Himoya to‘siqlari: O‘yinda himoya vazifasini bajaruvchi texnik harakatlar hisoblanib, raqibining hujum urishlarini bartaraf qilishga qaratilgan bo‘ladi. Himoya to‘siqlaridan foydalanishning asosiy talabi bu texnik harakatni o‘z vaqtida va kerakli joyda bajarishdir. Himoya to‘siqlari qo‘yishda to‘pning urish tezligi, kuchi hamda yo‘nalishini aniqlash, to‘siqni mustahkam qo‘yilishiga asos bo‘ladi. Himoya to‘siqlarini qo‘yish harakatlari texnikasi siljish, sakrash, qo‘lni to‘siq uchun chiqarish hamda tushish harakatlaridan iboratdir. Siljish harakatlari sakrash va surilish bilan 44 bajariladi. Bu harakat to‘siq uchun qo‘lni to‘r ustiga chiqaradi. Himoya to‘siqlarini qo‘yish yakka holda, juftlikda va uchlik bo‘lib bajarilishi mumkin. Ko‘pchilikda himoya to‘siqlari qo‘yishning muvaffakiyati o‘yinchilarning harakatlarini o‘zaro muvofiqlikda bajarilishi bilan amalga oshadi. Himoya to‘siqlarini qo‘yishda albatta to‘siqning ortida o‘yinchi aldov harakatlarini bo‘lmasligi uchun kuzatib turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |