Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo’lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob'ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o’g’irlanishi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog’liq bo’lsa, jinoiy javobgarlik O’zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko’zda tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |