muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ko’makka muhtoj oilalarga moddiy yordamberishda asosan o’zini o’zi boshqarishning noyob tuzilmasi
bo’lmish mahalla instituti imkoniyatlaridan foydalanish o’zini to’la oqlaydi.
Bu davrda amalga oshirgan ishlarimiz qatorida mamlakatimizning
mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi
va xavfsizligini ta’minlashda Qurolli Kuchlarimizning shakllantirilishi g’oyat muhim ahamiyat kassb etadi.
O’z-o’zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni
modernizasiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni xal etishga qodir
bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yurtimizda o’z Vatanining
taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun ma’suliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyojni,
qondirish vazifasi biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq o’ta muhim va hal qiluvchi masalaga aylangan edi.
Birinchi Prizentimiz Islom Karimov «Barcha masalalarni hal etish uchun siyosiy sistemani isloh qilish zarur», degan masalani
o’rtaga qo’ydi. Ana shunday g’oyalar va islohotlarga tayyorgarlik konsepsiyasi mustamlakachilikdan ozod bo’lish, mustaqillikka
erishish g’oyalari bilan ulanib ketdi. 1990-yil 24—31-mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy
Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning tazyiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi
bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida» qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda
yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov
nutq so’zlab o’zining asosiy vazifalari deb quyidagilarni ko’rsatadi: 1. O’zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va
yanada takomillashtirish, uni yangi hayotiy mazmun bilan boyitish. 2. Respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o’zini o’zi idora qilishga
va o’zini o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishini ta’minlash. 3. Mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish,
odamlarning talab-ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez suratlar bilan rivojlantirish. 4. Xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonning
axloqiy va jismoniy takomili. 5. Demokratiyani, huquqqa asoslangan davlat qurilishini rivojlantirish, tartib va intizomni mustahkamlash
va respublikaning milliy-ijtimoiy taraqqiyoti yo’lida barcha sog’lom kuchlarni birlashtirish. Hali SSSR va markaziy hokimiyat mavjud
bo’lgan sharoitda O’zbekistonda o’z Prezidentining saylanishi muhim voqea, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana
bir dadil qadam bo’ldi. Vaholanki, sobiq Ittifoqda o’n kun oldin M.S. Gorbachev prezident etib saylangan, SSSR tarkibiga kiruvchi
bironta respublikada prezidentlik lavozimi joriy etilmagan edi. O’zbekistonda prezidentlik joriy etilishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |