Mavzu 1: mutaxassis shakllanishida ko‘nikma va kompetensilarning roli



Download 359,92 Kb.
bet4/8
Sana30.12.2021
Hajmi359,92 Kb.
#93139
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

ESLAB QOLING!


Hard skills” shaxsning o‘zi istagan kompaniya va muassasaga ishga kirish maqsadida intervyu bosqichigacha yetib borishiga asos bo‘lsa, “soft skills” ishga qabul qilinish va muvaffaqiyatli ishlab ketishga asos bo‘ladi.
Bugungi kunda mansabdor shaxslarning bu singari malaka va ko‘nikmalarga qay darajada ega ekanliklari ham dolzarb masaladir. Sababi shundaki, mansabdor shaxs rahbar bo‘lishi, ammo lider bo‘lmasligi mumkin. Chunki liderlik shaxsda alohida xususiyatlarning bo‘lishini talab qiladi. Bugungi zamon mansabdor shaxslardan aynan liderlik salohiyatini talab etmoqda. Xodimlar muassasa yoxud kompaniyada bir tanu bir jon bo‘lib ishlashlari uchun ularga lider kerak bo‘ladi. Boshliq va xodimlar o‘rtasida munosabatlar ayni shu xususiyatlar orqali to‘g‘ri tashkil etilishi mumkin. Buning aksi bo‘lsa, xodimlar ushbu tashkilotda ishlash jarayonida motivatsiya ololmaydilar va boshqa joydan ish izlashga tushadilar. Bitta shaxsni deb kompaniya ko‘pgina iqtidorli va professional kadrlardan mahrum bo‘lishi esa achinarli holdir. Boshliq va xodimlarda empatiya, ya’ni o‘zaro bir-birini ruhiy jihatdan tushunish ko‘nikmasining bo‘lishi ham zarur jihatdir. Shunday ekan, insonlar o‘zaro aloqaga kirishayotganda shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish o‘ta muhim sanaladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, qattiq ko‘nikmalar axborot va bilimlarning tezkor ko‘payishi va zamonning globallashib borishi natijasida tezda eskirib qolmoqda. Masalan, universitet talabasi birinchi bosqichda axborot texnologiyalari bo‘yicha fandan yangi yaratilgan

dasturiy ta’minot − “Windows”ning imkoniyatlarini o‘zlashtiradi. Ammo talaba to‘rtinchi bosqichni yakunlamay turib dasturiy ta’minotning yangi versiyasi yaratiladi. Bunda shuni kuzatish mumkinki, oliy ta’lim muassasasida olinayotgan bilimlar tezda eskirib qolmoqda yoki keraksiz bo‘lib boryapti. Bunga oliy ta’lim muassasalarida o‘quv dasturidan chiqarib tashlanayotgan fanlar yaqqol misol bo‘la oladi.

Ammo mehnat bozorida yumshoq ko‘nikmalarga nisbatan ehtiyoj ortib boryapti. “Soft skills” bo‘yicha mutaxassislar etishib chiqib, sohaga doir alohida kitoblar yozilmoqda. Kompaniya

egalari va boshqaruvchilari xodimlari “soft skills” bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni o‘tashlari uchun millionlab mablag‘ sarflamoqdalar.

“Soft skills”ga doir masalalar G‘arb davlatlarida chuqur o‘rganilgan. Bu borada yaratilgan asarlar va olib borilgan tadqiqot natijalari aksariyat ingliz tilida bayon etilgan. Xususan, Rendel Kayser 2017 yilda “Yuristlar uchun “Soft skills” kitobini nashr ettirdi. Unda barcha masalalar hayotiy tadqiqotlarga asoslangan holda yoritib berilgan.


Download 359,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish