6.Dunyoda ång ko‘p ovqat yeydigan jonivor qaysi ekanliginibilasizmi? Siz, ehtimol, sher yoki yo‘lbars deb o‘ylarsiz. Boshqabirovlar ayiq yoki bo‘ri deb hisoblar. Ba’zilar bunday jonivorlarqatoriga filni ham qo‘shishar. Ammo bularning birortasi hamto‘g‘ri emas.
Dunyoda eng ko‘p ovqat yeydigan jonivor ninachidir. Uikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Agaruning gavdasi sher yoki fil kabi katta bo‘lganida edi, birdaniga
bitta sigirni yeb qo‘ygan bo‘lar edi. Bitta ninachi shuncha zararlihasharotni yo‘q qilsa, o‘nlab, yuzlab ninachilarning tabiatga,odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur qilish mumkin.Bu bilan ninachi tabiat qo‘riqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatdaninachiga o‘xshagan foydali jonivorlar ko‘p. Ularni asrashhammamizning vazifamizdir. («O‘zbek tilini o‘rganamiz» kitobidan)
7.Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar.O‘rta Osiyoda piyoz, sabzi, qalampir, turp va boshqa sabzavotekinlari ikki ming yil ilgari ham ekilgani ma’lum. Sabzavot
o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, uning biror sersuv qismi, chunonchi,sabzi, turp, sholg‘omning etli ildiz mevasi; karam va salatningbarglari; gulkaramning g‘unchasi; rovochning barg bandi;
pomidor, bodring, baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi.Sabzavotlar mazali bo‘lishi bilan birga juda foydali hamdir. («Ukim. Bu nima» kitobidan)
8-SINFDARSLIGIDAGI MA’LUMOTLAR:
Ma’lumotnoma matnida bo’lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Bunday matnda so'zlarning ko'chma ma’nolaridan, tilning badiiy-tasviriy vositalaridan deyarli foydalanilmaydi, voqea-hodisa oddiy va aniq bayon qilinadi. Masalan:
Buyuk o ‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug'ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur boda boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak berib turibdi.
Yillar o'tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir.
Alisher Navoiy asarlari opining badiiyligi, mazmundorli va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o'qimas edi».
Do'stlaringiz bilan baham: |