Mavzu: Hasharotlar haqida umumiy tushuncha. Reja: Hashoratlar haqida ma`lumot Hashoratlarning rivojlanish davri


Hashoratlarning rivojlanish davri



Download 45,55 Kb.
bet4/8
Sana15.04.2022
Hajmi45,55 Kb.
#554203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi Hashoratlarning rivojlanish davri

Hashoratlarning rivojlanish davri
Hashoratlarning hayoti uchun yorug’lik ekologik faktor sifatida muhim rol o’ynaydi. Ushbu kitobning biologiya qismida yorug’lik faktorihashorat turning yillik hayoti sikliga tasir ko’rib o’tilgan edi. Yorug’ kunnung uzunligi (fotoperiodik reraksiya) ko’pgina turga oid hashoratlarning qishga tayyorlanishiga,diapauza holatga kirishiga, bo’g’inining uzun-qisqa bo’lishiga ta’sir etadigan juda muxim factor hisoblanadi. Fotoperiodik reaksiya hashoratning rivojlanish fazosi va yoshiga bog’liq ekanligini A.S.Danilevskiy (1961 y) aniqlagan.
Hashoratlarning ko’payishi tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi. Masalan, ba’zi o’simlik bitlarining jinsiy maxsuloti yorug’lik yetarli bo’lgan tezroq rivojlanadi: tungi kapalaklarning ko’pi faqat yetarli darajada qorong’ilik bo’lgandagina tuxum qo’yadi. Hasharotlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi ham ta’sir etadi.Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligiga 15 soatdan bo’lgandan o’tsa, bunday qurtlardanpaydo bo’lgan g’umbaklar diapauza holatiga o’tadi, yani ularning rivojlanishi to’xtaydi va yetuk hashoratga aylanishi kechikadi. Yorug’lik spektral tarkibining eng aktiv qismi qisqa to’lqinli soha hisoblanadi.
` Hashoratlarning tarqalishiga va ko’payishiga shamol tezligi katta ta’sir etadi, ayniqsa qanotli mayday hashoratlarning (o’simlik bitlari, mayday kapalaklar va boshqalar) tarqalishiga, hid chiqaruvchi hashoratlarning erkak urg’ochilarini topishiga yordam beradi.
Meteorologik faktorlar hashoratlarning ko’payish tezligiga ta’sir etish bilan birga ular hayot faoliyatining boshqaq tamonlariga: harakatchanligiga, hayotiy chidamligiga va hatto tashqi ko’rinishiga ham ta’sir etadi.Tropik mamlakatlardagi hashoratlarning rangdor va yirik bo’lishi yuqori haroratli va yorug’lik ta’siri natijasidir.

GIDRO-EDAFIK FAKTORLAR.
Ko’pgina qanotli hasharotlarningtuxumlik va g’umbaklik hamda ko’pincha lichinkalik davri suvda va tuproqda o’tadi. Bulardan tashqari ko’pchilik lichinkalik birlamchi qanotsiz hashoratlar va qisman qanotlilarning hamma rivojlanish fazalari tuproqda o’tadi. Umuman,90% dan ortiq hashorat turlarining yashashi suv yoki tuproq bilan bog’liq. Suv havzalari va tuproq biosfera, yani yer qobig’ining asosiy tarkibi bo’lib, unda hamma organic hayot to’planadi. Bu ikki hayot muxiti tirik moddalar bilan to’yingan va ularning hosil bo’lishida hashoratlar muhim rol o’ynaydi. Tirik jonlar suvda va tuproqda yashabgina qolmay, o’lganidan keyin, ularning o’lik organic materyasini tashkil qiladi. Demak, bu muhit doimo biogenic mahsulotlar bilan boyib turadi.
Hashoratlar hayotida chuchuk suv havzalari, daryo, ko’l va boshqalar muhim rol o’ynaydi.Dengiz havzalarining ahamiyati katta emas.
Ko’pchilik hashorat turlari hayotining ma’lum davr rivojlanishi. Masalan,kunlilar, ninachilar, bahorikorlar, buloqchilar, chivinlar va boshqa turkumlar lichinkalarining hayoti suv bilan bog’liq. Ba’zi bir hashorat turlari hayoti doimo suv bilan. Masalan, qo’ng’izlarda suzgichlar oilasi va ba’zi bir qandalalar oilasi.
Suv muhitida hayot sharoiti asosan uning harorati, ximizmi, oksigen va oziqa miqdori bilan aniqlanadi. Hashoratlar tez oqadigan – reofillar va sekin oqadigan-limnofillar bo’ladi. Lekin bir tur vakillari ham sekin oqadigan ham tez oqadigan suv muhitida yashashi, asosan lichinkalarning uya tuzilishiga bog’liq. Buloqchi turkimining vakillari bunga misol bo’la oladi. Suv muhiti, odam hamda uy hayvonlarining dushmanlari: bezgak chivini, mayda chivinlar, eshakqurtlar va boshqalar yashaydigan muhit bo’lib hisoblanadi.Suv muhiti hashoratlar hayotida va biosferada modda aylanishida muhim ro’l o’ynashi bilan birga hashoratlar orqali biologik hunarmandchilik produksiyasini hosil qiladi va qon so’ruvchi hamda kasallik tarqatuvchi zararkunanda hashoratlarning man’bai bo’lishi mumkin.
Ko’p tur hashoratlar hayotning normal kechishi tuproq sharoitiga ham bog’liq. Tuproq yashash muhiti har xil bo’lib suv bilan havo oralig’ini egallaydi. Akademik M.S. Gliyarov fikricha tarixiy evolyutsion taraqqiyotda suvda yashaydigan hayvonlarning havoda yashovchi formalariga o’tishida tuproq “ko’prik” vazifasini bajaradi.
Hayvonlar bilan birgalikda Hasharotlar uchun tuproqning ahamiyati katta, tuproq ularning yurushi uchun substrat vazifasini bajaradi. Tuproq faunasida tirik jonivorlar va Hasharotlarning joylashish miqdori va shakli turlicha; geobiontlar – tuproqda doim yashovchilar ularga ko’pchilk birlamchi qanotsilarlar kenja sinfining vakillari kiradi : geofillar – tuproqda faqat biror bir rivojlanish fazasida yashovchilar bularga chigirtkasimonlar, tripslar, ko’pchilik qo’ng’izlar (qoratanlilar, qirsildoq qo’ng’izlar), tunlam kapalaklari va boshqalar kiradigeoksenlar – vaqtinchalik tuproqda yashovchilar, bularga suvaraksimonlar, qandalalar va qattiqqanotlilar turkumining ko’pgina vakillari kiradi.
Bulardan tashqari tuproqda yashovchi hasharotlar aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Aktiv guruhga kiruvchilar tuproqda aktiv harakatlanadi va oziqlanadi. Ya’ni tuproqda modda almashinuvini tezlashtiradi: bularga lichiunka yoki oziqlanuvchi imago fazasida tuproqda yashovchi qirsildoq qo’ng’izlar, qoratanli, yaproqcha mo’ylovli qo’ng’izlar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar tuproqda harakatlanmaydi va oziqlanmaydi, tuxumlik, g’umbaklik hamda diapauza davridagi imago fazalari tuproqda bo’ladi. Masalan, chigirtkasimonlar va boshqa ko’pgina to’g’ri qanotlilar tuxumini tuproqqa qo’yadi. Ko’pchilik hasharotlar tuproqda g’umbakka aylanadi va qishlaydi.
Tuproqda yashovchi hasharotlar hayoti uchun tuproqning fizik va kimyoviy xususiyati muhim rol o’ynaydi. Fizikaviy xususiyatlaridan ayniqsa tuproqning mexanik tarkibi. Strukturasi zichligi, namligi, harorati va aeratsiya katta ahamiyatga ega.
Ba’zi hasharotlar, masalan marmar may qo’ng’izi, chumolisherlar lichinkalari va boshqalar qumloq joyni yoqtiradi. Ba’zilari masalan tok fillokserasi, aksincha yoqtirmaydi. Turli tuproq strukturasi va zichligiga ham hasharotlar turlicha moslashgan bo’ladi. Misol , iyun tilla qo’ng’izi go’ng ko’ngizlar, dala uzunmo’ylovlisi qo’ng’izlari, ba’zi chigirtkalar taqir,zich tuproqni, qora tanli qo’ng’izlarning lichinkalari esa haydalgan yumshoq tuproqni xush ko’radi. Shunga o’xshash tuproq namligi harorati, aeratsiayasi tuproqdagi foydali va zararli Hasharotlar miqdoriga va ularning tarkibiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Demak tuproqqa ta’sir etish orqali, ya’ni agrotexnikani to’g’ri qo’yish orqalituproqdagi foydali va zararli hasharotlar miqdoriga, tuproq tarkibiga umuman tuproq hasharotlar faunasiga katta ta’sir etishi mumkin.
Tuproqning kimyoviy tarkibi ham muhim rol o’ynaydi, ba’zi hasharotlar neytral tuproqni, bazi hasharotlar sho’rhoq tuproqni yoqtiradi. Bundan tashqari, tuproqdagi organik moddalr miqdori hasharotlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunki organik moddalar ko’pchilik hasharotlarning oziq ratsionini tashkil etadi.
Tuproqda yashovchi hasharotlar boshqa tuproqda yashovchi umurtqasiz hayvontlar bilan birgalikda tuproq hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Chumoli va termitlar erda uya qazib, chuqurlikdagi unumsiz tuproqn er betiga chiqaradi va er yuzidagi ko’p organik moddalarni inlariga olib kiradi. O’tkazilgan maxsus kuzatuvlarga ko’ra chumolilar bir gektar erda yil davomida 72.2 tonna tuproqni o’rnidan qo’zg’atar ekan. Hasharotlar tuproqdagi o’simlik va hayvon qoldiqlarini chiritishda ham katta ahamiyatga ega. Hasharotlar har yili tuproqda to’planadigan o’simlik qoldiqlari (barg poya barg)ni chiritib ularni oddiy oziq moddalarga aylantiradi.


Download 45,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish