Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf – odatlar va ananalar asosida mexr shafqat hislarini tarbiyalash



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana03.04.2021
Hajmi0,69 Mb.
#62674
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish

I bob yuzasidan xulosa: 

  Bitiruv  malakaviy  ishimizning  I  bobi    “Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda 

milliy  tuyg’ularni  shakllantirishning  nazariy  pedagogik  asoslari”  deb  nomlanib, 

unda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirish  pedagogik 

muammo sifatida, milli tuyg‘ularning maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi 

ahamiyati,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirish 

mavjud holati keng yoritilgan. 

 

 



 

II. БОБ.   MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI 

TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI 

SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VOSITALARI VA SHAKLLARI 

 

2.1.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy 

tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari. 

 

Bugungi  kunda  barcha  sohalar  singari  ta’lim  tizimi  oldiga  qo‘yilgan  bosh 

maqsad  kelajak  avlodni  ulg‘ayayotgan  farzandlarimizni  insonparvarlik, 

vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashdir. Shu asnoda o‘sib kelayotgan 

avlodni boy va betakror tariximiz milliy an’analarimiz o‘gitlari asosida tarbiyalash 

bugungi  kun  talabidir.  Farzand  ulg‘aya  borar  ekan  ijtimoiy  hayot  ijtimoiy 

munosabatlar  atrofdagi  hodisalarga  o‘z  nuqtai  nazari  bilan  moslasha  boradi. 



 

24 


Bolada  bu  jarayonning  kechishi  shaxsni  o‘rab  turgan  muhitning,  jamoaning, 

oilasining  qaydarajada  milliy  va  dunyoviy  munosabatlarga  munosabati  asosida 

vujudga  keladi  va  shu  osnoda  jamiyatni  borliqni,  unda  shakllangan  ong  dunyo 

qarash orqali idrok qiladi. 

Bir  qaraganda  bu  jarayon-ijtimoiy  muhit  ko‘rinishida  sodda  ko‘rinsada, 

xalkaro miqyosida, turli davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak har xil ko‘rinishga 

ega  bo‘lgan  etnik  tarbiya  vujudga  kelayotganini  ko‘rasiz.  Shu  o‘rinda  bizning 

yurtimiz  tarixiy  madaniyati-ma’naviyati,  milliy  an’nalari  va  qadriyatlari  bilan 

o‘zbek xalqining qalbiga tushirilgan ming asrlik tarixini namoyon etib kelmokda.  

Xalqimizning  ko‘p  asrlik  an’analari,  qadriyatlari,  mif,  afsona  va 

dostonlarida,  bizning  milliyligimizni  aks  ettiruvchi,  muqaddas  xilqatlar 

ko‘rinishida asrdan asrga o‘tib xalqimiz hayotida o‘z qimmatini saqlab kelmokda. 

O‘zbek xalqining milliy g‘urur umuminsoniy qadriyatlar katta bir jarayoni tashkil 

etadi.  Bizning  milliy  xususiyatlarimiz  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  bog‘lanib 

ketgan.  Asrlar  davomida  xalqimiz  umumbasharish,  umuminsoniy  qadriyatlar 

takomilligi  ulkan  hissa  qo‘shgan  turli  millat  vakillariga  hurmat,  ular  bilan 

bahamjihat  yashash,  diniy  bag‘ri  kenglik,  dunyoviy  bilimlarga  intilish  o‘zga 

xalqlarning  ilg‘or  tajribalari  va  madaniyatini  o‘rganish  kabi  xususiyatlar  ham 

xalqimizda azaldan mujassamdir. 

Xuddi  shunday  milliy  tabiatimizga  xos  bo‘lgan  mehr  oqibat,  muruvvat, 

andisha,  or  nomus,  sharmu  hayo,  ibo iffat,  betakror  fazilatlar  va  xalkimizni  ko‘p 

jihatdan  ajratib  turadigan  bag‘ri  kenglik,  mehmon  do‘stlik  oq  ko‘ngillik 

xususiyatlari ham xalkimiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni 

komil  inson  qilib  tarbiyalashda  ushbu  masalalarni  tarbiya  mazmunining  bosh 

g‘oyalaridan biri qilib quyish lozimdir. 

Shu bilan  birga diniy  qadriyatlarimiz  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. Biz 

xammamiz.  “Alxamdullox,  musirmon”,  deb  e’tiqodimizni  e’tirof  etamiz.  Olloh 

barchamizning  qalbimizda,  yuragimizda,  yaratganni  doim  yod  etamiz,  undan 

madad so‘raymiz, binobarin islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib 

ketgani.  Bu  -  inkor  etib  bulmaydigan  hakikat.  Shunday  ekan  farzandlarimizni 




 

25 


muqaddas  dinimizning  mohiyati,  uning  insonparvarlik  g‘oyalari,  dinga  sog‘lom 

munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu 

tariqa  farzandlar  tarbiyasidagi  birinchi  maqsadimiz  bu  xalqimizning  qadimiy  va 

boy  tariximiz,  yuksak  madaniyatimiz  va  urf  -odat,  qadriyatlarimizga  asosan 

mintolitetimiz  asosida  hayotga  moslashishi,  komil  inson  tarbiyasidagi  buyuk 

maqsaddir.  Bu  insonga  ibratli  xulosalar  beribgina  qolmasdan,  ba’zan  achchiq 

saboqlarni  ham  tan  olishga  undaydi.  Ushbu  qadriyatlar  milliy  xususiyatlarni 

o‘zlashtirishi tavsiya etish mumkin:  

-  xalqimiz  hayotida  qadim  qadimdan  jamoa  bo‘lib  yashash  ruhining 

ustunligi; 

-  jamoa  timsoli  bo‘lgan  oila,  mahalla,  el  yurt  tushunchalarning 

muqaddasligi; 

- ota- ona, mahalla -kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor; 

- millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat

- kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat; 

- sabr - bardosh va mexnatsevarlik

- halollik, mehr oqibat. 

Kabi  masalalar  ta’limning  mazmuni  bo‘lishi  davr  talabidir.  Bugun  biz 

ko‘pdan  ko‘p  masalalar  ustida  bosh  qotirayapmiz.  Jamiyatimiz  rivoji  uchun  o‘z 

hissamizni  boricha  qo‘shishga  harakat  qilmokdamiz.  Bularning  hammasi  kelajak 

avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun. Albatta, shu o‘rinda ulg‘ayayotgan to‘la 

qonliga qabul qilishga tayyorlashimiz ham kerakdir. 

O‘zbek  xalqi  o‘ziga  xos  milliy  urf-odat,  an’analari,  jasur,  qahramon 

farzandlari,  ilm-fan  va  san’at,  davlat  va  jamoa  buyuk  namoyondalari,  ona-Vatani 

bilan fahrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, 

fidoyilik,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  g‘urur 

tuyg‘usining  shakllanishi  va  barkaror  bo‘lishiga  xizmat  qilishi  tabiiydir.  Shu 

sababli  ham  milliy  g‘urur  ramzi  bo‘lgan  millat,  xalqning  o‘zligini  anglashi, 

o‘zining  milliy  qadriyatlari,  urf-odatlarini  unutmasdan,  ularni  tiklab,  avaylab, 

boyitib  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodga  yetkazish  lozim.  Maktabgacha  ta’lim 




 

26 


muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat 

qiladigan  boy  ma’naviy  merosga  egamizki,  bu  meros  yoshlarda  milliy  g‘urur 

tuyg‘usini shakllantirish uchun muhim didaktik vosita bo‘lib hizmat qiladi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  buyuk  siymolar, 

ertaklar,  dostonlar,  afsonalar,  hadislar,  maxsus  risolalar,  bukletlar  tarzida  taqdim 

etish  maqsadga  muvofiqdir.  Tarixga  nazar  solar  ekanmiz,  xalk  baxt-saodati, 

tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini bahshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan 

qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ramiz,  u  bilan  faxrlanamiz.  Masalan,  Jaloliddin 

Manguberdi  ona  Vatan,  xalk  dahlsizligi  uchun  qayg‘urdi.  Uning  ana  shunday 

ma’naviy barkamol, yorqin jasoratli qiyofasi asrlar osha avlodlar qalbida saqlanib 

qoldi.  Jaloliddin  Manguberdi  -  vatanparvarlikning  jonli  timsoli  bo‘ldi.  U  o‘z 

yuragidagi  Vatanga  bo‘lgan  otashin  muhabbatdan  kuch  olib,  dushmanga  dahshat 

soladi. U o‘n yildan ortiq olov ichida ot suradi, Sind daryosining ajal ufurib turgan 

domidan  tirik  chiqib  ketadi.  Dushman  1231  yilda  Jaloliddinni  g‘aflatda  qoldirib, 

yelkasiga  nayza  sanchadi.  Uning  ko‘zi  Jaloliddin  belidagi  sanochga  tushadi.  U 

Jaloliddinnning  belidan  tikmachoq  xaltani  oladi,  bag‘riga  bosib,  bir  dunyo 

boylikka  ega  bo‘ldim,  deb  sevinadi.  Ammo  bu  boylik  Jaloliddin  asrab  yurgani 

Xorazmning bir siqim tuprog‘i edi. 

Shunday yetuk sarkardalardan biri Sohibqiron Amir Temur (1335-1405) bir 

umr  haqiqat  uchun  kurashdi,  uning  shiori  ham  "Rusti-rosti"  -  "kuch  adolatda" 

degan ma’noda edi. Shuning uchun ham uning adolat qilichi bir umr sinmay, doim 

zafar keltirdi. U ona Vatanni mo‘g‘ul bosqinchilaridan halos etdi. 

 Amir Temurning o‘z ona xalqi oldidagi birinchi eng buyuk, eng muqaddas 

va  olamshumul  xizmati  mo‘g‘ul  istilochilari  zulmidan  vatanni  ozod  etishi bo‘ldi. 

Ikkinchi ulug‘ xizmati - ulkan davlatni tuzishdir.  

"Millatning  dardlariga  darmon  bo‘lmoq  vazifangizdir!",  Amir  Temurning 

xalqqa  bo‘lgan  muhabbatini  ana  shu  otashin  va  ezgu  so‘zlaridan  ham  bilish 

mumkin. 


Sohibqiron  har  qachon  qayerda  va  qanday  vaziyatda  bo‘lmasin  xalkning 

dardlariga darmon bo‘lishni eng oliy maqsad deb biladi. U o‘z xalqini sevgan va 




 

27 


ona  Vataniga  sadoqatli  odamlarni  izzat-  hurmatda  tutgan,  hatto  bu  mavzudagi 

vokea-hodisalarni  faxr  bilan  so‘zlab,  ko‘plarga  ibratmatal  tarzida  o‘qtirgan,  o‘zi 

esa bunga qatiy amal qilgan.  

Sohibqiron  davlatni  boshqarishda  o‘z  atrofiga  halol,  diyonatli,  ishning 

ko‘zini biladigan odamlarni tanlab, haq yo‘lini tayin etib qo‘yadiki, xatto o‘zi ham 

davlat ishlarida biror xato-kamchilikka yo‘l qo‘ysa, ogohlantirishlarini aytadi. 

Amir  Temur  bobomiz  buyuk  imoratlar  barpo  etadi  va  ularni  ulkan  bog‘u 

rog‘lar  bilan  o‘raydi,  shahar  va  qishloqlarni  tiklaydi,  suv  inshootlari  barpo  etadi. 

Musulmon  me’morchiligidagi  eng  yaxshi  an’analar  Amir  Temur  davrida  gullab-

yashnaydi  va  mangu  umr  topadi.  Amir  Temur  mamlakat  obodonchiligiga  shu 

qadar alohida e’tibor beradiki, u Shahrisabzni ham obod qiladi. Oqsaroy, Dor ut-

saodat,  Dor  ut-tilovat,  Gumbazi  Sayidon  kabi  mahobatli  qasrlar  va  maqbaralar 

quriladi.  Masjid,  Madrasa,  karvonsaroy  va  hammom  kabi  jamoat  binolari  barpo 

etiladi.  Amir  Temur  nafaqat  Movarounnahr  va  Turkiston,  balki  boshqa 

mamlakatlarda  ham  qal’alar  (Afg‘oniston),  qasrlar,  shaharlar  va  nahrlar  (Eron, 

Ozarbayjon, Afg‘oniston) qurdiradi. Amir Temur ihlos- e’tiqod bilan Turkistonda 

Ahmad  Yassaviyga  maqbara  qurdiradi.  Toshkent  viloyatidagi  Zangiota  maqbara-

xilxonasini  ta’mirlab,  go‘zal  va  fasoxatlix,  olg‘a  keltiradi.  Amir  Temur  dildagi 

go‘zallik  va  yuksaklikka  bo‘lgan  muhabbat  uning  ona  Vatani  va  xalqiga  bo‘lgan 

buyuk sevgisi, sadoqati va adolatidan tug‘iladi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  g‘urur  va 

vatanparvarlik tuyg‘ulari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi.  

Lekin ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va 

Vatanni  ulug‘lovchi  she’r,  xikoya  va  ertaklarni  bilishad-yu,  milliylikning 

mohiyatini  yaxshi  anglashmaydi.  Bu  tuyg‘ularni  tarbiyalash  yaxshi  yo‘lga 

qo‘yilmaganligi tadqiqot jarayonida aniqlandi. 

Demak, Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur 

va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun: 

- milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim muassasalari 

tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish; 




 

28 


-  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish; 

-  umuminsoniy  qadriyatlarimizni  va  milliy  merosimizga  oid  ma’naviy  va 

ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarur. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  g‘urur 

tuyg‘usini o‘stirishga qaratilmagan.  

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni 

shakllantirish  uchun  bu  jarayonning  samaradorligini  ta’minlovchi  pedagogik-

psixologik omillarni aniqlab olish taqozo etiladi.  


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish