tfodon aziz-u, muhtaram-u, lek xordur,
Har odameki donish-u tab'i rasosi bor.
Lekin shoir bunday "aziz-u muhtaramlarni oddiy insonlardan hech qanday farqi yo'qligi, tashqi ko'rinishi, kiyim-kechagi va shuningdek, befahm va befarosatliligi bilangina farq qilishini quyidagicha tasvirlaydi:
Agar uryon esa shoh-u gado jismi barobardur,
Tafovut bu ikovga aylagan izhor xil'atdur...
Ogahiy tashqi "xil'at'ga zeb bergan nodonlarni ustidan kulib, "sen, avvalo zohiringni emas, botiningni tuz, qalbingni go'zal qil, uni pokla, ezgulikka to'ldir, ana shunda bu abadiy go'zallik oldida sening bu o'tkinchi chiroying hech narsadir" degan fikrlarining nazmdagi talqini tubandagicha:
Ko'p o'lma zohir ото Ogahiy kel, botiningni tuz,
Ki botin tuzgan elning olida bekor xil'atdur...
Shular bilan bir qatorda Ogahiy ijodiyotida odob-axloq masalalarida, navoiyyona taraqqiyparvarlik qarashlarini ilgari suruvchi pandnomalar ham mavjud:
Bas kishi kim oqil-u dono durur,
Fahmu xirad birla tavono durur.
Gar amaling bo'lmasa ne foyda,
Barcha so'zung bo'lg'usi befoyda...
Mazkur misralardan Ogahiy mumtozlarimizdan, ayniqsa, ulug’ Navoiydan ko'p bahramand bo'lganini bilish mumkin. Bu haqda shoirning o'zi ham tan olib, shunday yozadi:
Ogahiy kim topgay erdi sozi nazmingdan navo,
Bahra gar yo'qdir Navoiyning navosidin sango.
Haqiqatan, shoir iftixor ila ta'kidlaganidek, bu ulug’ zotga ergashish, undan iqtibos olish, she'rlariga nazira bitish, Navoiyning nazm maktabida charxlanish va sayqallanish barcha o'zbek mumtoz shoirlari kabi Ogahiyning ham orzusi bo'lgan. Shoir o'zi orzu qilgandek, ijodi jarayonida Navoiyning ijodiy dahosidan keng ta'lim va ilhom oldi. Ustoz baytlariga yondosh navoiyyona ruhdagi baytlar bitdi.
Navoiy:
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to'ti takallum shakkaristondin judo.
Ogahiy:
Gungu lol o'lsam ne tong shirin kalomim topmayin,
So'z degaymu to'ti o'lgan chog'da shakkardin judo.
Mumtoz adabiyotimizda nodir hodisalardan yana biri, Ogahiy Alisher Navoiyning "Bo'lmasa, bo'lmasun, netay" radifli g'azaliga nazira bitadi. Nazira bitishning taomili shuki, unda bir shoir boshqa bir shoirning g'azaliga o'xshatma, monand yoki teng kuchli asar bitishi lozim bo'ladi. Ogahiy Navoiydek ulug' allomaning:
Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay,
Gar g'amima shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay, —
matla'li g'azalidagi vazn, qofiya, radif kabi shakliy-badiiy xususiyatlarni aynan saqlab, undagi badiiy vositalar, so'z va iboralar dan ham foydalanib, Navoiyning shu g'azaliga xos va mos nazira asar yaratadi. U shunday boshlanadi:
Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay,
Ohima ham shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay
G'azal ishq mavzusida. Ashk — ko'zyosh, kanora — qirg'oq, humora — adad, sanoq. Demak, oshiq ma'shuqa hajrida shunday ko'zyosh to'kadiki, ko'zyoshlari to'lib-toshib qirg'oqlarga chicrik ketadi. Chekkan ohlarining ham adadi yo'q.
Oshiq ma'shuqasi yo'lida haddu hisobsiz ko'z yosh to'kib, ohu nola cheksa ham, ma'shuqa beparvo. Boshqalarga "lutf" ila boqqan mahbuba oshiq tomon "qahr" bilan bo'lsa ham bir qiyo boqmaydi:
Hаr dam ulusg'a lutf ila boqg'usi, qahr ila vale
Mem sori bir nazora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay.
Mag'rur ma'shuqa barcha ishq ahli dardiga chora qiladi, ammo uning ko'yida sarg'aygan bechora oshiq dilining dardiga chora qilmaydi:
Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur, vale maning
Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay.
G'azal shu tariqa yuksak ehtiros bilan davom etadi. G'azaldagi oshiqona mazmun, ohang va ayj hech bir nuqtada pasaymaydi, aksincha, yuqorilab boraveradi. Bu o'rindagi baytlar badiiyati ham she'rning daraja miqyosini ko'taradi. Ishq tug'yonlari quruq va qoyjiroq emas. Shoir she'rdagi mubolag'a (birinchi baytda mubolag'aning ig'roq turi qo'llangan) va tazodlarni ataylab badiiy san'at sifatida qo'llamaydi, oshiqning ishq haroratidan to'kilgan "so'z"lari san'at bo'lib seziladi. Shuning uchun ham bu asar ishq tuyg'ularin tarannum etuvchi go'zal, o'lmas obida bo'lib yashab kelmoqda, kuyga solinib, qo'shiqqa aylanib, shuhrat qozonganining ham boisi ana shunda.
Ogahiy she'riyati — voqelikning har turini qamrab olguvchi qomusiy she'riyat. Unda hayotning har bir nafasiga aks-sado bor. Shoir tabiatni sevdi va uni tiniq, ta'sirchan taronalarda tarannum etdi:
Bo'd shod-u xurram, ey ko'ngulkim, mavsumi navro'z erur,
Shohi kavokib adlining ayni jahoni afro'z erur.
Ro'yi zamin sar to qadam andoq tarovatlar topib,
Kim, rashk o'ti tobi behisht ahliga toqat so'z erur.
Ogahiy she'riyatida ana shunday bahor, gul, navro'z mavzuidagi, hattoki, shu so'zlar radii o'rnida keltirilgan g'azallar talaygina topiladi.
Ogahiy ijodiyotida an'anaviy ishq mavzusi alohida o'rin tutadi. Shoir bu mavzuni o'ziga xos yo'sinda badiiy inkishof etdi, lirik qahramonlar — oshiq va mahbuba obrazlari ham pishiq ishlangan. Ogahiyning ishqiy lirikasida oshiqning nozik his-tuyg'ulari o'zifodasini topgan:
Ey joni g'amgin, mujdakim bu kecha jonim kelur,
G'uncha dahonu gul badan sarvi ravonim kelur.
Oshiqona g'azallarida shoir oshiq qalbning dardu iztiroblarini keng ko'lamli va mukammal qilib ifodalaydi. Lirik qahramon sevgida sobit, hijronda sobir, ahdida qat'iy, ishq yo'lidagi har qanday jabr va sinovlarga shay:
Адат ming javr qilsang dardi ishqing tarkin etmon kim,
Bo'lur shavqi fuzunroq necha kim cheksa jafo oshiq.
Qilurman yetsa sandin har jafou javr yuz ming shukr,
Ki qilmoqdur shikoyat yor javridin xato oshiq,
Agar javr et va gar ehson, na qilsang komim uldurkim,
Rizoi yorsiz hech ishni qilmas muddao oshiq.
Ogahiyning lirik qahramoni ana shunday ishqda vaf oli, shuning uchun ham uning ko'ngli vafoli yor istaydi, vaholangki, muhabbatdagi shiori ham "vafosiz yordan ko'ra yorsiz o'tmoq afzal":
Yorsizliq dardig'a sabr aylamaklik yaxshikim,
Yorliq istab vafosizlarga yor o'lmoq abas.
Ogahiy lirik qahramonining o'ziga xosligi yana shundaki, oshiq tashqi go'zallik oshuftasi emas, ichki go'zallik orzumandi. Uning fikricha, ma'shuqa ichki ma'naviyati — xulqi, aql-farosati, ilm-ma'rifatga munosabati, muhabbat da vafosi bilan juda go'zal Eng avvalo, oshiq orzulagan ishqu muhabbatdagi mahbuba "sarv oso qomatu ruxsoru gulfom" bo'lishi shart emas, avvalo, "xulq"da "malohat" bo'lsa bas:
Ifshshoq ko'nglin olg'ali xulqu malohat shart erur,
Yo'cf sarv oso qomatu ruxsorai gulfom shart
Muhabbatdagi shartidagidek, ko'nglining istagidek yor top-n muhib, qandayam "o'zga dilbar sori ko'ngli mayl aylaun?"r uning "dildor"idek fazilatlarga, "rusum"larga "xos" keladigan biror bir ayol bormikan?! Shuning uchun ham muhib o'z mahbubasiga yanada vafoli va sadoqatli:
O'zga dilbar ori ko'nglim, vah, nechuk mayl aylasun,
Kim rusumi dilrabolig' keldi dildohmg'a xos.
Shoir ham oshiqning orzulariga quloq tutadi, mahbubaning ichki dunyosini yanada ochishga harakat qiladi. "Ul malak" ham lirik qahramon orzulagandek: qalbi ma'rifatga boy, ma'naviyati yuksak, "barcha ilmlar yod anga" kunini behuda ishlar bilan emas,' dars-u sabaq takrori" bilan o'tkazadi, ilmning "sarfu nahvu mantiq" kabi turlarini chuqur bilguncha, uning sabr bilan qancha "sa'y etgani ayon":
Ul malak siymoki barcha Urn bo'lmish yod anga,
Ro'z-u shab dars-u sabaq takroridur mutod anga.
Sarf-u nah-u mantiq ichra toki sa'y etti ayon,
Sibhvay ruhi qilur tahsin-u ham imdod anga.
Demak, lirik qahramonning istaklari jo bo'ldi. Ilm-ma'rifatli, xulqda malohat'li "gul” qo'yib, kim ham "xor" (tikon)ni ushlaydi?!:
Demang ilgidin chekib qo'l, o'zga sho'x ilgin tut,
Qaysi oqil tashlabon gulni, olur xor ilgina.
Baytdagi "gul", "xor" istioralari she'rning badiiy salohiyatini belgilaydi. Ko'rinadiki,
Tayanch tushunchalar:
Ogahiy
“Taviz ul- oshiqin”
Mirob
"Gulsham davlat"
"Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi )
|
"Riyoz ud-davla" ("Jannat bog'lari")
, " Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i")
"Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi")
|
Savol va topshiriqlar:
Ogahiyning tarjimai holi bo'yicha nimalarni bilasiz?
Ogahiyning adabiy merosi haqida so'zlang.
"Ta'viz ul oshiqin" devonining tuzilishi va umumiy mundarijasi qanday?
Ogahiyga Navoiyning adabiy ta'siri qanday bo'lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |