Reaktorlarni gidrodinamik sharoit bo‘yicha sinflash. Gidrodinamik sharoitga ko‘ra barcha reaktorlarni ikkita guruhga bo‘lish mumkin: aralashtirish va o‘rin almashinish reaktorlari.
Aralashtirish reaktorlari – mexanik aralashtirgichi yoki sirkulyatsion nasosi bo‘lgan sig‘imli uskunalar. O‘rin almashinish reaktorlari – uzunroq kanalga ega bo‘lgan quvursimon uskunalar.
Kimyoviy reaktorlar nazariyasida odatda oldin ikkita ideal uskunalar (ideal aralashtirishga ega bo‘lgan reaktorlar va ideal o‘rin almashinish reaktorlari) ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |