Bog'liq Ma\'lumotlar bazasi Sh Nazirov, A Ne\'matov, R Qobulov, N Mardonova
3.4-jadval. Bosh va qaram obyektlar aloqasi
Bosh obyektlar
Qaram obyektlar
Aloqa turi
Aloqa kaliti
GURUH RO‘YXATI
O‘QUVCHILAR RO'YXATI
1 : Ì
GurNom
GURUH RO‘YXATI
FANLARNI TAQSIMLASH
1 : Ì
GurNom
FANLAR RO‘YXATI
FANLARNI TAQSIMLASH
1 : Ì
FanKodi
O‘QITUVCHILAR RO'YXATI
FANLARNI TAQSIMLASH
1 : Ì
O‘qituvchi Kodi
O‘QUVCHILAR RO‘YXATI
IMTIHONLAR QAYDNOMASI
1 : Ì
GurNom + QatNom
FANLARNI TAQSIMLASH
IMTIHONLAR QAYDNOMASI
1 : Ì
GurNom + FanKodi + O‘qitKodi
Nulinchi darajada boshqa obyektlarga qaram bo‘lmagan obyektlar joylashadi. Boshqa obyektlar darajasi uzoq yo‘l bilan obyektlar orqali nulinchi obyekt bilan aniqlanadi. Obyektlarning bunday joylashishi iyerarxik bog‘liqlikni tasvirlaydi.
Daraja 0
Daraja 1
Daraja 2
Daraja 3
3.13-rasm.MB mantiqiy sxemasi.
MA’LUMOTLAR SXEMASINI YARATISH
Ma’lumotlar sxemasini yaratish Áàçû äàííûõ(Database) oynasida quyidagi buyruqlarni berish orqali bajariladi Ñåðâèñ | Ñõåìà äàííûõ(Tools | Relationships) yoki ma’lumotlar bazasining uskunalar panelidan Ñõåìà äàííûõ(Relationships) degan tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.
Jadvallarni ma’lumotlar sxemasiga qo‘shish: Ñõåìà äàííûõ (Relationships) tugmasini bosganingizdan so‘ng Äîáàâëåíèå òàáëèöû(Show table) oynasi ochiladi, unda siz o‘zingizga kerak bo‘lgan jadval va so‘rovlarni ma’lumotlar sxemasiga qo‘shishi- ngiz mumkin. Jadvalni ma’lumotlar sxemasida joylashtirish uchun Äîáàâëåíèå òàáëèöû(Show table) oynasida kerak bo‘lgan jadvalni tanlab Äîáàâèòü (Add) tugmasini bosish kerak. Bir necha jadvallarni sxemaga qo‘shish uchun tugmasini bosgan holatda jadvallar nomini belgilab chiqib Äîáàâèòü (Add) tugmasini bosish kerak. Hamma kerak bo‘lgan jadvallarni sxemaga qo‘shib bo‘lgandan keyin Çàêðûòü (Close) tugmasini bosish kerak.
Jadvallar orasida bog‘lanish yaratish:Ma’lumotlar sxemasi- da jadvallar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashda axborot-mantiqiy
3.14-rasm.Jadvallar orasida bog‘lanishni o‘rnatish.
3.15-rasm.Jadvallar orasida bog‘lanishni o‘rnatish.
modelni kanonik ko‘rinishda foydalanish qulaylik tug‘diradi. Bunda bosh va bo‘ysunuvchi jadvallar orasidagi munosabatlarni oson aniqlab olish mumkin bo‘ladi, chunki axborot-mantiqiy modeldagiga o‘xshab bosh jadvallar bo‘ysunuvchi jadvallarga qaraganda yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi. Birga-bir bog‘la- nishlar kamdan kam holda ishlatiladi. Bog‘lanishlar relyatsion bazalarida asosiy hisoblanadi.
Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o‘rtasida (1:M) muno- sabatlarni o‘rnata turib, bosh jadvalda bog‘lanish o‘rnatilishi kerak bo‘lgan unikal kalitli maydonni belgilab oling. Keyin sichqonchaning tugmasini qo‘yib yubormasdan turib, kursorni bo‘ysunuvchi jadvalning mos maydoniga qo‘ying.
Tarkibiy kalit orqali jadvallar o‘rtasida munosabat o‘rnata- yotganingizda, bosh jadvalning kaliti bo‘ladigan hamma may- donlarni tanlab, ularni bo‘ysunuvchi jadvalning birorta may- doniga olib o‘ting. Tarkibli kalitga kiradigan hamma maydon- larni belgilash uchun ularni tugmasini bosib belgilab chiqiladi. Munosabat o‘rnatilgandan keyin Èçìåíåíèå ñâÿçåé (Edit Relationships) oynasi ochiladi. Òèï îòíîøåíèé maydoni- da avtomatik tarzda birga-ko‘p bog‘lanish o‘rnatiladi.
Tarkibli kalit bo‘lgan holda Èçìåíåíèå ñâÿçåé(Edit Relationships) oynasida bosh jadvalning har bir maydoni uchun Òàáëèöà/Çàïðîñ(Table/Query) da bo‘ysunuvchi jadvalning mos ravishdagi maydonini tanlash kerak.