maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Download 178,16 Kb.
bet84/187
Sana31.12.2021
Hajmi178,16 Kb.
#259659
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187
Bog'liq
yonalishga 12

Nazorat savollari.

Quduqlarni burg‘ilash qurilmalarini ishlash tartibini tushuntiring?

Kranblok va talblok qanday vazifani bajaradi?

Minorani elementlarini aytib bering?

Burg‘ilash quvurlarini mahkamlab biriktiruvchi kelitlarni turlarini tushuntiring?

Burg‘ilash nasoslarini turlari va vazifalarini tushuntiring?

Kuch uzatmalariga nimalar kiradi?

Burg‘ilash quvurlarini parametrlarini ayting?

Turboburni ishlash tartibini tushuntiring?

Elektroburni ishlash tartibini tushuntiring?

Quduqlarni qurish siklini tushuntiring?

Burg‘ilash eritmalari haqida ma’lumot bering?

2-Ma’ruza. Neft va gaz qazib olish uchun mashinalar va jihozlar (1 soat)

2.1. Neft va gaz qazib olish texnologiyalari va jihozlarining o‘zaro bog‘langanligi

Neft va gaz konlari mashina va jihozlarini ishlab chiqarish zamonaviy fan va texnika yutuqlariga asoslangan holda amalga oshiriladigan murakkab muhandislik masalalaridan hisoblanadi. Yangi konstruksiyadagi neft va gaz konlari uchun jihozlarni ishlab chiqish, jihozlarning tajriba namunalarini tayyorlash va ularni sinash, seriyali ishlab chiqarishni tashkil etishni o‘zlashtirish ba’zi hollarda 3-7 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatlarni talab qiladi. Shuning uchun mashina va jihozlarni konstruktorlar va mashinasozlar tomonidan yaratilishida ularning o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanilishi sharoitlari maksimal darajada to‘liq hisobga olinib, shu turdagi texnikalarning takomillashuvi yo‘llari yo‘nalishlarini aniq belgilab, hamda yaratilayotgan mashina yoki jihozga qo‘yilgan umumiy va maxsus talablar asoslarida bajariladi.

Mashina va jihozlarni ishlab chiqarishning umumiy talablariga sotsial, iqtisodiy, ishlatishdagi va texnologik talablar kiradi. Maxsus talablarga esa aniq masalalarni yechishda hisobga olinishi zarur bo‘lgan shart - sharoitlar kiradi.

Neft va gaz konlari mashina va jihozlarini ishlab chiqarishda sotsial masalalar yechimiga xizmat ko‘rsatish xavfsizligini, mehnat qilishga qulayligi, qo‘lda bajariladigan va og‘ir mehnatga minimal kuch sarflash, boshqarishning yengil va qulayligi, ishchilar mehnati uchun zaruriy sanitar-gigiyenik sharoitlarni yaratish kabilarni ta’minlash kiradi. Ishlab chiqarilayotgan mashina va jihozlar xizmat ko‘rsatuvchi personalni elektr tok urishi va jarohatlar olishi ehtimolining bo‘lmasligini ta’minlashi, ularning konstruksiyalari esa o‘rnatilgan xavfsizlik qoidalari talablarini to‘laqonli qoniqtirishi kerak.

Mashina va jihozlarni ishlatishda qo‘l mehnatini kamaytirish ularning ishlashi texnologik sxemalarini va konstruksiyalarini takomillashtirish, hamda asosiy va yordamchi ish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga erishiladi. Shuningdek mashina va jihozlarni ishlab chiqarishda atrof muxitni ifloslantirishdan himoya qilish, shovqin va tebranishlarning bo‘lmasligi yoki ulardan himoyalash kabi talablar qo‘yiladi.

Iqtisodiy talablarga mashina va jihozlarni tayyorlashda, ishlatishda, ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarida kam mehnat va material sarflari bo‘lishini ta’minlash kabilar kiradi. Mashina va jihozlarning yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan ishlashi ularning ish unumdorligini oshirish, tannarxini kamaytirish, ishlatish davridagi sarflarni kamaytirish, ish jarayonlarida energiya sarfini kamaytirish, jihozning ishonchliligini oshirish, mashina va uni tashkil etuvchi elementlarning moral va fizik xizmat muddatlarini oshirish kabilarni ta’minlashga qaratiligan kompleks tadbirlar kiradi.

Neft va gaz konlari mashina va jihozlarini ishlatishga bo‘lgan talablarga ulardan foydalanish davrida buzilmasdan ishlashlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar, hamda o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bilan ishlash qobiliyatini saqlab turish kabilar kiradi. Ishlatiladigan obyekt yuqori darajada ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga qulay va zamonaviy texnik tashxislash vositalaridan foydalanishga moslanuvchan bo‘lishi kerak.

Texnologik masalalarni yechishda esa yangi va takomillashgan mashina va jihozlarni yaratishada ularni tayyorlash, yig‘ish va ta’mirlash texnologikligini ta’minlash kabilar kiradi. Mashina va jihoz uchun tayyorlanayotgan har qanday buyum mehnat va materiallar sarfi kamligini ta’minlash bilan birgalikda zavod-tayyorlovchining ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqishi; xalqaro, davlat, soha, korxona standarlari bo‘yicha o‘rnatilgan barcha talablarga va boshqa normativ – texnik xujjatlar bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga mos kelishi kerak.

Neft va gaz konlari mashina va jihozlarini ishlab chiqarishda qo‘yiladigan maxsus talablarga mashina va jihozlarni ishlatishda qo‘yilgan aniq masalalarni yechishda hisobga olinishi zarur bo‘lgan shart – sharoitlar: ish joyining noturg‘unligi; tog‘-geologik sharoitlarining turli tumanliligi, o‘rnatiladigan joyning tavsiflari xar xilligi, neft fraksion tarkibining keng oraliqlarda o‘zgarishi, gaz aralashmasi tarkibidagi komponentlarning turli miqdorlarda bo‘lishi, mashina va jihozlar uzellariga dinamik yuklanishlar ta’sirining xar xilligi, muxitning kimyoviy faolligi, to‘satdan neft yoki gazlarning chiqishi va o‘z o‘zidan alangalanishi, hamda boshqa turdagi xavfli vaziyatlarning yuzaga kelishi kabilar hisoblanadi.

Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanishda ishlash sharoitining og‘irligi quyidagi maxsus talablarni taqazo qiladi: mashina va elementlarning gabarit o‘lchamlarining ish o‘rni maydoni o‘lchamlariga mosligi va quduqda erkin holatda ko‘chirish imkoniyatlari; mashina va jihozlarni tashishda va ularni dala sharoitlarida o‘rnatish va qismlarga ajratishda ularni qismlarga ajratish imkoniyatlari; yuqori yuklanishlarda ishlashi uchun mashina va mexanizmlar detallarining mustaxkamlik zaxirasi yetarli bo‘lishi, hamda ishqalanuvchi sirtlarning normal moylash imkoniyatlarining bo‘lishi; mashinalar konstruksiyalarida ularning o‘zining og‘irligi ta’sirida o‘z-o‘zidan xarakatlanib ketishini cheklovchi qurilma va vositalarning bo‘lishi; mashinalar ichki qismlariga changlar va namliklarning o‘tib ketishidan himoyalanishi; ishlov berilgan detallar sirtlariga zararli tajavvuzkor muxitlarning ta’siridan himoyalanishi; mashinalar barcha uzellariga bemalol yaqinlashib borish mumkinligi; texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining qulayligi va boshqa shu kabilar.

Neft va gaz konlari mashinalarini ishlab chiqarishda yangi yoki takomillashtirilayotgan mashinani ishlab chiqarish obyekti sifatida qaraladai va yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish uchun xarakat qilinadi. Bunda ishlab chiqarish obyekti sifatida tayyorlanayotgan mashinalar yoki jihozlarning asosiy baholanishi kriteriylari ularning texnologikligi, unifikatsiyalash darajasi va blokli konstruksiyalarda tayyorlanishi kabilar hisoblanadi.

Konstruksiyaning texnologikligi – aniq sharoitlarda qisqa vaqt, kam mehnat va materiallar sarf qilib buyumni tayyorlash imkoniyatini ta’minlab beruvchi asosiy sifat hisoblanadi. Konstruksiyaning texnologikligi nisbiy tushuncha bo‘lib, ishlab chiqarish turi va hajmiga va shu kabilarga bog‘liqdir.

Detallarga, yig‘ma birliklarga va butun bir buyumga texnologiklik talablari turlichadir, chunki texnologiklik nuqtai nazaridan tayyorlangan detallardan yig‘ilgan mashinalar ularni yig‘ib tayyorlashda notexnologiklik bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mashinalarga texnologiklik nuqtai nazaridan asosiy talablar: yig‘ish ishlarida mehnat hajmining kamiligi; moslashtirish va rostlash opreatsiyalarining kam sonli bo‘lishi, yig‘ish va ajratish ishlarining qulay bajarilishi, hamda ularni mexanizatsiyalashtirish ishlarining oddiyligi; moslashtirish va sinash ishlarida mehnat sarfining kam bo‘lishi; unifikatsiyalangan va chetdan keltiriladigan detallar va yig‘ma birliklarda originallar soni kamligi va standartlar soni ko‘pligi; tashishga qulayligi; ko‘tarish-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun buyum va uning qismlarining gabarit o‘lchamlarining tashish transport vositalari o‘lchamlari bilan moslashtirilishi.

Detallarga texnologiklik nuqtai nazaridan quyidagi talablar qo‘yiladi: geometrik shaklining va mexanik ishlov berishning oddiyligi; ishlov beriladigan yuzalar sirtining va sonining kamligi; ishlatishda ko‘rsatkichlarni kamaytirmasdan yuzalarga ishlov berish aniqligi va sirt tozaligi minimalligi; shakllar, o‘lchamlar va konstruktiv elementlar takrorlanuvchanligi yuqori bo‘lishi; mexanik va termik ishlov berishlar marshrutining eng qisqa bo‘lishi; oddiy jihozlar va moslamalar yordamida tayyorlash imkoniyatlari; tayyorlash uchun materiallardan foydalanish koffitsiyentining maksimalligi.

Yangi yoki takomillashtirilayotgan konstruksiyada unifikatsiyalash tamoyili mashina va jihozlarni tayyorlashda ishlab chiqarishda o‘zlashtirilgan, ya’ni ishlab chiqarilayotgan detallar, uzellar va konstruksiyalarning aloxida elementlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Uzellarni unifikatsiyalash detallar va yig‘ma birliklar ishlab chiqarish hajmini va seriyasini oshirish; tayyorlashga ketadigan mehnat va materiallar sarflarini kamaytirish; maxsus yuqori samaradorlikga ega bo‘lgan jihozlar va moslamalarn bilan eng zamonaviy texnologik jarayonlarni qo‘llash; ishlab chiqarishni tayyorlashga ketadigan vaqtni kamaytirish; buyuni tayyorlash sifatini va ishlashi ishonchliligini sezilardi darajada oshirish imkonlarini beradi.

Unifikatsiyalash soha miqyosida, bitta zavod ichida yoki bir necha zavodlar o‘rtasida bir necha mashinalar turlari o‘rtasida, bitta mashina turi yoki uning qismlari chegarasida amalga oshiriladi. Unifikatsiyalash natijasida mashinalar parametrik qatori va turlari, unifikatsiyalangan uzellar, yig‘ma birliklar va konstruksiyalar elementlari hosil qilinadi. Unifikatsiyalashning yuqori shakli buyumlarni, detallarni, materiallarni, konstruksiyalar elementlarini va boshqa shu kabilarni standartlashtirish hisoblanadi.

Agregatlash (bloklilik) tamoyili asosiy detallar yoki uzellar bazasida aloxida uzel va mexanizmlar o‘rnatilib, mashina yoki kompleks (blok) ni hosil qilish imkoniyatlarini anglatadi. Agregatlash (blok) unifikatsiyalangan yig‘ma birliklardan foydalangan holda turli xil axamiyatga ega bo‘lgan mashinalarni yaratish imkonini beradi. Agregatlash metodi maxsus korxonalarda aloxida bloklarni tayyorlash imkoniyatlarini yaratadi, belgilangan ishlarni va ishlab chiqarishning tayyorgarligini qisqa muddatlarda va yuqori sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Shuningdek agregatlash tamoyiliga asolangan holda yaratilgan mashinalar va jihozlar yuqori darajada ta’mirlashga layoqatliligi bilan farq qiladi.

Ishlab chiqarish obyekti sifatida mashinalarni baholash uchun turli xildagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi va ulardan asosiysilari quyidagilar hisoblanadi: ish hajmi, tannarxi va materiallar hajmiyligi umumiy va nisbiy qiymatlari; unifikatsiyalash, standartlashtirish, konstruktiv takomillashtirish, materiallar qo‘llanuchanligi, blokli tayyorlash va boshqa shu kabilar. Baholash ko‘rsatkichlarini tanlash mashinalar turiga, ishlatish sharoitlariga, ularni qo‘llash sohalariga va bajaradigan funksiyalariga bog‘liq ravishda tanlanadi. Umumiy hollarda mashinalardan foydalanish obyekti sifatida qaralganda quyidagi ko‘rsatkichlar guruhlari bo‘yicha baholanadi:


Download 178,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish