Tavsifiy statistika tajribalar, kuzatish va eksperimentlarda olingan natijalarni tavsiflab berish, xulosa chiqarish, o‘rtacha qiymatlar, dispersiya, taqsimlanish kengligi kabilarni hisoblash, ma’lumotlarni va ularning natijalarini jadvallar, grafiklar ko‘rinishida aks ettirish imkonini beradi.
Induktiv statistikaning vazifasi – biror tanlanmada olingan natijani, shu tanlanma olingan katta tanlanmaga joriy qilish mumkinligini tekshirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda induktiv statistika induksiya (induksiya - juz’iy hodisalardan umumiy natija chiqarish, ayrim faktlardan umumiy xulosaga kelish) yo‘li bilan ko‘p sonli ob’ektlarga kichik guruhlarda kuzatish yoki eksperiment davomida aniqlangan u yoki bu qonuniyatni umumlashtirish mumkinligini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |