Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Download 113,61 Kb.
bet5/20
Sana16.07.2021
Hajmi113,61 Kb.
#120726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston AQSH munosabatlari mavzusining o’zbek, amerika va horij olimlari tomonidan o’rganilganlik darajasini aniqlash maqsadida bir qator nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari hamda maqola va monografiyalar tahlil qilindi.

Mazkur muammoni o’rganishga bag’ishlangan tadqiqot va izlanishlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq:

O’zbekiston – AQSH munosabatlari bo’yicha tadqiqot olib boruvchi mahalliy siyosatshunoslar va mutaxassislar;

Ikki tomonlama munosabatlarni tadqiq qiluvchi xorijiy mutaxassislar va siyosatshunoslar;

O’zbekistonda faoliyat yurituvchi siyosatshunos olimlar va mutaxassislardan

A.Alimov, R.Alimov, E.Aripov, S.Jo’raev, H.Mahkamov, V.Paramonov, S.Rustamboev, F.Tolipov, A.Xolliev, N.Qosimova, X.G’ulomovlarning asarlari va ilmiy izlanishlarida1 O’zbekiston – AQSH munosabatlariga katta e’tibor qaratilgan.

Jumladan, V.Paramonovning kandidatlik ishida esa AQSHning mintaqaga va O’zbekistonga nisbatan olib borayotgan tashqi siyosati va siyosiy – harbiy hamkorlik masalalari ko’rib chiqilgan. S.Rustamboevning kandidatlik ishida AQSHning Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, jumladan, O’zbekiston bilan aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari ko’rsatib o’tilgan. F.Tolipov maqolasida ikki davlat o’rtasida imzolangan strategik hamkorlikdagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning hamkorlikka ta’siri ko’rsatib o’tilgan.

O’zbekiston-Amerika munosabatlarini o’rganishda M.Sh.Yuldashevning «Xronologiya amerikano-uzbekskix otnosheniy 1992-2012» ma’lumotnoma to’plamida1 ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarga bo’lib o’rganilgan. Mazkur to’plam Amerika Qo’shma SHtatlari va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi 20 yillik diplomatik munosabatlar jarayonida sodir bo’lgan voqealar, dalillar va ikki davlat munosabatidagi muhim sanalarni tizimlashtirib o’rgangan.

Oliy maktab sobiq tinglovchilari N.Xaydarov, Sh.Abduxodjaev, N.Gafurov, A.Nuraliev, B.Usmonov, G’.Fozilov, E.Nazarov, Sh.Shokirov o’z magistrlik ishlari2 hamda A.SHulьgin, U.Yunusov, S.Nasimov o’zlarining tahliliy xujjatlari3 doirasida O’zbekiston-AQSH munosabatlarining turli jihatlarini o’rganishgan.

Jumladan, SH.Abduxodjaev o’zining bitiruv malakaviy ishida1 O’zbekistonAQSH munosabatlarini davrlashtirib, ikki tomonlama munosabatlarni 4 bosqichga ajratib o’rgangan. O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlarda 2001 yil 11 sentyabrda Amerikada amalga oshirilgan qo’poruvchilik natijasida terrorizmga qarshi kurashning birinchi darajali masalaga aylanishi hamda ikki davlat o’rtasida strategik hamkorlik o’rnatilganligi va harbiy-iqtisodiy hamkorlik, shu bilan birga, tomonlar o’rtasida kelib chiqqan muammolarning tahlili qilingan. O’zbekiston – AQSH munosabatlarida 2005 yilning 13 mayida yuz bergan Andijon voqealarida AQSHda faoliyat yurituvchi va AQSH tomonidan moliyalashtirilayotgan bir qator nodavlat va notijorat tashkilotlarning bevosita va bilvosita ishtirok etgani aniqlangan. Shu bilan bir qatorda, AQSHning Andijon voqealariga nisbatan ikkiyoqlama siyosati ham ikki davlat munosabatlarida yomonlashuvini o’z malakaviy ishi doirasida tahlil qilgan.

Shu bilan bir qatorda, xorijiy tadqiqotchilar F.Starr, K.Meppen, J.Deyli,

V.Sokor, M.Ollkott, K.Sipl, S.Blenk, M.Axrimenko, M.Braterskiy, R.Gumerov,

A.Dundich, G.Minasyan, S.Nikolaev, J.Nikol, S.Parxomenko, Ye.Troitskiy,

A.Trыnkov, G.Lapiduslar ham o’rganilayotgan mavzu yuzasidan o’zlarining ilmiy ishlari1 va maqolalari23 doirasida izlanishlar olib borishgan.

Jumladan, J.Deyli, K.Meppen, V.Sokor, F.Starr monografiyasida4 O’zbekiston - AQSH munosabatlarining 2001-2005 yillardagi rivojlanish tendentsiyalarini o’rganib chiqqan.

Vaholanki, Ye.Troitskiy o’zining nomzodlik dissertatsiyasida5 AQSHning Markaziy Osiyodagi har bir davlat uchun umummintaqaviy hamkorligi va o’ziga xos jihatlarini tahlil qilgan. O’z navbatida, AQSHning mintaqa davlatlari bilan siyosiy, harbiy, iqtisodiy hamda gumanitar sohalardagi hamkorligi dinamikasi va tarkibini mintaqaviy xavfsizlik kesimida o’rgangan.

Shuningdek, S.A.Parxomenko o’zining nomzodlik ishida6 Markaziy Osiyoni dunyoviy geosiyosiy makon sifatida ahamiyatini AQSH tashqi siyosatini

rejalashtiruvchi ko’p qirrali asosiy xujjatlari orqali tahlil qilgan. O’z e’tiborini AQSHning Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy manfaatlari va maqsadlarini hamda Markaziy Osiyo makonida Amerikaning iqtisodiy, siyosiy, strategik, madaniyat va axborot sohalarida tashqi siyosiy yo’nalishini tadbiq etish mexanizmlarini aniqlashga qaratgan. Shu bilan birga, AQSHning Markaziy Osiyodagi strategiyasida NNTlar ahamiyatini tahlil qilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, AQSHning Markaziy Osiyodagi ta’siriga Rossiya tomonidan qarshi ta’sir istiqbolli shakllarini aniqlashga e’tibor qaratgan.

Ta’kidlash joizki, AQSH-O’zbekiston munosabatlarining siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamkorligi o’rganilgan. AQSH qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqilishi bilan bog’liq shimoliy yetkazib berish tarmog’i faoliyati va keyingi hamkorlik istiqbollari va muammoli jihatlar tahlil qilinmagan. O’zbekiston-AQSH munosabatlarining 2014 yildan so’ng olib boradigan hamkorlik aloqalarini istiqbollari va muammolarini bitiruv malakaviy ishi doirasida tahlil qilinmagan.


Download 113,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish