O’zlashtirma gap «Har soatni og’animot bil»,-dedi Sakson ota. (O.) Bu ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilsa, undagi ikki sodda gap ( Sen har soatni g’animat bil. Sakson ota dedi) bir sodda gapga, ko’chirma gap esa birikmali to’ldiruvchiga aylanadi. Sakson ota har soatni g’animat bilish kerakligini aytdi. Ergashgan ko’chma gap ko’chirma gap shaklida berilsa, ko’pincha ergash gap (shart, ravish, to’siqsiz, payt, o’xshatish gaplar) o’zgarmay, bosh gap o’zlashtirma gap shaklini oladi. Shunday bo’lsa ham, qo’shma gapning mazmuni o’zlashtirib berilgan bo’ladi. «Hamma ko’saklar pishib bersa, ishimiz yirik Mabodo kuz yomonlik qilsa, ishimizning beliga tepadi», dedi u. (O) Bu misolning o’zlashtirma gap shakli. U hamma ko’saklar pishib bersa, ish yirik bo’lishini, mabodo kuz yomonlik qilsa, ishning beliga tepishini aytdi
Do'stlaringiz bilan baham: |