Chidamlilik va uni rivojlantirish
Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomida charchoqka qarshilik ko’rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Jismoniy mehnat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi sekin asta o’z faoliyatini davom ettirishi qiiynlashayotganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o’zgaradi, muskullarida xorg’inilik sezadi,harakat koordinasiyasi,harakat texnikasi tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o’zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qo’shimcha keraksiz harakatlar paydo bo’ladi, qo’shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexaniq o’zgarishlar sabab bo’ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruxiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni qon pensasiyali charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi pasaya borsa, qon pensasiyasiz charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o’zi nima? Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi charchoq deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo’lishi amaliyotda isbotlangan. Chunki,Har bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.
Jismoniy tarbiya amaliyotida aqliy, jismoniy, emosional, sensor charchoqlarni farqlashimizga to’g’ri kelmoqda.
Chidamlilik vositalar va vositalarsiz o’lchanadi. Chidamlilikni vositali o’lchash uchun ma’lum tezlik bilan yugurish tavsiya qilinadi, hamda o’sha intensivlikni bo’shashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi boshlangunga qadar) hisoblanadi. Shuning uchun to’g’ridan-to’g’ri chidamlilikni o’lchash juda noqulay. Ko’proq vositasiz o’lchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga qarab chidamlilikga baho beriladi.
Kishiningharakat faoliyati turlichadir. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab maxsus va umumiy chidamlilik farqlanadi. Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mehnat faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqahayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim bo’lgan chidamlilikni umumiy chidamlilik deyiladi. Bokschining maxsus chidamliligi, futbolchining umumiy chidamliligi degan iboralardan amaliyotda foydalanilmoqda.
Yugurish, suzish, chang’ida yurish, qayiq xaydash kabi sport turlarida deyarli barcha muskullarharakat faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun charchoq ayrim muskullar guruhidahamda organizmning barcha muskullarida bo’lishi chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl jihatdan bir xil bo’lgan mashqlarni turli intensivlikda bajarish imqon ini yaratadi. Bunda chidamlilikham turlicha namoyon bo’ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha bo’ladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funksional imqon iyatlari, bir tomondan, lozim bo’lganharakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga bog’liq bo’lsa, boshqa tomondan, organizmning aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imqon iyatlariga bog’liq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ularharakatni tashqi formasigaham aytarli bog’liq bo’lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o’zini aerob imqon iyatlarining darajasini oshirgan shug’ullanuvchi boshqaharakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish mashqlarni bajarishdaham o’zining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagiharakatlarning koordinasiyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi ko’phollarda turlicha. Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi. Ya’ni “ko’chish” yo’q. Yugurish tezligi yurish tezligini o’zgarishiga ta’sir ko’rsatmagan. Lekin uzun masofadagi shug’ullanganlik bir vaqtni o’zida yurish bilan yugurishda biri-biriga «ko’chishi» mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M. Zasiorskiy va boshqalar). Demak, koordinasiyaviy biribiriga yaqin bo’lganharakatlarni bajarishda sportchi organizmining vegetativ sistemasini funksional imqon iyatini e’tiborga olsak umumlashtirilganholat, shartli aytilganda, “vegetativ” shug’ulaganlik chidamlilikning “ko’chi-shi” (o’tish)ga qulay imqon iyat ochiladi. Lekinhar birholatda ko’chish ro’y bermasligi organizmning energiyasi imqon iyat-lariga, harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga talab qo’ymay, harakat malakalarining o’zaro muvofiqlashuvi xarakterigaham bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |