Issiqlikdan kengayish.
Ma’lumki, issiqlikdan metallarning
hajmi va o‘lchamlari o‘zgaradi. Shuning uchun mashina va
mexanizmlar tayyorlanayotganda detallarning issiqdan ken-
gayishini hisobga olish zarur. Misol uchun mashina va traktorlar
dvigatellarining klapanlari, ko‘prik fermalari, relslar va hokazo-
larni qurishda buni hisobga olish kerak.
Elektr o‘tkazuvchanlik.
Metallarda elektr o‘tkazuvchanlik
har xil bo‘ladi. Ayrim metallar elektrni yaxshi o‘tkazadi. Metal-
larning harorati oshishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi kamayadi
va aksincha. Metall absolut nol (–237°C) gacha sovitilganda
uning elektr qarshiligi nolga teng bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |