sovutivchi muxitlardan foydalangan holda past haroratli kondensatsiyalash;
turbodetanderlardan foydalangan holda past haroratli kondesatsiya va rektifikatsiya;
birinchi bosqich sovutishida sovituvchilardan foydalangan holda sovitishva ikkinchi bosqichda turbodetanderda sovitish bilan amalaga oshiriladigan past haroratli kondensatsiya va rektifikatsiya jarayonlari.
Sanoat miqyosida eng ko‘p qo‘llaniladigan yengil ko‘p komponentli suyuq va gaz holatidagi uglevodorodlarni ajratishning texnologik usullari turli variantlarini ko‘rib chiqamiz. Bunda asosan tabiiy gaz tarkibidan maqsadli mahsulot propan-butan ajratib olish jarayonida qo‘llaniladigan tipik qurilmalarga to‘xtalamiz.
Yengil uglevodorodli aralashmalar asosan past haroratli rektifikatsiya jarayoni qo‘llanilgan holda individuala komponentlarga ajratib olinganligi uchun, olinayotgan mahsulotning to‘liq bug‘latilishi va kondensatsiyalanishini ta’minlash maqsadida stripping kolonnali texnologik usullar keng qo‘llaniladi. 1.4-Rasmda rektifikatsiya jarayoni yordamida ishlaydigan stripping-kolonnali qurilma sxemasi keltirilgnan bo‘lib qurilmada yuqori qismida metan va etanlarning chiqib ketishi nazarda tutiladi.
Qurilmada xom-ashyo mahsuloti liniya 10 orqali stripping- kolonnaga kiradi va mahsulotning dastlabki og‘ir va yengil fraksiyalarga ajralishi sodir bo‘ladi. Bunda seksiya 8 da gaz va suyuqlik oqimlarining biri biriga nisbatan o‘zaro qarama-qarshi oqimlarida suyuqlik oqimida gaz tarkibidagi og‘ir uglevodorodlar yutiladi va seksiya 9 da bug‘ oqimi bilan yengil uglevodorolarni bug‘latish amalga oshiriladi.
Seksiya 8 dagi yengil fraksiya bug‘ oqimi ko‘rinishida seksiya 3 ga uzatiladi va yuqori fraksiyalarning oxirgi ajralishi sodir bo‘ladi. Yuqori fraksiyalar seksiya 3 dan kondensator- xolodilnik 18 ga chiqariladi va undan keyin reflyuks idish 19 ga borib quyiladi. Bunda mahsulotning bir qismi liniya 11 orqali tayyor mahsulot sifatida chiqazilib olinadi, qolgan qismi esa seksiya 3 ga sug‘orishni uzuatish liniyasi 12 bo‘yicha flegma ko‘rinishida qaytadi.
Seksiya 3 dagi oraliq fraksiyalar sug‘orish suyuqligi sifatida seksiya 8 va seksiya 4 ga tushadi. Seksiya 4 ning pastki qismidan eng yengil oraliq mahsulot liniya 13 bo‘yicha chiqazilib olinadi. Stripping kolonna seksiyasi 9 dan og‘ir fraksiyalar seksiya 7 ga suyuqlik oqimi ko‘rinishida uzatiladi va u seksiyada quyi fraksiyalar oxirgi marta ajralib chiqadi va kiyinchalik liniya 14 bo‘yicha bug‘latgich 20 ga uzatiladi. Quyi fraksiyalarning qizdirgich 20 da qizigandan kiyingi bir qismi bug‘ oqimi ko‘rinishida seksiya 7 ning patski qismiga uzatiladi, bir qismi esa tayyor quyi fraksiya (tayyor mahsulot) sifatida liniya 15 dan chiqazib olinadi.
Oraliq yengil fraksiyalar seksiya 7 da bug‘latilib seksiya 6 ga kelib tushadi va uning yuqori qismidan og‘ir yon mahsulot liniya 16 bo‘yicha chiqaziladi. Oraliq mahsulotlarning bir qismi seksiya 7 dan stripping –kolonna seksiyasi 9 ga uzatiladi seksiya 6 ga tushadi va uning yuqori qismidan eng og‘ir yon mahsulotlar liniya 16 bo‘yicha chiqazib olinadi va yengil xom-ashyo uglevodorodlar bug‘latilib liniya 17 bo‘yicha asosiy seksiyalarda qolgan qoldiq bug‘li oqim chiqazilib rostlovchi qurilma 22 ga uzatiladi va undan keyin seksiya 3 ostki qismiga bug‘ oqimi bilan birga qaytib tushadi.
Jarayonni sxema bo‘yicha rostlash uchun bug‘ oqimi liniyasida rostlovchi qurilma 21 ko‘zda tutilgan, tashqi bug‘ oqimi liniyasi A da, suyuqlik oqimi a da rostlovchi qurilma 23 mavjud. Stripping-kolonnada xom-ashyo tarkibi o‘zgargan hollarda va bug‘ oqimini oshirish zarurati to‘g‘ilganda asosiy seksiyalardagi bug‘ oqimi sarfi rostlovchi qurilma 22 bilan kamaytiriladi va oshirishilishi zarur bo‘lganda shu rostlovchi qurilma yordamida oshiriladi.
Stripping kolonnadagi suyuqlik sarfi va asosiy rektifikatsion kolonnadagi gaz va suyuqlikar oqimlari asosan rostlovchi qurilma 23 yordamida suyuqlik oqimi a ning o‘zgartirilishi bilan amalga oshiriladi.