“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Download 1,17 Mb.
bet59/98
Sana29.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#416422
TuriУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
Bog'liq
2 5438274546379527532

Ellipsis (yun. elleipsis – tushish, tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo‘laklarining muayyan maqsad bilan tushirilishi hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod - lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Masalan: –Avaylaganing shu bo‘lsa... uning zardali ovozi ham jonimga tegdi. (Y.Akram) Iltimos to‘xtang... Anavinga qarang! (Sh.Xolmirzayev) –Nima qilardingiz shu sassiq bilan tortishib? (S.Ahmad) – Topamiz-da, – dedim. Talantlar seni redaksiyangga emas, redaksiyam bo‘lmasayam menga keladi. (Sh.Xolmirzayev)
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida «narsa» so‘zi, uchinchi va to‘rtinchisida «odam» so‘zi ellipsisga uchragan. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bo‘lib, badiiy matnga ham huddi shu – jonli nutqqa xos tabiiylikni ta’minlash maqsadi bilan olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshirilganda, qaysi gap bo‘lagi ellipsisiga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi.
Ellipsisni maqollarda juda ko‘p uchratamiz. So‘zlarning tushirilishi natijasida maqol tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi: Ayrilganni ayiq er, bo‘linganni bo‘ri er. Yaxshi bilan yursang, etarsan murodga. Yomon bilan yursang qolarsan uyatga. Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi. Ahmoq og‘asini tanimas, To‘qmoq tog‘asini tanimas.
Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon. Badiiy adabiyotda holatlarni, tuyg‘u va kechinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha tasnif qilinadi: mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradastiya (klimaks) va pasayuvchi gradastiya (antiklimaks); ifoda usuliga ko‘ra: mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradastiya; ifoda materialiga ko‘ra: leksik gradasiya va sintaktik gradastiya.
Men nadomatlarni unutganman. Men meros
dovlamayman. Men molparast ham emasman.
Lekin qani mening etti ma’dandan eritib quyilgan
darvozam?
Jahonning bir mo‘‘jizasi?
Oltin, temir, qurch, qalay, po‘lat, mis, kumush
darvozam?
Bibixonim darvozasi?
Yo‘qolgan darvoza...
O‘g‘irlangan darvoza...
Tanga qilib maydalangan darvoza... (I.G‘afurov)165
Keltirilgan misolda dastlab shaxsiy sifatlar bosqichma – bosqich kuchaytirib tasvirlanyapti. Keyin, darvoza bilan bog‘liq sifatlar tasvirida pasayuvchi gradatsiyani kuzatish mumkin: mo‘‘jizaviy darvoza – oltin darvoza – temir darvoza – qurch darvoza. Ortidan darvozaning kimga taalluqli ekanligi aytiladi va yana ko‘tariluvchi gradatsiyadan foydalanib darvozaning g‘oyib bo‘lish sababi oshkor qilinadi: darvoza yo‘qolgan – (aslida) o‘g‘irlangan – (va) tanga qilib maydalangan. Ibrohim G‘afurovdan gradatsiyaga yana bir go‘zal misolni keltiramiz. Unda hislarning junbushi ko‘tariluvchi va pasayuvchi gradatsiya orqali o‘ta ta’sirchan holda ifodalangan.
Beatriche yotmagan Usmonning to‘shagida,
Zarema yotmagan Usmonning to‘shagida,
Nasima yotmagan Usmonning to‘shagida,
Hurlar yotmagan Usmonning to‘shagida,
Parilar yotmagan Usmonning to‘shagida.
Faqat Usmon yotgan Usmonning to‘shagida.
Qamoqning to‘shagi.
Millionlab begunohlar yotgan bunday to‘shaklarda.
Ular ko‘z yoshlardan ko‘l bo‘lib ketgan,
Ular unsiz nolalardan cho‘l bo‘lib ketgan,
Ular armonlardan yo‘l bo‘lib ketgan...
Dunyo yotar shu to‘shakda.
She’r yotadi shu to‘shakda. Parlari qofiya. Somoni vazn.
Usmon Nosirning to‘shagi –
Xayollarin kemasi.
To‘shagimni asrang, og‘a, –dedi u eng so‘ng
damda. –
Oltin bulutlar uxlagan unda. Armonli baytlar
tunagan unda.
Lek to‘shakni asramadilar. Farosat etmadi
odamlarda. (I.G‘afurov)

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish