ELEKTR SATH O‘LCNАGICHLARI
Elektr sath o‘lchagichlarda
suyuqlik sathning holati biror elektr signaliga
o‗zgartiriladi. Elektr sath o‗lchagichlar orasida eng ko‗p tarqalgani sig`imli va
aktiv qarshiliklarning o‗zgarishiga muvofiq o‗lchashga asoslangan asboblardir.
2-rasm. Sig`imli sath o‗lchagichning sxemasi
Suyuqlik sathining o‗zgarishi bilan bog‗liq ravishda elektrodlar orasidagi
elektr sig‗im o‗zgarishiga asoslangan asbob sig‗imli sath o‗lchagich deb ataladi.
Bunda, suyuqlikning dielektrik hususiyatlari nazorat qilinadi. Suyuqlik sathini
sig‗imli sath o‗lchagich yordamida o‗lchashning prinsipial sxemasi 2-rasmda
ko‗rsatilgan. Bu o‗lchagich silindrik kondensator va o‗lchov asbobidan iborat. Sath
o‗lchanishi kerak bo‗lgan suyuqlik quyilgan idishga izolyatsion material bilan
qoplapgan elektrod 2 tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik
kondensatorni hosil qiladi. Uning sig‗imi suyuqlik sathi o‗zgarishi bilan o‗zgaradi.
Sig‗imning kattaligi elektron kuchaytirgich 3 orqali kuchaytirilib, signalizator yoki
o‗lchov asbobi 4 ga uzatiladi.
Sig‗imli sath balandlik o‗lchagichlarni silindrik va plastinkali turda,
shuningdek, qattiq sterjen ko‗rinishida chiqariladi.
O‗zgartkichning sig‗imi ikki qism sig‗imi suyuqlikka botirilgan dielektrik
o‗tkazuvchanlikli va muhitda joylashgan ᵋM (havo uchun ᵋM = 1) dielektrik
o‗tkazuvchanlikli qismlar sig‗imlari yig‗indisiga teng.
Silindrik o‗zgartkichning sig‗imi (2- rasm. b) quyidagicha ifodalanadi:
154
qoplamalarnmg dielektrik xususiyatlari hisoblashlarda e`tiborga olinadi. Elektr
o‗tkazadigan suyuqliklar sathini o‗lchashda ham qoplamalar izolyatsion modda
bilan qoplanadi.
Elektr sig‗imi, odatda, rezonans va ko‗prik sxemalari yordamida o‗lchanadi.
Rezonans usulida o‗lchanayotgan sig‗im induktivlik konturiga parallel ulanadi va
rezonans konturini hosil qiladi. Rezonans konturi o‗zgartkichning ma‘lum
boshIang‗ich
sig‗imdagi
ta'minlovchi
chastota
rezonansiga
rostlanadi.
O‗zgartkichning sig‗imi nazorat qilinayotgan muhit kerakli sathga erishgan yoki
erishmaganligini ko‗rsatadi. Bu sig‗im o‗zgarishi natijasida uning chastotasi
o‗zgaradi va rezonans buziladi. Bu usul ko‗pchilik sig‗imli sath signalizatorlarida
ishlatiladi.
Ko‗prik usulida nazorat qilinayotgan sig‗im ko‗prikning bir elkasiga ulanadi.
Sath o‗zgarishi bilan sig‗im o‗zgaradi va ko‗prikda nomuvozanat holat vujudga
keladi. Nomuvozanatlik signali kuehaytirgieh orqali sath birligida darajalangan
ko‗rsatuvehi elektr asbobiga uzatiladi.
Ko‗prikli sxemalar eng sodda hisoblanadi. Sathni o‗lchash elektron
indikator EIU (3-rasm) sxemasi bunga misol bo‗la oladn. Ko‗prik Tr
transformatorning ikkita ikkilamchi ehulg‗ami 1 va II o‗zgartkichni sig‗imi Spr va
qo‗shimcha kondensator S dan iborat. Ko‗prik suyuqlikning nol sathida
muvozanatlashgan, bu erda, kuchaytirgichning kirishi va chiqishida signal nolga
teng. Sath ortishi bilan S
pr
sig‗imi ortadi. ko‗prik nomuvozanatligi ortadi va
kuehaytirgieh kirishidagi kuchlanish ortib boradi. Bu signal kuchaytirgich EK
bilan kuchaytiriladi, unifikasiyalangan signalga o‗zgartiriladi va ikkilamchi asbob
bilan o‗lchanadi, EIU sath o‗lchagichlarining o‗Ichash chegaralari o‗zgartkich
turiga bog‗liq va 1 dan 20 m gacha o‗zgarishi mumkin: yo‗l qo‗yiladigan asosiy
xatoliklar chegarasi I dan 2.5% gacha bo‗lishi mumkin.
Sig‗imli sath o‗lchagichlar arzonligi. u bilan ishlashning soddaligi, idishda
birlamchi o‗zgartkichni o‗rnatish qulayligi, harakatlanuvchi elementlarining
yo‗qligi, haroratlarning (kriogenligidan +200°C gacha) va bosimlarning (6 MPa
Agressiv, lekin elektr tokini o‗tkazmaydigan suyuqliklar sathini o‗lchashda
o‗zgartkich qoplamalari kimyoviy turg‗un qotishmalardan tayvorlanadi yoki har
bir qoplama korroziyaga qarshi modda (viniplast yoki ftoroplast) bilan
qoplanadi. Bu
qoplama korroziyaga qarshi modda (vi nip last yoki ftoroplast) bilan qoplanadi. Bu
3-rasm. Sathni elektron indikatori EIUning prisipial sxemasi
155
gacha) etarlikeng oralig‗ida foydalanish mumkinligi sababli kcng tarqalgan.
Ularning kamchiliklariga qovushoq (1 Pas dan ortiq dinamik qovushoqlikkacha).
Parda hosil qiluvchi, kristallanuvchi va cho‗kma hosil qiluvchi suyuqliklarning
sathni o‗lchashga yaramasligini, shuningdek. suyuqlikning elektr xossalarining
o‗zgarishiga va birlamchi o‗zgartkichni o‗lchov asbobi bilan ulaydigan kabcl
sig‗imi o‗zgarishiga g‗oyat sezgirligini kiritish mumkin.
Elektr o‘tkazuvchanlikka
(aktiv qarshiligining o‗zgarishiga) asoslangan sath
o‗lchagichlar
elektr
o‗tkazuvchan
suyuqliklar
sathini
nazorat
qilish,
signalizasiya
va
rostlash
uchun
xizmat
qiladi.
Solishtirma qarshiligi Rs<10
6
0mm va dielektrik o‗tkazuvchanligi ᵋ
c
>7
bo‗lgan suyuqliklar elektr o‗tkazuvchi suyuqlik deyiladi.
4-rasmda sath signalizatorining sxemasi ko‗rsatilgan.
Signalizatorning ishlash prinsipi elektrodlar 4 suyuqlik orqali ulanishi bilan
rele chulg‗ami 3 dan tok o‗tishi va uning kontakti 5 ulanishi bilan signal lampasi
SL yonib, yorug‗lik signali berishiga asoslanadi. Elektrodlar 4 ta'minlovchi
transformator 2 ning ikkilamchi chulg‗amiga elektromagnit rele chulg‗ami 3 orqali
ulangan. Suyuqlik sathi clcktrodlargacha ko‗tarilib, ularni ulasa, suyuqliklarning
o‗tkazuvchanligi tufayli signal lampasi SL yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga
tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o‗chadi.
Signalizator zanjiridagi kuchlanish o‗zgarmas tokda 24V, o‗zgaruvchan
tokda esa 36V bo‗ladi. Bunday signalizatorlarni qovushoq, kristallanuvchi, qattiq
cho‗kmalar hosil qiluvchi va elektrodlarga yopishib qoluvchi muhitlarda ishlatib
bo‗lmaydi.
Yuqoridagi sath o‗lchagichlardan tashqari yana induktivli sath o‗lchash
asboblari mavjud.
Induktiv sath o‘lchagichlarning
ishlash prinsipi bitta g‗altak
induktivligi yoki ikki g‗altakning o‗z induksiyasi ularning elektr o‗tkazuvchi
suyuqlikka botirilgan chuqurligiga bog`liqligiga asoslangan.
lkkala g‗altak induktivligi L
1
va L
2
o‗zgartirilganda ularning o‗z induktivligi
tenglamaga mos ravishda o‗zgaradi.
4-rasmda sath signalizatorining
sxemasi
156
(2)
Bu erda, K- tarqatish oqimi bilan aniqlanadigan aloqa koeffisienti.
Bunday sath o‗lchagichlar yadroviy energetika qurilmalarida suyuq metall
tarzidagi issiq eltuvchilar sathini o‗lchashda eng ko‗p tarqalgan. ―Kvant‖ turidagi
diskret induktiv sath o‗lchagichlar chiqarilyapti. Ular harorati 680
ᵒ
C gacha bo‗lgan
suyuqlantirilgan metall sathini o‗lchashga mo‗ljallangan.
10> Do'stlaringiz bilan baham: |