Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf – odatlar va ananalar asosida mexr shafqat hislarini tarbiyalash



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana03.04.2021
Hajmi0,69 Mb.
#62674
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish

 

II bob yuzasidan xulosa: 

Bitiruv  malakaviy  ishimizning  II-bobida  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni  shakllantirish  vositalari,  shakl  va 

metodlari  bo‘lib  bunda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida 

milliy  tuyg‘ularni  shakllantirish  vositalari,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari keng 

yoritib o‘tilgan

. 



 

 

I I I. БОБ. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI 

TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI 

SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI 

 

3.1.  Maktabgacha  talim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy 

tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi. 

  

Mustaqillik  davridagi  islohotlarning  birinchi  bosqichida  butun  xalqni, 

asosan, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda 

ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishildi. Bu davrda yosh avlod milliy qadriyatlar va 

an’analarning  tub  mohiyatini  bilishdi.  O‘tmishda  ajdodlarimizning  jahon  fani 

ravnaqiga qo‘shgan buyuk ta’limoti bilan yaqindan tanishdi. Boshqacha aytganda, 

yosh avlod o‘zligini angladi. 



 

40 


Darhaqiqat,  Maktabgacha  ta’lim  muassalarida  ta’lim-tarbiya  ravnaqi, 

bolalarning milliy g‘ururini tarbiyalash va yuksaltirish singari ijtimoiy-pedagogik 

vazifalarni amalga oshirishda kuchli ijtimoiy siyosat                         

yaratib  bergan  imkoniyatlar  salmog‘i  katta  bo‘lib,  bunda  tarbiyaviy  ishlar 

yuqoridagi masalani sifatli hal qilishga yo‘naltiridi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  tarbiyalanuvchi  bolalarning  milliy 

tuyg‘ularini  shakllantirish,  tarbiyalash  va  takomillashtirish  jarayonlarini  puxta 

tahlil  qilish,  shu  muhim  muammoni  hal  etish  maqsadida  o‘tkazilgan  tajribalar 

shuni  ko‘rsatdiki,  bolalarda  e’tiqod,  vatanparvarlik,  xalqparvarlik,  mardlik, 

jasurlik,  milliy  tafakkur,  metin  iroda,  kuchli    xotira  va  milliy  tuyg‘ular  orqali 

vujudga keladigan milliy g‘ururni tarbiyalashda milliy qadriyat va an’analar, urf-

odat  va  udumlar,  tarixiy  xalq  qahramonlari  va  davlat  arboblari  faoliyati,  xalq 

og‘zaki  ijodi,  adabiyot  va  san’at,  hozirgi  mustaqillik  davrida  sodir  bo‘layotgan 

olamshumul voqea va hodisalar, mashg‘ulotlar va tarbiyaviy tadbirlar pedagogik-

psixologik omil va vositalar sifatida muhim rol o‘ynaydi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  o‘tkaziladigan  tadbirlar  turli-tuman 

bo‘lishi  kerak.  Tarbiyalanuvchilar  yorqin  ishlarni  uzoq  eslab  yuradilar,  shu  bois 

bunday  ishlarni  takrorlash  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki  u  ahamiyatini 

yo‘qotishi mumkin. Tarbiyaviy-tadbirlarni har doim  yangisini topish qiyin ammo 

ularni topishga harakat qilish kerak. Tarbiyaviy ishlar zahirasida ko‘plab qiziqarli 

tadqiqotlar  mavjud  va  bu  takrorlamaslikni,  aksincha,  aniq  sharoitlar  bilan 

muvofiqlashtirgan holda tarbiyalanuvchini rivojlantirishni kafolatlaydi.    

Milliy  g‘ururni  shakllantiruvchi  tadbirlarni  his-tuyg‘ularning  qudratli 

katalizatori  kabi  loyihalashtirish  kerak.  Ma’lumki,  hayajonga  tushgan  kishi 

nihoyatda  ta’sirchan  bo‘ladi.  Har  bir  tarbiyaviy-tadbir  ishda  tarbiyalanuvchiga 

yaqin, hamohang bo‘lgan jihatlarni topish va unda ijobiy xislatlarni rivojlantirish, 

mustahkam  hayot  tarzini  shakllantirish,  tarbiyaviy-tadbir  ishlar  madaniyatini 

oshirishning  muhim  yo‘llaridan  biri  bo‘lib,  o‘rab  turgan  dunyo  haqiqatini  to‘g‘ri 

tushunishga yordam beradigan qilib yetkazish kerak.        



 

41 


Tadbir ishlarini rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan keyin 

boshlanadi  va  undan  faqat  nazariy  jihatdan  farqlanadi,  ammo  amaliy  jihatdan  bu 

ajralmas jarayondir.  

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni 

shakllantirish,  bolalar  shuuriga  milliy  istilol  g‘oyasi  asosida  milliy  g‘urur 

tushunchasini  singdirish  hozirgi  davrning  muhim  va  zaruriy  talablaridan  biri 

hisoblanadi.  Bu  siyosiy-pedagogik,  ma’naviy-mafkuraviy  vazifani  amalga 

oshirishda tarbiyachilarning pedagogik mahorati asosiy o‘rinni egallaydi.  

Tarbiyachilar  bu  ishlarni  mashg‘ulot  jarayonida  va  mashg‘ulotdan  tashqari  

tarbiyaviy  tadbirlar  orqali  amalga  oshiradilar.  Shuning  uchun  ular  maktabgacha 

ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilar  ruhiga  milliy  g‘ururni  singdirilish 

ijodkoridirlar.  Bunda,  albatta,  pedagog  ijodkorligi,  avvalo,  o‘z  burchlari  va 

mas’uliyatini his etishlari kerak. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni 

shakllantirish maqsadida turli ma’naviy – tadbirlar  yaxshi natija beradi.  

Milliy tuyg‘uni takomillashtirish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga rahbarlik 

hamda  nazorat  to‘g‘ri  tashkil  qilinsa  va  yo‘naltirilsa,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari tarbiyalanuvchilari faoliyati adolatli baholansa va rag‘batlantirilsa, bu 

borada yaxshi natijalarga erishish mumkin. 

Burch  tushunchasi  har  bir  inson  unga  tegishli  vazifalarni  bekamu-ko‘st 

bajarishni, sodiqlikni, shu jarayonda boshqalar bilan to‘g‘ri va halol munosabatda 

bo‘lishni  anglatadi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida    faoliyat  ko‘rsatuvchi 

pedagoglar  burchi,  birinchidan,  mashg‘ulot  jarayonida  bolalarga  chuqur  bilim 

berish,  ikkinchidan,  bolalar  bilimini  baholashda  ularni    rag‘batlantirish  yoxud 

tanbeh  berishda  adolatli  bo‘lish,  uchinchidan,  mashg‘ulot  va  tadbirlar  davomida 

tarbiyalanuvchilarni milliy tarbiya an’analariga asoslangan holda tarbiyalash, ular 

ongiga  milliy  istiqlol  g‘oyasini,  milliy  ahloq-odobni,  vatanparvarlik, 

insonparvarlik, mehr-muruvvat aqidalarini singdirish va nihoyat milliy tuyg‘ularni 

shakllantirish va takomillashtirishdan iboratdir. 



 

42 


Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchida  mardlik,  do‘stlik, 

vatanparvarlik,  milliy  tuyg‘ularni  o‘stirish,  „Ertaklar  olamiga  sayohat"  kechasini 

o‘tkazish,  ularning  adabiyot,  san’atga  qiziqishlarini  orttirish,  milliy-estetik 

didlarini o‘stirish, shuningdek, hikmatli so‘zlar bilan tanishtirish maqsadida „Dono 

bobo davrasida" kechasini o‘tkazish kutilgan natijani beradi. 

Maktabgacha  talim  muassasalarida  bahor  faslida  „Navro‘z"  bayrami, 

„Sumalak"  sayillarini  o‘tkazish  va  ulardagi  ota-bobolarimizdan  meros  bo‘lib 

kelayotgan  milliy  kurash,  laparlar,  turli  milliy  o‘yinlaru  qizlarning  tol  popuklar 

taqib  yurishlari,  Navro‘z  taomlarini  ulashishlari  bilan  bu  yerdagi  bolalarni  o‘z 

millatiga,  xalqiga,  urf-odatlariga,  milliy  merosiga  mexr-muhabbat  uyg‘otishda 

yaxshi samara beradi. 

Tarbiyachi-pedagoglar  sharqona  ta’lim-tarbiya  yo‘llarini,  ahloq-odob 

mezonlarini, mumtoz pedagoglar merosini, xalq pedagogikasi an’analarini chuqur 

o‘rganishlarida  ularni  tarbiyaviy  -  tadbirlar  jarayonida  tatbiq  etish-lari  maqsadga 

muvofiqdir. 

Biz tadqiqot davomida yuqoridagi vositalardan keng foydalangan holda turli 

tadbirlar o‘tkazdik.  

Masalan,  “Bilimlar  yurtiga  sayohat”.  Bu  tadbirning  maqsadi  maktabgacha 

ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni  shakllantirish,  vatan 

tuyg‘usi,  vatanparvarlik  hislari,  buyuk  siymolar,  mustaqillik  g‘oyasi  hamda  o‘z 

o‘lkasi,  hududi  va  xalqiga  mehr,  sadoqat  tushunchalarini  tarkib  toptirish  va 

rivojlantirishdan iborat. 

Shu  tadbirlar  bolalar  ruhiga  samarali  va  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatish  qudratiga 

ega.  Ular  o‘smirlarda  milliy  tuyg‘uni  shakllantirish  va  tarbiyalashga  yordam 

beradi.  Va  ayni  chog‘da,  o‘sha  pedagogik-tadbirlar  natijasida  hosil  bo‘ladigan 

fikrlar majmuasi milliy tuyg‘ularni tarbiyalash mazmunini belgilaydi. 

Bunda pedagoglar quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: 

a) 


suhbat; 

b) 


savol-javob daqiqalari; 

v) 


sayohatlar uyushtirish


 

43 


г) 

turli xil kechalar; 

d) 

uchrashuv kechalari; 



Tarbiyaviy  tadbirlar  –turli  xil  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarga  javob 

beruvchi,  tarbiyaviy  maqsadlarning  yagona  majmuasiga  bo‘ysundirilgan,  bir-biri 

bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy 

ta’sir majmuidir. 

Ta’limda  jarayonida  alohida  mashg‘ulotlardan  tashkil  topgani  kabi 

tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar 

–tarbiya ishlarining bir bo‘lagidir.   

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari  milliy  tuyg‘uni 

anglashining  ahamiyati  katta.  Milliy  tuyg‘u  tushunchasini  anglashning    tiklanishi 

esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-

ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.       

Shuning  uchun  ham  milliy  o‘zlikni  tiklash  masalasi  O‘zbekiston 

Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishishdan keyin mamlakatimiz oldida turgan eng 

asosiy vazifalardan biri sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.  




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish