Dasrning turi: an`anaviy masalalar yechish.
Darsning usuli: masalalar yechish.. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni.
1. 5,6 g C va S aralashmasi mo‘l miqdor kislorodda yondirilganda 6,72 l (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi uglerodning massa ulushini toping.
2. Azot bilan uglerod (II)-oksidining aralashmasida hajm jihatdan 50% uglerod (II)-oksid bor. Aralashma ekvivalent miqdordagi kislorod bilan yondirildi. Natijada hosil bo‘lgan gazlar aralashmasidagi uglerod (IV)-oksidining foiz miqdori qancha bo‘ladi?
3. 5 g ohaktosh kuydirilganda 2 g karbonat angidrid hosil bo‘ldi. Kalsiy karbonatning hammasi parchalanganligini inobatga olib, shu ohaktosh tarkibida necha foiz CO2 hosil qilmaydigan qo‘shimchalar borligini hisoblab toping.
4. 0,9 mol kalsiy karbonatga 8% li (p=1,04 g/ml) 540 ml hlorid kislota eritmasi ta’sir ettirildi. Reaksiya natijasida n.sh.da o‘lchangan qancha hajm karbonat angidrid ajralib chiqadi?
Yangi mavzuni mustahkamlash
1,2 t uglerod yonganda hosil bo‘lgan CO2 hajmini (m3) aniqlang.
10 g CO va CO2 aralashmasi yondirilganda 13,2 g CO2 hosil bo‘ladi. Aralashmada necha foiz karbonat angidirid bo‘lgan?
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini yozing.
CCOCO2K2CO3KHCO3K2CO3CO2CO
1,6 kg CuO dan misni to‘la qaytarib olish uchun qancha miqdor uglerod yoki n.sh.da o‘lchangan qancha hajm CO kerakligini hisoblab toping.
400 kg ohakli suv eritmasini to‘la loyqalantirish uchun 2,24 l karbonat angidridi sarflandi. Ohakli suv tarkibidagi Ca(OH)2 ning massa ulushini toping.
112 g KOH tutgan 1000 g eritma orqali 22,4 l CO2 gazi o‘tkazildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning massa ulushini hisoblang.
7. 240 g uglerod mo‘l miqdor ohak bilan qo‘shib qizdirilganda hosil bo‘lgan gazning hajmi va qattiq moddaning formulasini toping.
8.Azot va karbonat angidrid aralashmasidan azotni ajratib olish yo‘lini taklif eting.
9.Odam 1 sutkada nafas olish jarayonida 1300 g gacha karbonat angidrid chiqaradi. Shuncha karbonat angidirid necha mol keladi va n.sh.da qancha hajmni egallaydi?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _______________ Sinf: 9 Dars: 26
Do'stlaringiz bilan baham: |