Braziliya bioyoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Braziliyada bu mahsulot shakarqamishni qayta ishlash asosida ishlab chiqariladi. Avtotransport vositalarining asosiy qismi aynan bioyoqilg‘i (etanol)dan foydalanib ishlaydi. - Braziliya bioyoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Braziliyada bu mahsulot shakarqamishni qayta ishlash asosida ishlab chiqariladi. Avtotransport vositalarining asosiy qismi aynan bioyoqilg‘i (etanol)dan foydalanib ishlaydi.
- Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilik tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilikda donli ekinlar, kofe, shakarqamish, paxta, soya, tamaki, banan yetishtirish muhim ahamiyatga ega.
- Braziliya shakar, kofe, soya va tamakining eksporti bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Chorvachilikda go‘sht qoramolchiligi va parrandachilik yuqori darajada rivojlangan. Braziliya go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Braziliya bozor iqtisodi munosabatlarining yuqori rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan industrial-agrar mamlakat. Sanoatining rivojlangan sohalari quyidagilardan iborat: mashinasozlik (avtomobilsozlik va samolyotsozlik), elektron hisoblash texnikasi, metallurgiya, kimyo, yog’ochni qayta ishlash, to‘qimachilik; qahva, shakarqamish, sitruslar, soya, какао, guruch, manioka o‘stiriladi va ishlov beriladi. Chorvachilik rivojlangan. Qoramol, cho‘chqa, qo‘y, yilqi boqiladi, parrandachilik yaxshi rivojlangan. Braziliya qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o’rinda turadi. Asosiy savdo hamkorlari: Lotin Amerikasi mamlakatlari, AQSH, YI mamlakatlari, Osiyo mamlakatlari. Avtomobil, temiryo‘l transporti va daryo kema qatnovlari mamlakat iqtisodida muhim o‘rin tutadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Salvador, Rio-de-Janeyro, Portu-Alegri, Paramaribo. - Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Braziliya bozor iqtisodi munosabatlarining yuqori rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan industrial-agrar mamlakat. Sanoatining rivojlangan sohalari quyidagilardan iborat: mashinasozlik (avtomobilsozlik va samolyotsozlik), elektron hisoblash texnikasi, metallurgiya, kimyo, yog’ochni qayta ishlash, to‘qimachilik; qahva, shakarqamish, sitruslar, soya, какао, guruch, manioka o‘stiriladi va ishlov beriladi. Chorvachilik rivojlangan. Qoramol, cho‘chqa, qo‘y, yilqi boqiladi, parrandachilik yaxshi rivojlangan. Braziliya qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o’rinda turadi. Asosiy savdo hamkorlari: Lotin Amerikasi mamlakatlari, AQSH, YI mamlakatlari, Osiyo mamlakatlari. Avtomobil, temiryo‘l transporti va daryo kema qatnovlari mamlakat iqtisodida muhim o‘rin tutadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Salvador, Rio-de-Janeyro, Portu-Alegri, Paramaribo.
Do'stlaringiz bilan baham: |