Modda
|
λ, kJ/kg
|
Modda
|
λ, kJ/kg
|
Alyuminiy
|
380
|
Qo‘rg‘oshin
|
25
|
Temir
|
270
|
Kumush
|
88
|
Muz
|
330
|
Po‘lat
|
210
|
Mis
|
180
|
Rux
|
120
|
Qalay
|
58
|
|
|
8.2-jadval
Normal atmosfera bosimida va erish temperaturasida turgan m massali kristallni to‘la eritish uchun kerak bo‘lgan issiqlik quyidagicha bo‘ladi:
Erish jarayoniga teskari jarayon–bu qotishdir. Jism eriganda qancha issiqlik yutilgan bo‘lsa, qotganda esa o‘shancha issiqlik ajralib chiqadi.
3) Solishtirma bug‘lanish issiqligi.
Suyuqlik bug‘lanayotganda atrofdan unga issiqlik yutiladi va bu issiqlik suyuqlik molekulalarining sirt taranglik kuchini yengib bug‘ga aylanishiga sarf bo‘ladi. Suyuqlikning qaynash temperaturasi–bu uning suyuq holdagi oxirgi temperaturasidir. Qaynash temperaturasida turgan suyuqlikka qancha issiqlik bermaylik, baribir uni boshqa isita olmaymiz. Berilgan issiqlik suyuqlikni jadalroq bug‘lashga sarf bo‘ladi. Quyidagi jadvalda ba’zi suyuqliklarning qaynash temperaturasi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |