Mavzu:
Dasturlash tillari faniga kirish.
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari
Dars maqsadi. Dasturlash tillari va ularning turlari. Yuqori darajali
zamonaviy dasturlash tillarining mazmuni, maqsadi, vazifalari va kelib chiqish tarixi
haqida talabalarda tushuncha hosil qilish
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Dasturlash tillari, yuqori
darajali dasturlash tillari
1.: “Dasturlash tillari” fanini o‘qitishdan maqsad
– talabalarga dasturlashning
ilmiy-nazariy asoslarini, informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim
bo‘lgan bilimlar, amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish
hamda rivojlantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni ob’ektga yo‘naltirilgan
dasturlash tillarida ishlash, amaliy masalalarga dasturlar tuzishga oid nazariy
bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Kompyuter dunyosida ko’plab dasturlash tillari mavjud. Bir xil turdagi ishni
bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci, kabi tillarda yozish mumkin. Lekin, qaysi
dasturlash tili yaxshi? Bu savolga javob berish oddiy emas. Biroq shuni ishonch bilan
aytish mumkinki, Pascal tili boshqa tillarga qaraganda dastur tuzishni o’rganish
uchun ancha qulay til bo’lib hisoblanadi.
Pascal tili Shvesariyalik olim N.Virt tomonidan yaratilib, keyinchalik Borland
korporasiyasi tamonidan rivjlantirildi. Bu til rivjlantirilib Turbo Pascal, Borland
Pascal va keyinchalik esa Object Pascal nomini oldi. Hozirgi kunda Object Pascal tili
asosi bo’lgan Windows muhitida ishlovchi Delphi dasturiy vositasida murakkab
professional dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Kompyuterda dasturlash oxirgi yillarda juda tez rivojlanib dastur tuzushga
qiziquvchilar soni oshib bormoqda. 10-15 yil oldin o’z dasturlarini Windows
muhitida yaratish ko’pgina dasturchilarning orzusi edi. Delphi dasturlash vositasining
yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki oddiy dastur tuzuvchilar uchun
ham keng yo’l ochib berdi.
Hozirgi kunda juda ko’p algoritmik tillar mavjud bo’lib, ularni dasturlash tillari
deb ataymiz. Algoritmik til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan
belgilashlar va qoidalar sistemasidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo’lib u
matematik belgilarni o’z ichiga oladi. Qo’yilgan masalalarni yechishga tuzilgan
algoritmlarni to’g’ridan-to’g’ri mashinaga berib, yechib bo’lmaydi, shu sababli
yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga o’tkazish zarur. Har qanday algoritmik
til o’z qo’llanilish sohasiga ega. Masalan, muxandislik hisob ishlarini bajarishda
Paskal, Beysik va boshqalar. Ro’yxatlarni ishlash uchun PL/1 va boshqalar. Iqtisod
masalalarini yechishda Paskal, Kobol va boshqalar. Mantiqiy dasturlash uchun
Prolog va boshqalar. O’quv jarayonlari uchun Beysik, Paskal va boshqalar.
Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Si va
Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo’lib o’rta darajadagi tillardir.
Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo’lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi.
Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.