Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


MAVZU 6. DEVIANT HULQ-ATVOR SOSIOLOGIYaSI



Download 0,68 Mb.
bet12/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

MAVZU 6. DEVIANT HULQ-ATVOR SOSIOLOGIYaSI
. Deviant so’zi - lotincha “deviatio” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.
Madaniy me’yorlarni buzuvchi har qanday hulq-atvor deviantlikdir. Deviantlik odatda ikki turga ajraladi. Birinchidan, jinoyat rasmiy qabul qilingan qonunlarni buzish bo’lib, u formal deviantlik deb ataladi. Bunga misol sifatida qaroqchilik, o’g’rilik, zo’rlash, qotillik, taxdid qilish va hokazolarni keltirish mumkin.
Ikkinchi turdagi deviantlik qonunlarda rasman ko’zda tutlmagan noformal sosial me’yorlarni buzish bo’lib, u norasmiy deviantlik deb ataladi. Masalan, jamoat joylarida burnini kovlash, qattiq tovushda o’qchish va kekirish, begonalarga besabab keskin tarzda yaqin turishga harakat qilish (to’g’ri ayrim madaniyatlarda)ni misol tariqasida ilgari surish mumkin. 19
Ma’lumki, zamonaviy G’arb sosiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko’p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo’lish turi jinoyatchilik bo’lib, ijtimoiy me’yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o’rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o’rganuvchi ta’limotlar paydo bo’la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch.Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug’ma bo’lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik sosiologiyasi asarida ushbu omilga qo’shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko’rsatadi. Keyinchalik ushbu ta’limotlar turli tanqidlarga uchragan bo’lsada, hozirgi kungacha ham G’arb sosiologiyasining ba’zi namoyondalari ushbu ta’limotning u yoki bu yo’nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta’limotlariga ko’ra ichki sekresiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug’ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta’sir qiladi
Ushbu ta’limotlarga qarama-qarshi o’laroq, sosiologiyada ijtimoiy me’yor buzish jarayonlarini to’la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning anomiya g’oyasi edi. Bunga ko’ra eski me’yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o’rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
R.Feris, Tiriakyan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sosial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta’limotiga ko’ra, sosial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me’yor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika sosiologiyasida E.Saterlendning differensial, katta o’rin tutuvchi ta’limotlardan biri aloqalar ta’limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me’yor buzuvchi xulq-atvorga ham u ham o’rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me’yorlari boshqalarga o’rgatiladi.
Fenomenologik sosiologiya namoyondalarining e’tirof etishlaricha, sosiologik taxlil “ yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me’yor buzish sosial baho va sanksiya qo’llash natijasidir.
Interaksionizm nazariyasiga ko’ra, (vakillari Bekker G, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baxolash nisbiy bo’lib, buni jamiyatdagi xukmron guruhlar belgilaydi. Shafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo’yib, ezaveradi.
Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag’bat- libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqyea-hodisalarni jinsiy rag’bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti Eros va o’lim instinkti-tanatos o’rtasidagi kurash natijasi bo’lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto’g’ri xulq-atvor ham, jinsiy rag’bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sosiologiyada yetakchi o’rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
Deviantlik muammosiga sosiologik jihatda qiziqish o’zida formal deviasiyani o’lchash (jinoiy hulq-atvor statistikasi), shuningdek, jamiyatda deviantlikni vujudga kelishi va uni rolini tushuntirishga intiladigan turli xil nazariyalarni mujassamlashtiradi.20

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish