Мавзу-3: Давлат инвестиция дастури


 Lizingning  mazmuni, asosiy belgilari va afzalliklari



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/52
Sana28.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#187661
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
investitsion loyihalarni moliyalashtirish

2. Lizingning  mazmuni, asosiy belgilari va afzalliklari 
iqtisodiy-huquqiy munosabatlarning yig’indisi bo’lmish lizingning bu pul va 
tovar  shaklida  ro’yobga  chiqadigan  moliyaviy,  kredit  munosabatlariga 
asoslanuvchi  munosabatlar  yig’indisidir.  Lizing  korxonalarning  asosiy  kapitaliga 
safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirishning noan`anaviy usuli bo’lib, 
an`anaviy  bank  krediti  evaziga  mablag’  ajratish  yoki  bevosita  investitsiyalarni 
moliyalashtirish usullariga nisbatan aniq ravshan ustunliklarga ega.  
Lizing  munosabatlari  quyidagi  alohida  belgilarga  ega  :  ijara  vositasida 
kapitalga  ega  bo’lish;  risksiz  kapital  investitsiyalarni  amalga  oshirish;  o’zga 
mulkni  samarali  yonlash;  lizing  ob`ektini  sotish;  mol-mulkka  manfaatli  tarzda 
egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish;  kam  mablag’  yoki 
mablag’siz  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish;  lizing  mulkidan  samarali 


 
113 
foydalanish;  muayyan  zamon  va  makonda  hamda  iqtisod  sohiblari  orasida 
resurslarni  taqsimlash;  raqobatda  manevr  qilish,  faoliyatning  kapital  sig’imini 
pasaytirish;  mulkdorlik  va  lizing  mol  -mulkidan  foydalanuvchi  huquqlarini 
ajratish. 
Lizing  quyidagi  funktsiyalarni  bajaradi:  moliyaviy,  ishlab  chiqarish,  ishlab 
chiqarish,  sitosh,  ta`minlash,  innovatsiya,  investitsiyalash,  tadbirkorlik,  imtiyoz 
yaratish,  ijaraga  berish  va  olish,  safarbar  qilishlik,  sug’urtaviy,  takror  ishlab 
chiqarish  va  boshqalar.O’zbekiston  qonunlariga  binoan,  tadbirkorlik  faoliyati 
uchun  foydalaniladigan,  iste`mol  qilinmaydigan  har  qanday  ashyolar,  shu 
jumladan,  korxonalar,  mulk  majmualari,  binolar,  inshootlar,  texnikalar,  transport 
vositalari, ko’char va ko’chmas mulk lizing ob`ektlari bo’lishi mumkin. 
Lizingning bir qator afzalliklari mavjud, ularga tezkor lizingning soddaligi va 
qulayligi; lizing shartnomasini bekor qilish va lizing mol-mulki barvaqt ma`naviy 
eskirish  riskini  o’tkazish  mumkinligi;  lizing  mol-mulkiga  mustaqil  xizmat 
ko’rsatish  imkoniyatini  olish;  qimmatli  qog’ozlar  chiqarish  va  joylashtirishga 
nisbatan  chiqimlarning  birmuncha  pastroq  darajasi;  lizing  ishtirokchilariga  soliq 
imtiyozlaridan foydalanish.  
Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish  vositasi  bo’lmish  lizing  raqobat 
natijasida paydo bo’lgan va uning muayyan afzalliklari bo’lgan. Tadbirkorlik faoliyati 
uchun  investitsiya  resurslarini  qidirib  topish  yoki  mulkni  qo’lga  kiritish,  unga  egalik 
qilish  hamda  undan  foydalanish  huquqini  olishning  boshqa  usullariga  misbatan 
lizingning  u  yoki  bu  afzalliklari  turli  huquqiy  va  iqtisodiy  makonlarda  turlicha 
namoyon  bo’ladi.  YA`ni  lizing  mol-mulkidan  tadbirkorlik  maqsadlarida 
foydalanish imkoniyatini olish vositasi sifatida lizingdan ko’riladigan manfaatlar yoki 
zararlar,  uning  afzalliklari  yoki  kamchiliklari  iqgisodiy,  shu  jumladan,  huquqiy, 
moliya-kredit  munosabatlarining  darajasi  bilan  belgilanadi.  Xalqaro  lizing  bitimlari 
tuzilganida bu bitimlarning kuch-quvvati xalqaro iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning 
rivojlanish  darajasi  bilan,  lizing  munosabatlarida  qatnashuvchi  tegishli 
mamlakatlarning qonunchiligi bilan belgilanadi. Lizing bitimlari tuzilmog’i uchun 
tadbirkor  tomonidan  mol-mulkni  qo’lga  kiritish  yoki  unga  egalik  qilish  va  undan 


 
114 
foydalanish 
huquqini 
olish 
variantlarini 
taqqoslash 
yo’li 
bilan, 
investitsiyalashga oid tegishli qarorlar qabul qilinadi, ko’char yoki ko’chmas mulkni 
sotishga  oid  mustaqil  qarorlar  ham  uning  mulkdori  (ishlab  chiqaruvchisi, 
sotuvchisi,  ijaraga  beruvchisi)  tomonidan  qabul  qilinadi.  Moliyaviy  kapital  egasi 
ham,  o’z  navbatida,  resurslarni  qo’yish  va  diversifikatsiya  qilish  xususida  o’z 
qarorlarini  qabul  qiladi.  Ayni  vaqtda,  har  bir  tomon  o’z  qarorlarini chamalab 
ko’radi,  o’zaro  manfaatlar  mos  kelgan  takdirdagina  va  kelgusida  manfaat 
ko’rishiga ko’zi etgan holatda lizing  bitimini  tuzishga  qaror  qiladi.  Xullas,  lizing 
ko’char  va  ko’chmas  mulkni  qo’lga  kiritish,  unga  egalik  qilish  va  undan 
foydalanish huquqini olishdagi an`anaviy usullarga nisbatan muqobil  yoki  asosiy 
kapitalga resurslarni moliyalashning muqobili ekanligi ravshan bo’ladi. 
Keyingi vaqtlarda xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda lizing biznesning alohida turi deb 
talqin  qilinmoqda.  Ba`zi  mualliflar  lizing  biznesi  to’g’risida  mulohaza  yuritib  Rim 
huquqining  mulkning  mulkdori  va  foydalanuvchisi  tushunchalarini  bir-biridan 
farqlash to’g’risidagi klassik tamoyillarga ishora qiladilar. Lizing munosabatlari mol-
mulkning  qismlarini  ikki  eng  muhim  vakolatga  bo’lish  imkoniyatiga  asoslanadi. 
Ularning  birinchisi  mol-mulkdan  foydalanish,  ya`ni  undan  daromad  yoki  boshqa 
manfaat  olish  maqsadida  foydalanish  bo’lsa,  ikkinchisi  shaxsning  mulkchilik 
ob`ekti  ustidan  huquqiy  hukmronligi  tarzidagi  mulkchilik  huquqinining  o’zidir. 
Lizingni  rivojlantirish  va  undan  foydalanishning  ko’p  asrlik  tajribasiga  ko’ra, 
boylik  pirovard  natijada  bevosita  mulkka  egalik  qilishdan  iborat  emas,  balki  shu 
mol-mulkdan samarali foydalanishdan iboratdir. 
Ba`zi  tarjima  nashrlarida  lizing  ijarani  moliyalashtirish  deb  hisoblanadi 
va  lizing  usulida  moliyalashtirish  bankning  texnika  yoki  mashinalarni  sotib  olib, 
ularni o’z mijozlariga ijaraga berishini nazarda tutadi deb, ta`kidlanadi. Haqiqatda esa 
bank mulkchilik huquqini sotib olmaydi, balki moliyalashtiradi, to’g’rirog’i ijarachining 
ijara munosabatlari vositasida va lizing shartnomalarida ko’rsatilgan muddatlarda mol-
mulkni qo’lga kiritish niyatida bo’lg’usi huquqini moliyalashtiradi. Bunga qo’shimcha 
ravishda  shuni  ham  ta`kidlash  kerakki,  lizing  texnologiyalar  va  texnikalar  sotib 
olish uchun kredit berishning bir shaklidir. 


 
115 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish