Bunga  ustozning  ilmga  tashna 
shogirdlariga  bo`lgan  muxabbati,  kamtarligini  qo`shsak,  u  yoshlarni  o`z  soxasiga  jalb  qilmasligi 
mumkin  emasligi  ravshan  ko`rinadi.  ».    O`zR  FA  Matematika  instituti  olim  nomi  bilan  ataladi. 
Romanovskiy  Toshkentda  1912  yili  4  ta  soqqani  20160  marta  tashlab  matematik  statistikada 
ma`lum tamoyilni kashf etdi.  
Toshmuxammad Alievich Sarimsaqov – o`zbek matematigi, davlat va jamoat arbobi, O`zFA 
akademigi (1943), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1960), Davlat mukofoti 
laureati  (1948),  Beruniy  nomidagi  O`zR  davlat  mukofoti  laureati  (1967),  Mexnat  Qaxramoni 
(1990), topologiya va funktsional analizning Toshkent maktabi asoschisi. 
        T.A.Sarimsaqov  matematik  analiz,  funktsional  analiz,  umumiy  topologiya,  algebra,  ayniqsa, 
extimollar  nazariyasi  va  uning  tadbiqlari  soxasidagi  chuqur  ilmiy  tadqiqotlari  bilan  faqat 
Vatanimizdagina emas, balki chet ellarda xam mashxurdir.  
Sarimsaqov  Andijon  viloyatining  SHaxrixon  qishlog`ida  tug`ildi.  1936  yilda  Toshkent 
davlat  universitetining  fizika-  matematika  fakul‘tetini  bitirdi.  1938  yildayoq  fizika-matematika 
fanlari  kandidati  bo`ldi.  Ilmiy  qiziqishlarning  ko`p  qirraliligi,  tadqiqotning  yangi  matematik 
metodlariniyaratishga intilish, nazariy masalalarni amaliyot bilan bog`lay bilish- bularning xammasi 
olim ilmiy faoliyatining xarakterli belgilaridir. 
Sarimsaqovning dastlabki ilmiy ishlari klassik ortogonal ko`pxadlar nollarining taqsimoti va 
funktsiyalarni  shu  ko`pxadlar  bo`yicha  yoyishga,  shuningdek  ko`proq  Markov  zanjirining 
o`rganishga bag`ishlangan. 
Markov  zanjirlari  metodlarini  O`zta  Osiyo  ustidagi  ob-xavo  jarayonlarini  o`rganishga 
qo`llash  g`oyasi  Sarimsaqovga  mansubdir.  Bu  sermazmun  g`oya  geofizik  –  sinoptiklar 
xamkorligida amalga oshirildi va Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi. 
Sarimsaqovning Markov protsesslari nazariyasidagi tadqiqotlari, extimollar nazariyasiyadagi 
tidqiqotlari,    extimollar  nazariyasiga  algebraik  nuqtai-nazardan  yondadashuvi  uni  zamonaviy 
matematikaning yangi ilmiy yo`nalishlaridan biri- yarimmaydonlar nazariyasiga olib keldi. Keyingi 
yillarda bu nazariya turli yo`nalishlarda umumlashtirildi, uning keng tadbiqlari topildi. 
Sarimsaqov  fanning  moxir, jonkuyar tashkilotchilaridandir. U O`zFA prezidenti (1946-52), 
Toshkent  Davlat  Universiteti  rektori  (1943-45,  1952-58,  1971-83)  bo`lib  ishladi.  O`zR  Oliy  va 
O`rta maxsus ta`lim ministri (1959-71) lavozimida katta faollik ko`rsatdi. 
Olimning  O`zbekiston  va  boshqa  respublikalar  uchun  oliy  malakli  kadrlar  tayyorlashdagi 
xizmatlari  nixoyatda  katta.  Uning  raxbarligida  o`nga  yaqin  doktorlik  va  o`nlab  kondidatlik 
dissertatsiyalari yoqlangan. 
Sarimsaqovning  butun  ilmiy  faoliyati  o`zi  o`qigan  fakul‘tet  –  ToshDU  ning  matematika 
fakul‘teti  bilan  chambarchas  bog`liqdir.  U  1944-57  yillarda  fakul‘tet  extimollar  nazariyasi  va 
matematik  statistika  kafedrasining  mudiri  bo`ldi.  1964  yilda  uning  tashabbusi  bilan  fakul‘tetda 
funktsional  analiz  kafedrasi  tashkil  etildi.  Sarimsaqov  juda  ko`p  yangi  maxsus  kurslar  va 
seminarlarning tashabbuskori. U universitetlar uchun bir necha darslik yaratdi. 
Sa`di  Xasanovich  Sirojiddinov  –  o`zbek  matematigi,  davlat  va  jamoat  arbobi,  O`zFA 
akademigi  (1966),  O`zR  da  xizmat  ko`rsatgan  fan  arbobi  (1971),  Beruniy  nomidagi  O`zR  davlat 
mukofoti laureati (1973). 
Sirojiddinov  Toshkent  Davlat  Universitetining  bitirgan  (1942).  Romanovskiy  ilmiy 
raxbarligida kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi. Doktoranturada unga A.N. Kolmogorov raxbarlik 
qildi.  Sirojiddinov  ko`p  qirrali  olim.  U  matematik  analiz,  extimolliklar  nazariyasi  va  matematik 
statistika,  O`rta  Osiyoda  matematikaning  rivojlanish  tarixiga  oid  chuqur  tadqiqotlar  olib  borgan. 
Olimning extimollar nazariyasiga oid ishlari jaxon ilmiy jamoatchiligi tomonidan yuksak baxolandi. 
U O`zFA  Romanovskiy nomidagi Matematika institutinig derektori (1956-1966), ToshDU rektori 
(1966-70,  1983-87),  O`zFA  vitse  –  prezidenti  (1970-83)  lavozimida  ishladi.  O`zbekistonda, 
umuman  O`rta  Osiyo  respublikalarida,  matematika  rivojiga,  uning  yangi  yo`nalishlarining  shu 
mamlakatlarda vujudga kelishi va taraqqiy etishiga beqiyos xissa qo`shdi. 


 
63 
Sirojiddinovning  fanda  katta  axamiyat  kasb  etgan  asosiy  tadqiqoti,  Toshkent  matematika 
maktabining  dovrug`ini  dunyoga  yoygan  ishlari  extimolliklar  nazariyasining  limit  teoremalari, 
xususan,  Markov  zanjirlari  uchun  limit  teoremalariga  bag`ishlangan.  Markov  sxemasi  bo`yicha 
bog`langan  tasodifiy  miqdorlar  yig`indisi  uchun  limit  teoremalarda  aniq  baxolarni,  asimptotik 
yoyilmalarni  matematika  tarixida  birinchi  bo`lib,  Sirojiddinov  oldi,  bu  xildagi  natijalarni  olish 
metodini  kashf  qildi.  Keyinchalik  mazkur  metod  extimolliklar  nazariyasi  bilan  shug`ullanuvchi 
boshqa  ilmiy  maktablarga  xam  yoyildi,  umumlashtirildi.  Sirojiddinovning  mahsulot  qabul  qilish 
nazoratining  statistik  metodlariga  oid  ishlari  va  asosda  ishlab  chiqilgan  tavsiyalari  ko`plab 
korxonalarda joriy etilgan. 
Olim  1958  yildan  umrining  oxirigacha  ToshDU  extimolliklar  nazariyasi  va  matematik 
statistika  kafedrasiga  mudirlik  qildi.  Uning  raxbarligida  60  dan  ortiq    doktorlik  va  kandidatlik 
dissertatsiyalari yoqlandi. Toshkent extimolliklar nazariyasi maktabi bilan shu yo`nalishdagi xorijiy 
ilmiy maktablar o`rtasidagi aloqa o`rnatilishi va uning rivojlanishida Sa`di Xasanovichning xissasi 
katta.  U  Bernulli  nomidagi  Xalqaro  matematik  statistika  va  extimolliklar  nazariyasi  jamiyatining 
xaqiqiy  a`zosi  bo`lgan.  Bu  jamiyatning  xaqiqiy  a`zosi  bo`lgan.  Bu  jamiyatning  birinchi 
kongressining Toshkentda o`tkazilishi xam Sirojiddinov nomi bilan bog`liq. 
Sa`di  Xasanovich  Sirojiddinov-  faol  jamoatchi  edi.  U  1966  yildan  to  umrining  oxirigacha 
O`zR Oliy Kengashining deputati, 1967-80 yillarda esa raisi bo`lgan.   
Bugungi  kunda  matematikaning  amaliy  axamiyati  xech  kimda  shubxa  tug`dirmaydi. 
Matematik  metodlar  mexanika,  fizika  kabi  an`anaviy  fanlardan  tashqari  iqtisod,  meditsina, 
biologiya,  ijtimoiy  va    dunyoviy  fanlarga  xam  jadal  kirib  bormoqda.  Tabiat  va  jamiyat 
xodisalarining  o`rganishda  benixoya  imkoniyatga  ega  vositalardan  biri  –  matematik 
modellashtirishdir.  U  turli  jarayonlar  bilan  bog`liq    noma`lumlarni  topish,  uning  kelgusidagi 
tabiatini  oldindan  xisoblash  imkoni  beradi.  Matematikaning  bu  turli  tadbiqi  ayniqsa,  tabiatning 
muhofaza qilish, zilzila va boshqalar. Tabiiy ofatlar bilan kurashishda muhim ahamiyatga ega. 
Matematikaning  bevosita  amaliy  tadbiqlaridan  tashqari  yosh  avlodning  xar  taraflama 
rivojlangan  etuk  kishilar  qilib  tarbiyalashda  uning  aloxida  o`rniga  egaligini  ta`kidlash  zarur. 
Taxliliy  muloxaza,  mantiqiy  mushoxada,  fazoviy  tasavvur,  abstrakt  tafakkur  inson  faoliyatining 
barcha  soxasi  uchun  zarur  qobiliyatki,  bular  matematikaning  o`rganish  jarayonida  shakllanib, 
chuqurlashadi. 
Matematikaga  qiziqadigan,  uni  chuqur  o`zlashtirishga  intiladigan o`quvchilarimiz  oz emas. 
Vatanimizda  ular  etuk  ilm  soxiblari  bo`lib  etishuvlari  uchun  barcha  sharoit  mavjud.  Ammo 
yoshlarimiz  orasida  matematik  bo`lishni  niyat  qilgan  o`quvchigina  uni  chuqur  o`zlashtirish  kerak, 
degan  fikr  uchraydi.  U  bugungi  xayotdagi  kundalik  tasavvurdan  chetga  chiqabilmaslik,  istiqbolni 
ko`rabilmaslik oqibatidir. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish