Mansurov isroilning neft va gaz kimyosi fanidan


–jadval. Riforming katalizatorlarining qiyosiy ta'rifi va jarayon natijalari



Download 483,11 Kb.
bet4/6
Sana01.07.2022
Hajmi483,11 Kb.
#726992
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mansurov KURS ISHI2

2–jadval. Riforming katalizatorlarining qiyosiy ta'rifi va jarayon natijalari.

Koʻrsatgich

PR-51
Rossiya

REF-25
Rossiya

R-86
AQSH

RG-682
Fransiya

Oxirgi bosqich reaktoridagi bosim, MPa

1.3–1.5

2.0–2.5

1.3–1.5

1.3–1.5

Barqaror S3 katalizatorining

85–87

84–85

84–85

84–85

Aromatik uglevodorodning

58–60

54–55

56–57

57–58

Vodorodning

2.5–2.9

2.0

2.0–2.4

2.2–2.6

Barqaror stabilizatning miqdori

98–100

95–98

95–98

95–98

Pt

0.23

0.25

0.25

0.30

Re

0.30

0.40

0.40

0.40

Nisbiy yuza m²/g

250

250

180

210

Gʻovaklar hajmi sm³/g

0.65

0.8

0.38

0.61

Slindirlarning diametri, mm

1.6

1.8

1.6

1.6

Oʻyilgan zichlik kg/m³

680

700

730

690

Katalitik riforming vaqtida neftning benzin fraksiyasi uglevodorodlari katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Bunda olti a'zoli naften uglevodorodlari degidridlanishi, alkillangan besh a'zoli neftenlarni degidro- izomerlanishi va parafin uglevodorodlarini degidroksilanishi kuzatiladi. Bir vaqtning oʻzida aromatik uglevodorodni dealkillanish reaksiyalari ham boradi. Shuningdek, ularni zichlanishi tufayli katalizator yuzasida koks qatlamini hosil boʻlishiga olib keladi. Katalizator kokslanishini oldini olish va kreking vaqtida hosil boʻlgan toʻyinmagan uglevodorodlarni gidrogenlanishi uchun reaktordagi vodorod bosimini yuqori oktanli benzinni olishda 3–4 MPa, individual uglevodorodlar olishda 2MPa da saqlash zarur.


Barcha asosiy reaksiyalar issiqlik yutilishi bilan kechadi. Uglevodorodlarni oʻzgarish darajasi jarayon issiqlik effekti yigʻindisiga koʻra aniqlanadi. Jarayon borishida temperatura kamayadi va xomashyoda boshqa oʻzgarish kuzatilmaydi. Shuning uchun xomashyoni toʻla oʻzgarishi uchun aralashmani oraliq qizdirishdan oʻtkazish lozim. Jarayon toʻla oʻtishi uchun odatda 3 ta ketma ketlikda oʻrnatilgan reaktorlardan foydalaniladi.

1.3. KATALITIK RIFORMING JARAYONINING KIMYOSI
Katalitik riforming asosida uchta turdagi reaksiyalar yotadi:
1)Alkanlarni degidrotsiklizatsiyalash, alkilsiklopentanlarni degidroizomerizatsiyalash, siklogeksanlarni degidrogenlash yoʻli bilan dastlabki xomashyoni aromatlash;
2) uglevodorodlarni izomerlash;
3) gidrokreking.
Katalitik krekingda boʻlgani kabi yuqorida nomlari keltirilgan riforming reaksiyalarini amalga oshirish benzinning oktan sonini oshishiga olib keladi. Bifunksionalli katalizatorlarni qoʻllash katalitik krekingga nisbatan rifoming jarayonlarida karbokationning hosil boʻlishini ancha yengillashtiradi. Chunki reaksiyaning boshlanishi uchun zarur boʻlgan alkenlar platinali katalizatorlarda alkan va sikloalkanlarning qisman degidrogenlanishidan hosil boʻladi. Alkenlar undan keyin kislotali katalizatorda protonlanadi va karbokationlarga xos boʻlganbarcha reaksiyalarga kirishadi. Shuning uchun riforming jarayonidagi kislotali katalitik reaksiyalarning tezligiga katalitik krekingdagiga qaraganda yuqoriroq boʻladi.
Alkanlarning oʻzgarishlari. Riforming jarayonida alkanlarning izomerlanishiga, degidrotsikllanishiga va gidrokrekinglanishiga duchor boʻladi. Alkanlarning izomerlanishi karbokationli mexanizm bilan boradi, bunda riforming sharoitida termodinamik barqarorroq boʻlgan kam tarmoqlangan izomerlar hosil boʻladi. Izomerlanish tezligi alkanning molekulyar massasi oshishi bilan ortadi. Degidrotsikllanish–riformingning asosiy reaksiyalaridan biridir, uning mohiyati alkanlarni arenlarga aylantirishdan iborat:
CnH2n+2 —> ——R + 4H2

Degidrotsikllanish issiqlikning yutilishi (250 kJ/mol atrofida)
bilan amalga oshadi, shuning uchun reaksiyaning muvozanat konstantasi
harorat oshishi bilan ortadi. Bosim reaksiya muvozanatini chapga, yaʼni
arenlarni gidrogenlash tomoniga siljitadi. Ammo amalda katalizatorda
koksning toʻplanishini kamaytirish uchun jarayonni vodorodning yuqori
bosimi ostida olib boradilar. 500 0S haroratda vodorodning bosimi 1,5
– 1,7 MPa boʻlganda n – geptanni toluolga konversiyalanishining
muvozanatli darajasi 95 % ni tashkil qiladi.
1.Platina katalizatori ishtirokida alkanlarni triyengacha
degidrogenlab, soʻngra uni platina yoki alyuminiy oksidida sikllash:



C–C–C–C–C–C —> C=C–C=C–C=C —>
2. Platinada halqali oraliq kompleks orqali C5 – sikllanish:

3. Platinada alkanlarni alkenlargacha degidrogenlash va alkenlarni alyuminiy oksidida sikllanib besh aʼzoli halqani hosil qilishi. Reaksiya kelishilgan mexanizm boʻyicha boradi va bu mexanizm qoʻshbogʻni kislotali markaz bilan protonlashni hamda shu vaqtning oʻzida zanjirdagi uglerod atomidan protonni ajratib olishni oʻz ichiga oladi:


Hosil boʻlgan besh aʼzoli sikllar kislotali markazlarda olti aʼzolilarga izomerlanadi va soʻngra metallar ishtirokida arenlargacha degidrogenlanadi. Tajriba maʼlumotlar aromatlash jarayoni koʻrib chiqilgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha borishini isbotlaydi. Agar dastlabki alkanning asosiy zanjirida oltitadan kam uglerod atomi boʻlsa, unda aromatlash jarayonidan oldin asosiy zanjir uzayishi bilan boradigan alkanlarning izomerlanishi sodir boʻladi. Aromatlashning tezligi alkan zanjir uzunligining oshishi bilan ortadi. Oʻnta va undan ortiq uglerod atomini saqlagan alkanlar tutashgan halqali arenlarni hosil qiladi. Ancha uzun yon zanjirga ega boʻlgan arenlar qoʻshimcha halqalarni hosil qiladi:

Alkanlarning degidrotsikllanishi natijasida halqada eng yuqori miqdorda metil guruhlarini saqlagan benzol va naftalinlarning gomologlari hosil boʻladi. Alkanlarning gidrokrekingi past molekulali birikmalarning hosil boʻlishiga olib keladi:

Riforming jarayonida gidrokrekingning roli faqat bitta maʼnoga ega emas. Bir tomondan, alkanlar molekulyar massasining pasayishi oktan sonining oshishiga olib keladi, ikkinchi tomondan gidrokreking natijasida ancha koʻp miqdorda gaz holidagi mahsulotlar hosil boʻladi, bu esa benzinning chiqishini kamaytiradi. Shunday qilib, gidrokreking roli chegaralangan boʻlishi kerak.
Haroratga bogʻliq boʻlgan holda 0,7 MPa da va xomashyo yetkazib berishning hajmiy tezligi 2 soat–1 boʻlganda n– geksan riformingining natijalari quyida keltirilgan:

Riforming

4740 C

500⁰C

525⁰C

Oʻzgarish darajasi,%

80.2

86.8

90.4

Oʻzgargan alkanlarga hisoblaganda chiqim,% mol

16.6

24.1

27.4

Arenlarni izomerlanish mahsulotlari

58.0

36.9

23.4

Gidrokreking mahsulotlari

25.0

38.0

49.0


Gidrokreking rolini kamaytirish uchun jarayonni mumkin qadar past bosimda olib borish maqsadga muofiqdir, bu esa bir vaqtning oʻzida arenlarni muvozanatli hosil boʻlishiga olib keladi. 510⁰C haroratda, hajmiy tezligi 1,5 soat-1 boʻlganda va turli xil bosimda n – nonan riformingining (dastlabki nonanga nisbatan %da):




0.7MPa

21.5MPa

C1 —C4

10.5

21.5

Aromatik boʻlmagan C5 va yuqori

19.0

20.0

C6

1.6

2.0

C7

3.1

5.8

C8

6.2

10.1

C9

54.5

36.4



Download 483,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish