Mavzuli konferensiyalar. Bunday konferensiyani tayyorlash mavzuni tanlash bilan boshlanadi. Masalan, «Yegasi bor yurtning yertasi bor»,«Buyuk sohibqiron», «Tasawuf ilmining ulamolari», «Islomda inson ma’naviyati va madaniyati» kabi mavzularni ohsh mumkin. So’nggi mavzu uchun «Hayot va hadis» ruknida chop yetilayotgan asarlarni tanlab olish mumkin. B. Ahmedovning «Amir
Temur», M. Alining «Ulug’ saltanat» asarlari «Buyuk sohibqiron» mavzusi uchun tanlab olinadi.
Mavzuli konferensiya bir mavzuga oid bir necha asarlar yuzasidan o’tkaziladi. Uning maqsadi bir mavzuga oid asarlarni targ’ib qilish, shu asarga nisbatan kitobxonlar qiziqishini shakllantirish va tarbiyalashdan iborat.
Bir janrga oid konferensiyalar. Biron-bir adabiy janrga oid adabiyotlar muhokamasi bolalar kutubxonalarida keng tarqal-gan. Uning maqsadi bir janrdagi yeng yaxshi badiiy asarlarni targ’ib qilishdan iborat. Kitobxonlar orasida, ko’pincha, faqat bir janrga qiziquvchi kitobxonlar uchraydi. Ana shu janrdagi asarlarni muhokama qilish shu kitobxonlar va boshqa kitobxonlar orasida tanlangan asarlarni targ’ib qilishga, uni mukammal tushunib olishga yordam beradi.
«Yoshlar she’riyati», «O’zbek romanlari», «Sarguzasht qis-salar», «Moziydan so’z ochgan asarlar» kabi mavzuda muhoka-malar o’tkazish mumkin.
Bir muallif ijodiga bag’ishlangan konferensiyalar. Mashhur yozuvchi yoki shoirlarning, olimlarning yubileylari va tug’ilgan kunlari munosabati bilan shu muallif asarlarini targ’ib qilish maqsadida muhokamalar tashkil yetiladi. Bunday konferensiya-larda imkon bo’lsa, muallifning o’zi qatnashadi. Bunday imko-niyat ko’proq poytaxt yoki viloyat markazlarida joylashgar kutubxonalar faoliyatida uchraydi. Bunday muhokamalar jud< qiziqarli o’tadi, chunki muallifning o’zi kitobxonlar bilan yuzma-yuz uchrashadi, ularning fikr-mulohazalarini tinglaydi, kitob xonlar ham bevosita muallifning o’zi bilan muloqotda bo’ladi ammo muallif ishtiroki kitobxonlarga xalaqit bermasligi v; muhokama uchrashuvga aylanib ketmasligi kerak.
Mulohaza davomida muallifni ortiqcha maqtash hollariga yo’ qo’yilmaydi. Bu ochiq, samimiy tanqidni bo’g’adi. Muallif konfe rensiyaga boshqaruvchilik vazifasini olib borishi mumkin, mu hokama yakunida muallifga so’z beriladi. Bunda muallif kitob xonlarning fikr-mulohazalariga o’z munosabatini bildiradi.
Adabiy mavzuli kechalar konferensiyadan farq qilib, biron bir dolzarb mavzuga, voqyeaga, muhim sanaga bag’ishlanadi.
Bunday kechalar kitobxonlarning dam olish soatlarini tashkil yetishga qaratilgan tadbir bo’lib, siyosiy, ilmiy, texnik va badiiy bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan. Shuning uchun ham bunday tadbirlar klub xarakteridagi tadbir ham deyiladi. Chunki adabiyotlar haqidagi fikrlardan tashqari badiiy qism, sahna ko’rinishlari, badiiy chiqishlar, konsertlar beriladi.
Mavzuli kechaning maqsadi — kitobxonlarni muhim voqyea va masalalar bilan tanishtirish, ma’lumot berish, shu masalaga qi-ziqish uyg’otish, ularning bilimini kengaytirish, yangiliklarni ko’r-satish, kitob fondini yoritib borishdan iborat.
Mavzuli kechani tayyorlash va o’tkazish ham mas’uiiyatli jarayon bo’lib, u o’ylab, puxta tayyorgarlik ko’rishni talab yetadi. Mavzuli kechani tayyorlash mavzu tanlash bilan boshlanadi. Tan-langan mavzu kitobxonlar qiziqishiga, o’qish maqsadiga mos bo’-lishi, ko’proq kitobxonlarni jalb yetadigan darajada bo’lishi zarur.
IsbJab chiqarishga ilg’or tajribalarga oid mavzuli kechalar tashkilotlarning o’zida o’tkaziladi. Ko’pgina kutubxonalarda mashhur yozuvchi yoki shoirning, san’atkor yoki olimning, jamoat arbobining tug’ilgan kunlari, yubileylari munosabati bilan mavzuli kechalar o’tkaziladi. Hozirgi paytda bunday kechalar adabiy-musiqali kechalar, musiqali mehmonxonalar kabi nomlar bilan ham o’tkaziladigan bo’ldi.
Mavzuli kechani tayyorlashdan awal tuzilgan komissiya tayyorlash va o’tkazish rejasini ishlab chiqadi, dasturini tayyorlaydi. Tayyorgarlik ishlari uchun 15—20 kun vaqt ajratiladi. Bu davrda kecha mavzusiga oid suhbatlar, ko’rgazmalar, bibliografik sharh-lar, maslahatlar olib boriladi. Kecha mavzusiga mos badiiy o’qishlar, konsert chiqishlari, sahna ko’rinishlari tayyorlanadi. Bu-ning uchun komissiya tarkibiga klub va madaniyat uyi xodimlari ham kiritiladi, ular kechaning badiiy qismini tayyorlash uchun mas’ul bo’lishadi. Kechani boshqaruvchi tayyorlagan ssenariy komissiya a’zolari o’rtasida muhokama qilinadi.
Kecha qisqacha kirish so’zi bilan ochiladi. Agar kecha biror shaxsning hayoti va ijodiga bag’ishlangan bo’lsa, uning faoliyati haqida ma’ruza qilinishi mumkin. Kecha, odatda, 2—2,5 soatga mo’ljallanadi. Kechada mavzu bo’yicha chiqishlar namoyish qilinadi. Badiy qism muhokama qismi bilan aralash holda berilgani ma’qul. Ammo kecha konsertga yoki badiiy sahna ko’rinishiga ay-lanib qolishi kerak yemas. Asosiy ye’tiborni mavzuning muhoka-masiga ajratgan ma’qul. Mavzuli kechalar ham boshqa tadbirlar kabi rasmiylashtiriladi. Mavzuli kechalar mazmuni va maqsadiga ko’ra, turlicha bo’ladi: uchrashuv, savol-javob, she’riyat kechalari.
Uchrashuv kechalari. Kutubxonalarda ishlab chiqarish ilg’or-lari, mehnat qahramonlari, san’atkor, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.
Konferensiyalarda kitobxonlar so’zlasa, kechalarda mutaxas-sislar fikri asosiy o’rinni yegallaydi. Uchrashuv kechasida uchrashuv qahramoni so’zga chiqadi va kitobxonlarning savollariga javob beradi. Uchrashuv kechalari ham kompleks tadbir. Uni tayyorlash va o’t-kazishda bibliografik sharh, kitob ko’rgazmalari, axborot ishlari, albomlar, yakka va guruhli suhbatlar, kitob taqdimoti olib boriladi.
Kechada muallif o’zi haqida, ijodi, uning xususiyatlari, ish rejalari haqida so’zlab beradi. Agar muallifning biron-bir asari sahnalashtirilgan bo’lsa, unda asosiy rollarni o’ynovchi san’at-korlar, rejissorlar taklif yetiladi.
Keyingi paytda bunday uchrashuvlar radio va televideniya orqali ham berilmoqda. Buning ahamiyati juda katta, u birinchi-dan, targ’ibotning ommaviyligini ta’minlasa, ikkinchidan, kitob-xonning faqat yeshitish organlariga yemas, balki ko’rish organla-riga ham ta’sir qiladi. Kitobxonning yestetik didini tarbiyalaydi.
Har qanday uchrashuv kechasi kitobxonlarda katta taassurot qoldirishi, muallif ijodiga qiziqish uyg’otishi, muallifga kelgusi ijodida yordam berishi mumkin. Buning uchun kechani tayyorlash va o’tkazishga alohida ye’tibor beriladi. Kechani tayyorlash komissiya tuzish bilan boshlanadi. Komissiya uchrashuv qahra-monini aniqlaydi, u bilan muloqot o’rnatib, uchrashuv vaqtini, o’tkazish joyini, kecha yo’nalishinibelgilaydi. Boshqaruvchi yesa kechani olib borishga alohida tayyorgarlik ko’radi. U qahramonni atroflicha o’rganishi, u haqda kitobxonlar tomonidan berilishi mumkin bo’lgan savollarga adabiyotlar va qahramonni bHadigan-lar yordamida ma’lumotlar to’plab qo’yishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |