Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»



Download 0,68 Mb.
bet15/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

Alohidalash, bu usulning mohiyati shundaki, deviant hulq–atvor egasi bilan jamiyatning boshqa a’zolari o’rtasida to’siq qo’yish, uni qayta tarbiyalash va tuzatishga hyech qanday urinishlarni amalga oshirimaslik ko’zda tutiladi.

  • Ajratish – deviantning boshqa jamiyat a’zolari bilan munosabatlarini chegaralash, lekin to’liq xolatda emas, bu ko’rinishdagi yondashuv deviantning qayta tarbiyalanishi va uning tuzalishidan keyin jamiyatga qaytarilishi masalasini qarab chiqadi, ya’ni deviant jamiyatda mavjud me’yorlarga amal qilishga tayyor bo’lgan holatda u jamiyatga qaytariladi.

  • Reabilitasiya – bunda deviant me’yoriy hayotga qaytarilishga tayyorlanadi va jamiyatda o’zining rolini to’g’ri holatda bajarishga moslashtirilishi jarayoni ko’zda tutiladi.

    Sosial nazorat o’zi nima? Jamiyat hayoti faqat hulq-atvorni muvofiqlashtiruvchi me’yorlar va qonunlardan tashkil topmaydi. Bundan tashqari jamiyat kishilar hulq-atvorini nazorat qiluvchi turli xil mexanizmlariga egadir. Jumladan, sosial nazorat tizimli amaliyot hisoblanib, u sosial guruhlar tomonidan deviasiyani vujudga kelishi to’siq sifatida ishlab chiqiladi.
    Sosial nazorat mexanizmlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Ichki sosial nazorat sosializasiya jarayoni asosida amalga oshiriladi: kishilar sosial me’yorlar va qadriyatlarni o’zlashtirib boradilar, ularda esa kishilar o’zlarini qanday tutishlari lozimligi aks etadi va keyin kiishilar o’z kundalik hayotlarida ularga tayanadilar.
    Bundan farqli o’laroq, tashqi sosial nazorat o’zida negativ sanksiyalarni qo’llashlikni namoyon qiladi va ayrim hulq-atvor turlarini ta’qiqlashni kuzda tutadi. Zamonaviy jamiyatda janoyatga qarshi kurashuvchi adolatli sud, polisiya va turmalar tashqi sosial nazoratning asosiy mexanizmi bo’lib gavdalanishadi.29
    Ijtimoiy nazorat turi tarkibiga asosiy sakkizta komponent kiritiladi:
    1. Individual ta’sir, bu holat individning atrof – muhit, ijtimoiy muhit bilan faol munosabatlari davomida shakllanadi – bu ishlab chiqarish, anglash va moslashish ko’rinishidagi xohlagan aktlardan tashkil topgan.
    2. Baholashlarning ijtimoiy shkalasi, bu holat obyektiv mavjudlikdan kelib chiqqan holatda belgilanib, jamiyatda bu holat atrofdagi ijtimoiy muhit ta’siri reaksiyalarida aks etadi.
    3. Kategoriyalashtirish, bu holat ijtimoiy baholash shkalasining funksiya bajarishi davomida qaror topadi va ma’lum bir aniqlikdagi baholash kategoriyalarida u yoki bu individual xatti – harakatlarga tegishli hisoblanadi (nisbatan ko’proq umumiy ko’rinishda – ijtimoiy muvofiqlik yoki rad etilish).
    4. Ommaviy o’zlikni anglash tavsifi, aynan ushbu holatdan o’z navbatida xohlagan individual harakatlarning kategoriyalanishi kelib chiqadi, jumladan jamoatchilik tomonidan o’z – o’zini baholash va ijtimoiy guruh tomonidan vaziyatning baholanishi ta’sir ko’rsatadi (ijtimoiy persepsiya).
    5. Ijtimoiy harakatlar tarkibi va tavsifi, bu ijobiy yoki salbiy sanksiyalar funksiyasini bajaradi, bevosita jamoatchilikning o’zligini anglash holati bilan bog’liq hisoblanadi.
    6. Baholashlarning individual shkalasi, bu holat ichki qadriyatlar, ideallar, hayotiy manfaatlar va individning intilishlari tizimi xosilasi sifatida namoyon bo’ladi.
    7. Individning o’z-o’zini kategoriyalashi doirasida harakatlarning ijtimoiy natijalari kelib chiqadi (rolni qabul qilish, o’z – o’zini identifikasiyalash, ya’ni o’zini ma’lum bir shaxslar guruhiga mansubligini aniqlash), bu individual baholash shkalasining funksiyasidan kelib chiqadi.
    8. Indiviual ong tavsifi, bu holat individning o’z-o’zini kategoriyalashidan kelib chiqadi, bu holat asosida individning navbatdagi faoliyati, ijtimoiy baholash harakatlari reaksiyalari amalga oshadi.
    Ushbu ko’rinishda, ijtimoiy nazoratning mavjudligi muhim vositasi tezkor tarzda amalga oshirilish vositasi sifatida ijtimoiy sanksiyalar, ijtimoiy rol talablari yuzaga chiqadi. Jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy sanksiyalar jamiyat a’zolarining ularning ijtimoiy roliga bog’liq holatda qayd qilingan holatlarni bajarishini ta’minlashiga yo’naltiriladi. U yoki bu jamiyat hayoti sohalarini nazorat qiluvchi qoidalar va me’yorlar, tamoyillarga asoslanuvchi xohlagan institutlar odatda o’z tarkibiga ushbu institutlar qamrab oluvchi individlarning qoida va tartiblarga rioya qilishi yoki bajarmasligi bo’yicha tegishli sanksiyalarni o’z ichiga oladi. Ayrim sosiologlar ta’kidlashicha, jamiyat internalizasiya orqali ijtimoiy omillar sanksiyalarining xususiy hulq – atvorni nazorat qilish natijasida, rag’batlantirish yoki jazolashlar ko’rinishidagi funksiyasi sababli mavjud hisoblanadi.
    Sanksiyalarning tipologiyasi tanlangan tizim xosil qiluvchi belgilarga bog’liq hisoblanadi. Eng avvalo bunda ijobiy sanksiyalar – jamiyat va guruhlar uchun ma’qul topilgan xatti – harakatlarning qo’llab - quvatlanishi, kengaytirilishini rag’batlantirish va salbiy sanksiyalar – institusional bo’lmagan, maqsadga muvofiq topilmagan xatti – harakatlarning, turli xil deviant hulq – atvor holatlarining jazolanishi yoki cheklanishi qayd qilinadi. Bundan tashqari, sansiyalarni rasmiy – rasmiy shaxslar yoki organlar tomonidan amalga oshiriluvchi, buning uchun ma’xsus jamiyatlar tashkl qilingan va yozma manbalarda qayd qilingan sanksiyalar, shuningdek rasmiy bo’lmagan – qo’llab–quvatlash yoki rag’batlantiriluvchi, og’zaki (yoki og’zaki bo’lmagan shakllarda) norasmiy shaxslar, odatda atrof muhitdagilar tomonidan qayd qilinishi amalga oshiriluvchi sanksiyalar ajratib ko’rsatiladi.
    Ushbu ko’rinishda, ijtimoiy nazoratning mohiyati shundaki, jamiyat va uning turli xil ommaviy strukturasi o’z a’zolarining konformizm ko’rinishida mustaxkamlanishini ko’zda tutib, «ijtimoiy ma’qullangan» hulq – atvor shakllarini madaniylashtirish, shuningdek ijtimoiy me’yorlar oqimida deviant turdagi hulq – atvorni kuzatish amalga oshiriladi

    Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish