Mavzu: Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtirish. Kirish. Asosiy qism


Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash tahlili



Download 64,35 Kb.
bet2/5
Sana29.03.2022
Hajmi64,35 Kb.
#516408
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtirish

1. .Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash tahlili.
Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma‘muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlardir.5-sonli BHMS «Asosiy vositalar» 1299-son bilan roo’yxatdan oo’tkazilgan)da asosiy vositalarga ana shunday ta‘rif berilgan. Mazkur standart mulk, xoo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo’jalik yurituvchi sub‘ektga tegishli boo’lgan asosiy vositalar hisobi tartibiva uslubiyatini belgilaydi. Shunindek buxgalteriya hisobi tizimida asosiy vositalarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda foydalanilgan buxgalteriya hisobini yuritish sohasidagi me‘yoriy hujjatlar, uslubiy materiallar va standartlar 1-ilovada keltirilgan. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo’nalishida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta‘minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma‘murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.Asosiy vositalar va ularning tahlili to‘g‘risida bir qator iqtisodchi olimlar o‘zlarining mualliflik yondoshuvlarini bildirib o‘tishgan. Jumladan, Shog‘iyosov.T.SH. ―Kompleks iqtisodiy tahlil nomli darsligida quyidagicha mualliflik yondoshuvi aks ettirilgan: ―Asosiy vositalar deb tarkibiga bir yildan ko’proq muddatda xizmat qiladigan yoki xizmat muddatidan qa‘tiy nazar har bir birligi (to’plami)ning qiymati O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ishhaqining ellik baravari miqdoridan ko’p bo’lgan (sotib olish vaqtida) aktivlar kiradi. Korxona rahbari hisobot davri uchun buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ularning pastroq qiymatini, buni hisob siyosatida aks ettirgan holda belgilash huquqiga ega.Asоsiy vоsitalar xususiyatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘linadi:
1. Asоsiy vоsitalarning kоrxоnaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab:
- aktiv asоsiy vоsitalar;
- passiv asоsiy vоsitalar.
2. Asоsiy vоsitalarni ma`lum tarmоqlarga bo‘ysunuviga qarab:
- sanоat ishlab chiqarish asоsiy vоsitalari;
- bоshqa tarmоq asоsiy vоsitalari;
- nоishlab chiqarish tarmoqlaridagi asоsiy vоsitalar.3
3. Asоsiy vоsitalarning fоydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab:
- fоydalanishdagi asоsiy vоsitalar;
- fоydalanishdan оlib qo‘yilgan (kоnservatsiya qilingan) asosiy vositalar.
4. Asоsiy vоsitalarning turlarga ajratilishi bo‘yicha:
- yer;
- binоlar;
- inshооtlar;
- uzatish mоslamalari;
- hisоblash texnikasi va kоmpyuterlar;
- mashina va uskunalar;
- transpоrt vоsitalari;
- asbоb uskunalar;
- xo‘jalik jihоzlari;
- ishlab chiqarish inventarlari;
- ishchi va mahsuldоr hayvоnlar;
- ko‘p yillik ekinlar va bоshqa asоsiy vоsitalar.
5. Mulkiy egaligiga qarab:
- o‘ziga tegishli asоsiy vоsitalar;
- ijaraga оlingan asоsiy vоsitalar.
Bundan tashqari asоsiy vоsitalarning yana bоshqa bir xususiyatlari bo‘yicha
ham tasniflash mumkin.Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne‘matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalardir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta‘lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritilgan. Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektga berish yoki sotish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun
zarurdir.Hоzirgi sharоitda kоrxоnalarda asоsiy vоsitalarning barcha turlarini kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini ta`minlash maqsadga muvоfiqdir. Ya`ni sanоat ishlab chiqarishidami, yordamchi tarmоqlardami yoki ijtimоiy-maishiy sоhalarda bo‘lmasin barcha asоsiy vоsitalar kerakli xizmatni bajaradilar.
O’zining natural-ashyoviy tarkibi bo’yicha asosiy vositalar quyidagi hisobvarag’lar bo’yicha hisobga olinadi:
0110 - Yer;
0111 - Yerni obodonlashtirish;
0112 - Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olinadigan asosiy vositalarni
obodonlashtirish;
0120 - Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;
0130 - Mashina va asbob-uskunalar;
0140 - Mebel va ofis jihozlari;
0150 - Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi;
0160 - Transport vositalari;
0170 - Ishchi va mahsuldor hayvonlar;
0180 - Ko’p yillik o’simliklar;
0190 - Boshqa asosiy vositalar;
0199 - Konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Hisobga olish va hisobotda asosiy vositalar ob‘ekti boshlang’ich qiymat,
qoldiq qiymat, tiklash va tugatish qiymati bo’yicha aks ettiriladi.Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalar ob‘ektining boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: - aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan to‘lovlar; - asosiy vositalar ob‘ektiga doir huquqni sotib olish munosabati bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar; - bojxona bojlari va yig’imlari; - asosiy vositalar ob‘ektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig’imlar to‘lovlari (agar ular qoplanmasa); - asosiy vositalar ob‘ektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bog’liq axboriy va maslahat xizmatlari uchun to’langan to‘lovlar;
- asosiy vositalar ob‘ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
- asosiy vositalar ob‘ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
- aktivdan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to’lashga doir xarajatlar qarzga olingan kapital hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi. Qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritiladi. Korxonaning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati deb asosiy vositalarning mazkur ob‘ektlarini tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo’yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo’yicha) olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati deb sotib olish xarajatlarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlang’ich
qiymatini o’zgartirishga asosiy vositalarning tegishli ob‘ektlari qurib bitkazilgan,
qo’shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, texnik
qayta qurollantirilgan, qisman tugatilgan va ular qayta baholangan holatlarda
ruxsat etiladi. 3Misol. ,,O‘zbektelekom‖ AK Andijon filiali mol yetkazib beruvchidan 5 mln.so’mga aloqa uskunasini sotib olgan, transport xarajatlari - 300 ming so’mni, o’rnatish va montaj ishlari - 100 ming so’mni, uskunani o’rnatish jarayonida shikastlangan devorni ta‘mirlash ishlari - 80 ming so’mni tashkil etgan.
Uskunaning boshlang’ich qiymati 5 000 000 + 300 000 + 100 000 = 5 400 000
so’mni tashkil etadi. O’rnatish jarayonida shikastlangan devorni ta‘mirlash
xarajatlari boshlang’ich qiymatga kiritilmaydi va joriy xarajatlarga o’tkaziladi.5
Boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga asosiy vositalarning tegishli ob‘ektlari
qurib bitkazilgan, qo’shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, xarajatlar aktivdan kutilayotgan foydani oshirsa va undan
foydalanish natijasida iqtisodiy nafni oshirishga imkon bergan holatlarda ruxsat
etiladi. Asosiy vositalarni xarid qilish, o’rnatish, zamonaviylashtirish, rekonstruksiyalash bo’yicha xarajatlarni ularning boshlang’ich qiymatiga o’tkazish kapitallashtirish deb ataladi. Asosiy vositalarning ishlash qobiliyatini tiklash
bo’yicha joriy va kapital ta‘mirlashga oid har qanday boshqa xarajatlar joriy xarajatlar sifatida ko’rilishi va kapitallashtirilmasligi lozim. Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan eskirish summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati. Vaqt o’tishi bilan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati ular qiymatining oshishi, shuningdek inflyatsiya munosabati bilan ko’payishi mumkin. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy vositalarni qayta baholash va ularning tiklash qiymatini belgilash zarurati paydo bo’ladi. Tiklash qiymati (qayta baholashdan keyingi qiymat)
– asosiy vositalarninghozirgi narxlar sharoitidagi qiymatidir. U hukumat qaroriga ko’ra o’tkaziladigan qayta baholash natijasida shakllanadi. Joriy qiymat – asosiy vositalarning ma‘lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha qiymati yoki aktivni almashtirish mumkin bo’lgan summa. Tugatish (likvidatsion) qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobini tashkil etishning metodologik asoslari Asosiy vositalarning kelib tushishi hisobi haqida gapiradigan bo‘lsak, asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
- oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob‘ektni sotib olish;
- ustav kapitaliga ta‘sischi ulushi ko’rinishida kelib tushishi;
- tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
- ayirboshlash;
- tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o’tkazish;
- uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olish;
Asosiy vositalarning har qanday kelib tushishiga korxona rahbari buxgalter boshchiligida tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi, unda ob‘ektning tavsifi, joylashgan joyi, olish manbasi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, foydalanishga topshirish sanasi, ob‘ektning sinov natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va hokazolar ko’rsatiladi. Ushbu dalolatnoma asosida har bir ob‘ektga inventar varaqasi rasmiylashtiriladi yoki inventar daftarida qayd etiladi. Asosiy vositalarning korxona ichida harakatlanishi yukxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalardan foydalanish joylarida asosiy vositalarning inventar ro’yxatlari yuritiladi.4Yurtboshimiz ta‘kidlab o‘tganlaridek, ―2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishdagi Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta‘minlash yo’lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.Asosiy vositalar sifatida kapital qo’yilmalar hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilish» va 0820-«Asosiy vositalarni xarid qilish» hisobvarag’larida
yuritiladi.Ushbu hisobvarag’lar debetida asosiy vositalarni qurish, xarid qilish, yetkazib berish, montaj qilish va sozlash xarajatlari to’planadi. Ob‘ekt foydalanishga tayyor bo’lganidan keyin xarajatlarning umumiy summasi 0810- 0820-hisobvarag’lar kreditidan 0110-0199-hisobvarag’lar debetiga hisobdan chiqariladi.6 Asosiy vositalar qurilishi pudrat yoki xo’jalik usullarida amalga oshiriladi. Pudrat usulida qurilishni amalga oshirganda qurilish tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan va buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan qurilish ishlari dalolatnomasi summasiga buyurtmachi quyidagi yozuvni amalga oshiradi:
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar» hisobvaraqni to’lagan paytda: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar» K-t 5110-«hisob-kitob schoti» Ta‘sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga (fondiga) ulush sifatida kiritilgan asosiy vositalar kirimi quyidagicha aks ettiriladi: D-t 0110-0199 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvarag’lar K-t 4610-«Ustav kapitaliga ta‘sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi». Bepul olingan asosiy vositalar quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 0110-0199 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvarag’lar K-t 8530-«Tekinga olingan mulk». Asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiya) va qayta baholash hisobi. Asosiy vositalar ob‘ektlarining eskirishi – ularning fizik sifatlari yoki xususiyatlari yo’qolib borishining va to’zib borishining, buning oqibatida esa qiymat yo’qolib borishining qiymat ko’rsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag’larni jamg‘arishni ta‘minlashi kerak.Asosiy vositalarning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy vositalardan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.Amortizatsiya (lotincha amortisatio – qoplash) baholangan xizmat muddati davomida aktivning amortizatsiyalanayotgan qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlarga muntazam ravishda taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Har bir ob‘ektga eskirishni hisoblash har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya qiymati korxona xarajatlariga to’liq o’tkazilganda asosiy vositalarning bundan keyin foydalanishda bo’lish davri uchun eskirish hisoblanmaydi (eskirish boshlang’ich qiymatning 100% dan oshishi mumkin emas).Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob‘ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar), mahsuldor chorva mollari; kutubxona fondi, muzey qimmatliklari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan asosiy vositalar, arxitektura yodgorliklari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari, yo’laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo’lgan obodonlashtirish inshootlari, qiymati ilgari to’liq chegirilgan mol-mulk, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o’tkazilmagan kapital qo’yilmalariga.7Soliq solish maqsadida amortizatsiya hisobi respublikaning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jadallashtirilgan usulda hisoblangan amortizatsiya summasi bilan soliq qonunchiligida belgilangan me‘yorlar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 146-moddasi 4-bandiga muvofiq joriy davrda soliq solinadigan bazadan chegirmasdan xarajatlar tarkibida, ammo keyingi davrlarda soliq solinadigan bazadan chegirgan holda xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.10keltirilgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning normalaridan barcha turdagi korxonalar o‘zining balansidagi asosiy vositalariga amortizatsiyasi hisoblashda keng qo‘llaniladi. Yangi kelib tushgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish, foydalanish boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab hisoblanadi, chiqib ketgan ob‘ektlar bo’yicha eskirish esa chiqib ketish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to’xtatiladi. 2Asosiy vositalar tarkibiy tuzilishi va dinamikasining tahlili, aktiv va passiv qismlari nisbati
Budjet muassasalarida asosiy vositalarni tahlil qilishda, eng avvalo, ularning xususiyatlarini e’tiborga olish, tarkiban joylashtirish va tasniflash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda budjet muassasalari asosiy vositalarini quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.Muassasaning moliyaviy faoliyatida asosiy vositalarning qatnashuviga ko‘ra:
– aktiv asosiy vositalar;
– passiv asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning foydalanish jarayonida ishtirokiga ko‘ra:
– foydalanishdagi asosiy vositalar;
– foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservatsiya qilingan asosiy vositalar.



Download 64,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish