maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


boshqaruvni taqsimlash tizimi



Download 178,16 Kb.
bet96/187
Sana31.12.2021
Hajmi178,16 Kb.
#259659
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   187
Bog'liq
yonalishga 12

boshqaruvni taqsimlash tizimi;

avariyaga qarshi himoya tizimi.

Boshqaruvni taqsimlash tizimi (BTT) texnologik jarayonlarni operativ personal (operator) bilan xamkorlikda haqiqiy vaqt rejimida boshqarish uchun xizmat qiladigan maxsus mikroprotsessor texnikasiga asoslangan. Bunda informatsiyalar texnologik ma’lumotlar, trendlar va hisobotlar ko‘rinishlarida taqdim qilinadi.

Avariyaga qarshi himoya tizimi (AQHT) avariyali vaziyatlarning oldini olish va avariyali holatlar yuzaga kelganda texnologik jarayonni xavfsiz ishlash sharoitiga avtomatik o‘tkazish uchun xizmat qiladigan yuqori darajadagi ishonchlilikni ta’minlab beruvchi maxsus mikroprotsessor texnikasiga asoslangan.

Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv tizimi (TJABT) yordamida quyidagilar amalga oshiriladi: gaz sifatini nazorat qilish va o‘zgartirish; reagentlar hajmini uzatish va o‘zgartirish; bosim va haroratlarning o‘rnatilgan qiymatlarda bo‘lishini ta’minlash; jihozlarning avariyali vaziyatlarda ekologik xavfsiz ishlashini ta’minlash orqali avtomatik himoyalash; operator tomonidan qabul qilingan yechimlarning tezligini va asoslanganligini ta’minlash; texnologik jarayonnining borishida uning aniq vaqt oraliqlarida informatsiya hajmining to‘liqligi va ishonchliligi; texnologik jihozlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash; nazorat qilinayotgan texnologik jarayonlar va boshqarilayotgan jihozlarning ishlashida ruxsat etilgan rejimlar sohasidan og‘ishlari haqida o‘z vaqtida xabardor qilish; jihozlarning ishlash rejimlari va holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar arxivini to‘plash va ularga avtomatik ravishda ishlov berish; jihozlarni ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish. TJABT ni qo‘llashdan asosiy maqsad jihozlarning ishlashini eng maqbul texnologik rejimlarda avtomatik ravishda ushlab turish orqali ularning ishlashida texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish hisoblanadi.

Kon sharoitida tabiiy gazni tayyorlash blok-komplekti jihozlari tarkibiga quyidagilar kiradi: gaz separatorlari, resiverlar, quvurlar jamlamasi, zulfinli va rostlovchi armaturalar, NO‘AvaA asboblari. Gaz tayyorlash texnologik jarayonini boshqarishda blokga o‘rnatilgan boshqaruv shchiti operator tomonidan qo‘lda hamda avtomatik rejimda nazorat qilish va boshqarishni amalga oshirish imkonini beradi. Blok ishchi muxit bosimi qiymati 16,0 MPa gacha bosimda ishlashga mo‘ljallangan. Blok konstruksiyasi texnologik liniya bilan birrgalikda va uning aloxida sektorlari bilan birgalikda ishlashi mumkin. Bu esa obyektda bosimlar farqi yuzaga kelganda va ishchi muxit ish ungumdorligi o‘zgargan hollarda tabiiy gazni tayyorlash turg‘unligini ta’minlash imkonini beradi.

Kon sharoitida yo‘ldosh neft gazalarini tayyorlashda asosiy texnologik jihoz sifatida uch fazali separatorlardfn foydalaniladi. Uch fazali separatorlar konstruksiyalarida asosan gazni markazdan qochma kuchlar ta’sirida tozalash texnologiyasi qo‘llaniladi. Texnologiya gaz oqimini fizik markazdan qochma kuchlar ta’sirida aylantirish bilan muxit tarkibidagi komponentlarni og‘irlik ko‘rsatkichlari farqlari bo‘yicha uning tarkibidagi suyuq tomchilarni separator tub qismiga gravitatsion cho‘ktirishga asoslangan.

Yo‘ldosh neft gazlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan SSV-8G-377/160 va SSV-8G-530/160 separatorlar bloklari neft gazlarining yuqori qiymatlarida (16,0 MPa) ham yuqori gaz omilli suvlangan konlardan qazib olinayotgan neft tarkibidan yo‘ldosh gazlarni sifatli tozalashni ta’minlaydi. Blok konstruksiyasida ishchi muxitda ko‘piklar hosil bo‘lishi oldini olish uchun separatorlarning ketma-ket joylashuvi ham ko‘zda tutilgan va oxirgi bosqichda neft va gazning asosiy ajralishi sodir bo‘ladi. Xar bir separatordan chiqayotgan neft neftni gazsizlanitirish idishlariga quyib olinadi, ajralayotgan gaz oqimi esa SSV turidagi vertikal markazdan qochma gazni chuqur tozalash separatoriga o‘tadi.

Gazni magistral quvurlarda tashish uchun siquv kompressor stansiyalari (SKS) yoki gaz haydash apparatlari (GHA) qo‘llaniladi. Tabiiy gazni tashishga tayyorlashda gazni qo‘shimcha ravishda ravishda suyuqlik tomchilaridan va mexanik qo‘shimchalardan tozalash zarurati to‘g‘iladi. Shurtan koni gazini magistral quvurlarda tashish maqsadida kompressiyalash uchun GHA lardan oldin gaz tozalashning markazdan qochma usulda ishlaydigan separator bloki SSV-8G-1400/40/5975 dan foydalaniladi. Blokga markazdan qochma uyurmali gaz separatori o‘rnatilgan. SKS ga kirish separatori vertikal bajarilishda bo‘lib, gazning kirishdagi xisobiy bosimi 4,0 MPa (40 kg/sm2), gaz bo‘yicha xisoblangan ish unumdorligi 5975 nm3/min. ni tashkil etadi. Jihozning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri yuqori bosimlarda yuqori ish unumdorligi, idish devorining qalinligi 25 mm ichki konstruktiv elementlari zanglamaydigan 12X18N10T po‘latdan tayyorlangan va idish 20YUCH po‘latdan tayyorlangan.

Alan koni gazini magistral quvurlarda tashish maqsadida kompressiyalash uchun GHA lardan oldin gaz tozalashning markazdan qochma usulda ishlaydigan separator bloki SSV-8G-800/100-9480 dan foydalaniladi. Blokga markazdan qochma uyurmali gaz separatori o‘rnatilgan. SKS ga kirish separatori vertikal bajarilishda bo‘lib, gazning kirishdagi xisobiy bosimi 10,0 MPa (100 kg/sm2), gaz bo‘yicha xisoblangan ish unumdorligi 9480 nm3/min. ni tashkil etadi. Jihozning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri yuqori bosimlarda yuqori ish unumdorligi, idish devorining qalinligi 28 mm ichki konstruktiv elementlari zanglamaydigan 12X18N10T po‘latdan tayyorlangan va idish 09G2S po‘latdan tayyorlangan.

Blokli bajarilishdagi separatsion jihozlar ularga quvur jamlamalari, zulfinli va rostlovchi armaturalar, NO‘AvaA vositalari va kuch shchitlar o‘rnatilgan holda, sanoat va yong‘in xavfsizligi archa qoidalariga rioya qilingan holda ochiq turda yoki yopiq turda blok-modulli binolarda joylashgan holda bo‘lishi mumkin.

Hozirgi paytda gazni tozalash va tayyorlashda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun zavod sharoitida yuqori darajada ishonchli tayyorlanayotgan blokli bajarilishdagi MSSV-8G-273-16-50 modul gaz separatorlari ishlab chiqarilmoqda. Separator, NO‘AvaA vositalari, zulfinli va rostlovchi armaturalar, texnologik quvurlar bitta blokda joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish sharoitida hajmiy joylashuv yechimlari aniqligini ta’minlashda eng maqbul bajarilishlardan biri hisoblanadi. Shuningdek separator korpusi va texnologik quvurlar isitiladi va ruxlangan kojux bilan qoplangan, qo‘shimcha ravishda separator tub qismiga elektr qizdirgich o‘rnatilgan. Separatorning yuqori va pastki qismlarida suyuqlik satxini nazorat qilish va rostlash uchun NO‘AvaA asboblari o‘rnatilgan. NO‘AvaA larini boshqaruv shchitiga ulash uchun idishdan simlar chiqarilgan, idishda bosim qiymatining kritik qiymatlaridan oshib ketmasligini ta’minlash uchun saqlovchi klapanlar o‘rnatilgan.

Modul gaz separatorlari vertikal va gorizontal bajarilishlarda ishlab chiqariladi. Gazni tayyorlashda gaz oqimi va suyuqlik muxitlarini elektr qizdirish muxitni qizdirish berilgan texnologik rejimlarini o‘ta darajada aniqlik bilan ta’minlaydi. Qizdirgichlar sanoat xavfsizligi barcha talablariga rioya qilingan holda portlashga xavsiz bajarilgan. Elektr qismlari nazorati va boshqaruvi NO‘AvaA asboblari yordamida yetarli darajada aniqlik bilan amalga oshiriladi.

Ko‘kdumaloq gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga gazni zaruri bosimda siqib berish uchun xizmat qiladigan SKS-3 siquv kompressor stansiyasi kirish qismiga gazni suyuq tomchilardan va mexanik qo‘shimchalardan dastlabki tozalash, hamda SKSga kirishda zalp bilan kelgan suyuqliklarni ushlab qolish uchun separatorlar bloki S1/1 va S1/2 o‘rnatilgan. Kirish separatorlari bloki S1/1 va S1/2 lar quyidagilar bilan jihozlangan:


Download 178,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish